Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Fevral 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 121

20-fevral kuni O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida Agentlik va uning tashkiliy tuzilmalari xodimlarining xulq-atvor me’yorlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi qarori bilan «Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari» tasdiqlangan edi. Ushbu hujjat asosida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida «Agentlik va uning tashkiliy tuzilmalari xodimlarining odob-axloq qoidalari to‘g‘risida nizom» ishlab chiqilib, tasdiqlangan.

Tadbirda Agentlik boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Shovahobov hamda kadrlar bo‘yicha mutaxassis A. Nazarov Nizomning mazmun-mohiyatini yig‘ilganlarga batafsil tushuntirib berishdi. Xususan, davlat organi xodimlarining xizmatdagi xulq-atvorining asosiy printsiplari va qoidalari, ushbu qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ma’ruzalar davomida yuqorida eslatilgan Nizom talablari, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va uning tashkiliy tuzilmalarida odob-axloq qoidalarini joriy etish hamda xodimlarning ularga rioya etishni ta’minlash chora-tadbirlari xususida ham so‘z yuritildi.

Shu bilan birga, hozirgi kunda Agentlik va uning tashkiliy tuzilmalari xodimlari tomonidan odob-axloq talablarini bajarishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, davlat organi xodimiga mos bo‘lmagan xulq-atvorlar to‘g‘risida misollar keltirilib, ularni bartaraf etish yuzasidan maslahatlar berib o‘tildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech