Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
17 Yanvar 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 541

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-apreldagi «Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida»gi 238-sonli Qarori asosida Agentlik boshlig‘ining 2017-yil 19-dekabrdagi 466-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Ushbu Qaror talablaridan biri shuki, avtotransport vositalarida yuk va yo‘lovchi tashuvlarini litsenziyalash va litsenziya talab va shartlariga rioya qilishni nazorat qilishdir. Buning ijrosi bo‘yicha Agentlikda Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat sho‘‘balari tashkil etilgan bo‘lib, sho‘‘ba inspektorlarining huquqiy bilimlarini va kasbiy malakasini oshirish uchun o‘quv kurslarini tashkil etish vazifasi «Avtodaryotrans-ilm» Davlat ilmiy-metodik Markaziga yuklatilgan edi.

Bugungi kunda Qaror va Buyruqning ijrosini ta’minlash maqsadida Markaz tomonidan sho‘‘ba inspektorlarining malakasini oshirish o‘quv kursi bo‘yicha tasdiqlangan namunaviy o‘quv-reja hamda ishchi dasturga asosan, Toshkent shahri va respublikaning barcha viloyatlari bo‘yicha yo‘l xaritasi shakllantirildi va malaka oshirish o‘quv kurslarini Agentlikning hududiy boshqarmalarida olib borish rejalashtirilib, dastlabki o‘quv kursi yakunlandi.

Ya’ni, joriy yil yanvar oyining birinchi yarmida Toshkent shahri va Toshkent viloyati boshqarmalari inspektorlari uchun malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi.

— «Avtodaryotrans-ilm» Davlat ilmiy-metodik Markazi tomonidan Agentlikning Toshkent shahri boshqarmasidan 19 nafar, Toshkent viloyati boshqarmasidan 25 nafar inspektor muloqot psixologiyasi va etikasi, Avtomobil transporti sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar, O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi va ma’muriy amaliyoti hamda Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha nazorat mavzularida o‘quv kursi tashkil etilib, inspektorlarga zarur huquqiy bilim hamda o‘quv jamlanma (tarqatma materiallar, kitob, o‘quv kursining elektron diski) berildi – deydi, Markaz bosh direktori M.Kalonov.

Markaz bosh direktorining ta’kidlashicha 18 soatlik o‘quv kurslari yakunlanganidan so‘ng, yakuniy test sinovlari o‘tkaziladi. Ushbu sinovdan muvoffaqiyatli o‘tgan inspektorga kursni yakunlaganligi to‘g‘risida sertifikat taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun aytish joizki, yanvar oyining ikkinchi yarmidan Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyati boshqarmalarining jami 117 nafar inspektorlariga malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, mazkur malaka oshirish kurslarini boshqa viloyatlarda ham tashkil etish ishlari davom ettiriladi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech