Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
27 Iyun 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 281

Joriy yilning 26-iyun kuni O’zbekiston avtomobil transporti agentligida “Diniy ekstremizm va terrorizm – jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarga Toshkent islom instituti rektori U.G’afurov va boshqa idoralardan vakillar taklif etildi. Seminarni Agentlik kadrlar bo‘limi boshlig‘i A.Nazarov ochib berdi.

Toshkent islom instituti rektori U.G’afurov kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zga chiqib, O’zbekiston azaldan turli millatga mansub, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi xalqlar tinch-totuv yashagan o‘lka bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz boshqa din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani, Vatan taraqqiyoti yo‘lida yelkadosh bo‘lib mehnat qilgani tarixiy manbalarda ko‘p qayd etilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo‘shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning, davlat yoki jamoat tashkilotida ishlashi, tadbirkor yoki boshqa kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, eng asosiy vazifalaridan bo‘lib qolmog‘i lozimligini aytib o‘tdi.

Seminar yakunida mavzu yuzasidan Agentlik xodimlari o‘z savollari va fikrlari bilan ishtrok etdi. Agentlikning kadrlar bo‘limi boshlig‘i A.Nazarov so‘zga chiqib, barchaga “O’z uyimizni o‘zimiz asraylik” degan shiorni ta’kidlab o‘tdi va seminarni yakunladi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech