Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1 Avgust 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 186

Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan bugun yurtimizda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilmoqda. Mazkur islohotlarning jadalligini ta’minlash, izchil amalga oshirish doirasida Prezidentimiz tomonidan davlatning barcha professional va ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, shuningdek bu maqsadlar yo‘lida xorijiy mamlakatlarda yashab- faoliyat yuritayotgan va o‘z sohasida jiddiy yutuqlarga erisha olgan o‘zbekistonliklarni ham jalb etish tashabbusi ilgari surilgan edi. Mazkur tashabbus samarasi o‘laroq joriy yil boshida “Buyuk Kelajak” ekspertlari kengashi shakllana boshladi.

“Buyuk Kelajak” ekspertlar kengashining asosiy maqsadi 2035-yilgacha bo‘lgan O’zbekiston rivojlanish modelini tuzishdan iboratdir. Ushbu model xalqaro tajriba, O’zbekiston bozorlarining tahlili va asosiysi o‘zbekistonlik mutaxasisslarning shaxsiy tajribasi asosida yaratiladi.

Ayni damda “Buyuk Kelajak” ekspertlari kengashi vakillari turli vazirlik va idoralarida bo‘lib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar va oldinda turgan vazifalarni birgalikda muhokama qilishmoqda. Kuni kecha “O’zavtotrans” agentligida ana shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. Unda agentlik rahbari Davron Dexkanov bugungi kunda mamlakatimiz avtomobil transporti sohasini isloh qilish borasida qilinayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil to‘htalib o‘tdi. Shuningdek, uchrashuv davomida oldinda turgan vazifalar borasida ham so‘z yuritildi.

“Buyuk Kelajak” ekspertlari kengashi vakillari 2035 yilgacha bo‘lgan O’zbekiston rivojlanish modelini tuzish jarayonida multimodal transport koridorlarini yaratish, konteynerlarda yuk tashishga ixtisoslashgan yirik transport kompaniyalarini tuzish, sohaga avtomatik boshqaruv tizimini joriy etish, zamon talablariga mos avtostantsiya va avtovokzallarni barpo etish, zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarini va biznes boshqaruv usullarining eng ilg‘or shakllarini sohaga jadal tadbiq etish, va atrof- muhit muhofazasi kabi o‘ta muhim yo‘nalishlarda bevosita fikr almashishdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech