Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
29 Iyun 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 68

Xalqaro yo‘nalishlarda qatnovchi ko‘p o‘rindiqli yo‘lovchi avtobuslari parkini yangilash borasida o‘zarao hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida 26-iyun kuni O’zbekiston avtomobil transporti agentligida “Hyundai Motors Compani”ning yuk tijorat va yo‘lovchi avtotransport vositalari modellari qatori taqdimnomasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Dong Xo Soy boshchiligidagi “Evergreen Motors Co., Ltd va “Hyundai Motors Compani” vakillari, yurtimizda yuk va yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yirik avtotransport korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Taqdimnoma doirasida 45 tonna yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega yuk avtotransport vositalari namunalari hamda yo‘lovchi sig‘imi katta bo‘lgan “HYUNDAI County, Universe, Nobel, Luxury” kabi shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda qatnovchi avtobus moddellari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning asosiy e’tibori mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatida yana bir yirik loyiha bo‘lgan, Namangan viloyatida “Hyundai Motors Compani” yuk avtomobillari va avtobuslari ishlab chiqarilishi yo‘lga qoyilishiga qaratildi. Loyihaga ko‘ra mazkur korxonada yuk ko‘tarish sig‘imi 1 tonnadan 50 tonnagacha bo‘lga yuk avtomobillari va o‘lchami 9-12 metrli shahar ichida qatnovchi, shaharlararo hamda sayyohlik rusumidagi avtobuslar va maxsus transport vositalari yig‘ish ishlari bajariladi. Dastlab, kuniga 8-20 va yiliga 1000 ta avtomobil ishlab chiqariladi. Uch yil ichida bu ko‘rsatkich 3 mingtaga yetkaziladi, ya’ni mingta avtobus va ikki mingta yuk mashinasi ishlab chiqariladi. Avvaliga ehtiyot qismlar Koreya Respublikasidan keltirilsa, mahalliylashtirish dasturi asosida uch yil mobaynida ehtiyot qismlarni bosqichma- bosqich shu yerning o‘zida ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi. Loyiha ishga tushirilishi bilan 1000 ga yaqin ish o‘rni yaratilsa, kelajakda bu korsatkich 6 mingtaga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Koreya tomoni mazkur zavod qurilishi tugallanib ishga tushirilgandan so‘ng sohani malakali kadrlar, ishchi, texnologlar bilan ta’minlash maqsadida respublikamizdagi o‘quv muassasalari bilan keng ko‘lamli hamkorlikni ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotganini ma’lum qilishdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech