Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Dekabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 593

8-dekabr - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. Shu munosabat bilan 7-dekabr kuni O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

0941.JPG

Agentlik boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shovahobov tadbirni ochar ekan, Konstitutsiya barcha qonunlarimizning asosi, mamlakatimiz farovonligi, xalqimiz baxt-saodatining kafolatidir. Istiqlol yillarida mamlakatimizning barcha jabhalarida keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. Buning zamirida eng avvalo inson xuquq va erkinliklariga bo‘lgan e’tibor, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, inson huquqlarining eng oliy qadriyat sifatida tan olinishi kabi hayotiy tamoyil yotadi. Ana shu kabi g‘oyalar bundan 25 yil muqaddam qabul qilingan Bosh qomusimizda alohida mustahkamlanganligini aytib o‘tdi.

So‘ngra tadbir ishtirokchilarini mamlakatimizning Bosh Qomusi bo‘lmish Konstitutsiyamizning 25 yilligi bilan muborakbod etib, Konstitutsiya – bu, istiqlol va mustaqil O’zbekiston ramzi, g‘urur-iftixori, shu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, dini, irqi, tilidan qat’i nazar, barcha uchun mustahkam himoya, fuqarolik jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi dasturilamal hujjat ekanligini ta’kidladi.

0943.JPG

Shundan so‘ng, Agentlik boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Shovahobov bayram munosabati bilan avtotransport sohasi rivojida o‘zining ulkan hissalarini qo‘shib kelayotgan markaziy apparat hamda Toshkent shahri xodimlarini O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PF-5201-sonli Farmoni bilan ta’sis etilgan «O’zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni bilan taqdirlanganini e’lon qilib, tantanali ravishda esdalik sovg‘alari bilan birga topshirdi.

Shuningdek, Sh. Shovahobov Agentlikning hududiy boshqarmalarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni viloyat hokimliklari tomonidan avtotransport sohasidagi ishlari alohida e’tirof etilib, «O’zbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil» esdalik nishoni bilan munosib tarzda taqdirlanganini alohida ta’kidladi.

Tadbir so‘ngida xar bir xodimga vatanimiz xususan, avtotransport sohasi rivojiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.

0947.JPG

0956.JPG

0963.JPG

0964.JPG


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech