Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 Fevral 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 549

«TRANS EKO» XK rahbariyati transport kompleksi korxonalari rahbarlari va yetakchi mutaxassislarini ushbu muammo bilan bog‘liq bo‘lgan logistika ilmi bo‘yicha bilimlarini oshirish maqsadida “Kompaniya istiqbolini rejalashtirishda logistik yondoshuvlar” mavzusida 50 akademik soat hajmida haftalik seminar-treninglar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. O’quv darslari “O’zpaxtasanoat” AJning Ilm markazi binosida (Shota Rustaveli ko‘chasi, 8-uy) 2 guruhga bo‘lingan holda: 1-guruhda (o‘zbek tilida) 2018-yil 12 – 16-martda, 2-guruhda (rus tilida) – 16 – 20-aprelda o‘tkaziladi.

Seminarga «O’zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O’zavtodaryotrans” agentligi, “O’zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O’zbekiston avtomobil yo‘llari” DQ, “Toshshaxartransxizmat” AJ korxonalarining rahbar xodimlari va yetakchi mutaxassislari taklif etilgan.

Har bir qatnashchiga mavzular bo‘yicha boy tarqatuv materiallari bilan birga xorijda tayyorlanib rus tilida chop etilgan makro va mikroiqtisodiyot, strategik marketing va menejment, logistika va korporativ menejment, investitsion siyosat, transport iqtisodiyoti fanlari bo‘yicha noyob kitoblarni elektron versiyalari taqdim etiladi. Seminar qatnashchi­lariga Ilm markazi mehmonxonasida joy, o‘quv davomida tushlikka issiq ovqat, tanaffusda choy, kofe-breyk beriladi. Seminarda o‘qish narxi har bir qatnashchiga – 672 ming so‘m, mehmonxonada tunash xizmati bilan – 972 ming so‘m etib belgilangan. O’quv kursi yakunida qatnashchilarga sertifikat beriladi.

Mazkur seminarda qatnashish uchun tanlangan xodimlar ro‘yxatini 1-guruhda o‘qish uchun joriy yilning 2-mart, 2-guruhga 5-aprel sanasigacha berishni so‘raymiz.


«TRANS EKO» xususiy korxonasi ma’muriyati



“KOMPANIYA ISTIQBOLINI REJALASHTIRISHDA

LOGISTIK YONDOSHUVLAR” mavzusida

S E M I N A R   D A S T U R I   VA   D A R S L A R   J A D V A L I

1-guruh: 12 – 16.03.2018-yil.; 2-guruh: 16-20.04.2018 yil.

Vaqti   

Dars mavzulari

O’qituvchilarning F.I.Sh.

1- kun

8.30-9.50

Seminar qatnashchilarni ro‘yhatga olish.

O’quv kursini ochilishi.

Logistika – menejmentni muhim instrumenti. Asosiy terminlar. Logistik tizim. Postavkalar zanjirini boshqarish

Prof. O’ljaboev K.O’. (“TRANS EKO”)

9.50-9.55

T a n a f f u s

9.55-11.15

Korpora­tiv boshqaruv: Mohiyati va modellarini shakllanishi. Iqtisodiyot taraqqiyotini klaster modeli. Transport-logistik klasterlar

Prof. O’ljaboev K.O’.

11.15-11.35

Kofe-breykga t a n a f f u s

11.35-12.55

Korxonani moliyaviy strategiyasi. Logistik tizimda korporativ moliyalarni shakllantirish mexanizmlari

Dots.Musabekov J.X. («ASAKA» Bank)

12.55-14.00

T u sh l i k k a t a n a f f u s

14.00-15.20

Kom­paniyalarda soliqlar harajatlarini rejalashtirishni yangi tizimi. Soliq kodeksining yangi tahriri.

Dots. Odilov M.K. (MS FER)

15.20-15.30

Choy-breykga t a n a f f u s

15.30-16.50

Temir yo‘l korxonalarining biznes rejalarida soliq harajat-larini kamaytirish yo‘llari (misol va masalalar yechimi namunalari)

Dots. Odilov M.K.

2-kun


8.30-9.50

Transport logistikasi. Tez buziladigan eksportbop yuklarni temir yo‘lda yuk ekspresslari va tezyurar yo‘lovchi poezdlar sostavida tashishni samaradorligi

Prof. O’ljaboev K.O’.

9.50-9.55

T a n a f f u s

9.55-11.15

Logistik tizimda moliya hisobotini zamonaviy tizimini tashkil etish.

Prof. To‘laho‘jaeva M.M. (BAMU)

11.15-11.35

Kofe-breykga t a n a f f u s

11.35-12.55

Korxonalarni moliya-ho‘jalik faoliyati hisobini va hisobotini olib borishda xalqaro me’yorlar va standartlar

Prof. To‘laho‘jaeva M.M.

12.55-14.00

T u sh l i k k a t a n a f f u s

14.00-15.20

O’zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi. Yo‘lovchi va yuklarni bojxona ko‘rigidan o‘tkaziishni zamonaviy tartibi

Dots. Suyunov A.M.

(TVTI)

15.20-15.30

Choy-breykga t a n a f f u s

15.30-16.50

Eksport-import yuklarni bojxona ko‘rigidan o‘kazishni soddalashtirish masalalari

Dots. Suyunov A.M.

3-kun

8.30-9.50

Boshqaruv uslublari (stili). Zamonaviy liderni farqli xislatlari (teron fikrli, kasbiy mahorat egasi, bilimdon, yangilikka chanqoq, xushmuomala, xalqparvar)

Ergasheva D.D. (TGEU)

9.50-9.55

T a n a f f u s

9.55-11.15

Menejmentni psixologik aspektlari. Liderlik psixologiyasi. Hukmronlik motivi va manbaalari.

Ergasheva D.D.

(TGEU)

11.15-11.35

Kofe-breykga t a n a f f u s

11.35-12.55

Kompaniyani investitsion faoliyatiga tegishli muammolar, xatarlar va kafolatlar.Temir yo‘l kompleksini rivovojlanti-rishga yo‘naltirilgan investiyalarni davlat tomonidan qo‘llash.

Dots. Musabekov X.X.

12.55-14.00

T u sh l i k k a t a n a f f u s

14.00-15.20

Logistikani kelajagiga umumiy qarashlar. Integratsiyalashgan logistika kontseptsiyasini shakllanishi va rivojlanishi. Zamonaviy logistlarni tayyorlash masalalari

Prof.O’ljaboev K.O’.

15.20-15.30

Choy-breykga t a n a f f u s

15.30-16.50

Logistik tizimni tahlil qilishda SWOT-, STEP-, GAP-tahlil uslublaridan foydalanish. Korporativ biznesni steykxolder nazariyasi

Prof.O’ljaboev K.O’.

4-kun

8.30-9.50

Postavkalar zanjirlarini boshqarishda zamonaviy ahborot kommunikatsiya texnologiya (AKT)lar tizimi

Yusupova Yu.V. Ved.spets.UZINFOCOM

9.50-9.55

T a n a f f u s

9.55-11.15

Iqtisodiyotni integratsiyalashni kengaytirish va uni chuqurlashti-rish sharoitlarida AKT tizimini takomillashtirish

Yusupova Yu.V.

11.15-11.35

Kofe-breykga t a n a f f u s

11.35-12.55

Logistikani ichki va tashqi tizimlari ma’lumot bazalarini shakllantirish

Yusupova Yu.V.

12.55-14.00

T u sh l i k k a t a n a f f u s

14.00-15.20

O’zbekistonni yaxlit transport tizimi. Mamlakatni jahon transport tizimlariga ulash muammolari va ularning yechimi.

Prof.O’ljaboev K.O’.

15.20-15.30

Choy-breykga t a n a f f u s

15.30-16.50

Transportni texnik jihatdan tartibga solishni takomil-lashtirish masalalari. Sohada tarkibiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari.

Prof.O’ljaboev K.O’.

5-kun

8.30-9.50

O’zbekistonda xalqaro transport yo‘laklarni ahvoli va ularni shakllantirish va rivojlantirish istiqbollari

Prof. Samatov G’.A.

(TAYI)

9.50-9.55

T a n a f f u s

9.55-11.15

Xalqaro tranzit tashishlarni tartibga solishni takomil-lashtirishning asosiy yo‘nalishlari

Prof. Samatov G’.A.

11.15-11.35

Kofe-breykga t a n a f f u s

11.35-12.55

Kelajakda (2040 yilgacha) O’zbekiston transporti tizimida amalga oshiriladigan eng muhim investitsion loyihalar

Prof.O’ljaboev K.O’.

12.55-14.00

T u sh l i k k a t a n a f f u s

14.00-17.00

Munozara: “Kompaniyani logistik strategiyasini shakllanti-rishda zamanoviy yondoshuvlar”. O Ch I Q D A R S

Seminarni yakunlash

Seminar dasturi

rahbari

Murojaat uchun: Yarashova V.K. (91) 134-10-11; (94) 655-50-55 


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech