Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Oktabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 320

Korrupsiya dunyoning deyarli har burchagida ildiz otgan razil bir illatdir. Ushbu jirkanch illat amaldorlarning o‘z vazifalarini suiste’mol qilib, shaxsiy manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ygan holda davlat mol-mulkidan foydalanishi jamiyatning turli xil jabhalarda o‘sish va rivojlanishda to‘xtab qolishi, oddiy xalqning islohotlarga bo‘lgan ishonchi yo‘qolishi, odamlarning o‘z hayotlarini o‘zgartirishga qaratilgan tashabbuslari yo‘qqa chiqishi singari o‘ta salbiy holatlarga olib kelishi mumkin. Shu sababli yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, uni ildizi bilan yo‘q qilish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 2017-yil 4-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonun bugungi kunda davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.

korrupsiya.jpg

Koruppsiyaga qarshi kurashish inson huquqlari va erkinliklarini samarali himoya qilishning eng muhim shartlari sirasiga kiradi. Chunki bu jirkanch illat har qanday davlat va jamiyatning iqtisodiy tanazzulga yo‘l ochadi. Jamiyat iqtisodiytini yashirin ravishda yemiradi. Uning eng ayanchli oqibati esa xalqni davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytirib, qonunlar ustuvorligini zaiflashtirib qo‘yadi. Bu jinoyatga qarshi kurashda jamoatchilik ishtiroki juda zarur. Chunki jamoatchilik nazorati ko‘p hollarda ijobiy natija berib, bu jinoyatni kamaytirishga erishishda muhim omil bo‘ladi. Ayni shu jihatni hisobga olgan holda O’zbekiston avtomobil transporti agentligi majlislar zalida 4- oktabr kuni “Korrupsiya milliy xavfsizlikka taxdid” mavzusida tadbir tashkil etilib, unda “Ma’naviyat targ‘ibotchisi” NTM huquqiy targ‘ibotlar bo‘yicha ekspert, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova o‘zining ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ma’ruzachi korrupsiyaning mohiyati, uning shakllari, vujudga kelish shart-sharoitlari va oqibatlarini aniq, hayotiy misollar bilan ta’riflab berdi.

- Xalq va jamoatchilik vakillari bilan huquqiy hamkorlikni yanada kuchaytirish bu jinoyatga qarshi kurashishda samarali natijaga erishishga imkon beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish – mamlakatimizda jadal sur’atlarda olib borilayotgan huquqiy islohotlar sharoitida har bir insonning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish hamda qonun ustuvorligini ta’minlashning muhim vositalaridan biri hisoblanadi, - dedi, jumladan Feruza Muhitdinova. Davlatimiz 2008 yilda Birlashgan millatlar tashkiloti bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan Koruptsiyaga qarshi konventsiyaga qo‘shilgan. O’zbekiston Respublikasining 2017-yil 4-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunini O’zbekiston Respublikasining ham korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashda ekanligini ko‘rsatadi.

korrupsiya 1.jpg

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurash doirasida olib borilayotgan ishlar va so‘nggi oylar davomida mazkur jinoyatni sodir etish vaqtida huquq tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan mansabdor shaxslar, ularning so‘nggi pushaymonglari aks etgan video rolik namoyish etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashishda doimo ogoh bo‘lib, har bir davlat xizmatchisi yoki fuqaro o‘z ishiga vijdonan yondashsa, korrupsiyaning ayanchli oqibatlarini tushunsa, bu turdagi jinoyatning kamayishiga erishamiz. Tadbirda agentlik xodimlari mazkur mavzu yuzasidan o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutahasisdan javob olishdi.

Muxtasar aytganda, jamiyatimizdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir o‘tkazadigan, taraqqiyotimizga to‘siq, milliy xavfsizligimizga tahdid sanaladigan korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga barchamiz birdek mas’ulmiz. Zero, halol mehnat qilib, ro‘zg‘or tebratgan, o‘z bilimi va iqtidorini ona Vatan ravnaqi yo‘lida sarflayotgan, islohotlar samaradorligiga hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarimiz hamma vaqt ham qadrlanadi. Bunday kishilar hayotda to‘g‘ri yashab, korrupsiya deb atalgan qabih illatga qarshi kurashish orqali farzandlarining ham yorug‘ kelajagini ta’minlashga hissa qo‘shayotganliklarini yaxshi anglaydilar.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech