Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 May 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 44

Joriy yilning 2 may kuni O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Toshkent shahar boshqarmasida “Korruptsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Boshqarmaning bo‘lim boshliqlari, mas’ul xodimlari va barcha toifadagi inspektorlari ishtirok etgan seminarga Toshkent shaxar Prokuraturasi mas’ul xodimi A.Azimov va Davlat havfsizlik xizmati Toshkent shahar boshqarmasi mas’ul xodimi T.Muxitdinovlar taklif etildi.

Yig‘ilishni Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i S.Shoqosimov ochib berdi va Toshkent shaxar Prokuraturasi mas’ul xodimi A.Azimovga so‘z berdi.

A.Azimov kun tartibidagi masala yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-sonli ““Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va 2017-2018 yillarga mo‘ljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturini mazmun-mohiyatini tushuntirib, asosiy tushunchalar, qonunning maqsadi va korruptsiyani oldini olish to‘g‘risida ma’ruza qildi.

- Hozirgi zamon milliy va xalqaro huquqida tobora ko‘p qo‘llanilayotgan atamalardan biri bu korruptsiyadir. Korruptsiya albatta bugun paydo bo‘lgan illat emas, u qadimdan mavjud.

Ma’lumki “Korruptsiya” tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bulib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma’nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma’nosi “korroziya” suzi ya’ni “chirish” yoki “zanglash” degan mazmunni ham beradi. Shundan kelib chiqib bu so‘zni ijtimoiy ko‘rinishi hokimiyatni buzish, chiritish orkali sotib olish degan ma’noni beradi.

Korruptsiya yurtimiz fuqarolarini xayotini, jamiyat va aholiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, davlat xizmatchilari va aholini ongini buzadi.

Qonunchilik tahlili korruptsiya bilan bog‘liq qilmishlarga qarshi kurashish faoliyatining huquqiy asoslari ko‘proq O’zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksida o‘z ifodasini topgan. Buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin:

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2752-sonli ““Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan agarda davlat organi xodimiga pora berilsa va uning ustidan pora bergan jismoniy yoki yuridik tashkilot xodimi tegishli idoralarga pora berganligi haqida murojaat qilsa, pora olgan mansabdor shaxs jinoiy kodeksning 210-moddasiga asosan jazo choralari ko‘rilishi belgilab qo‘yilgan.

Korruptsiyaga qarshi kurash O’zbekiston Respublikasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

2014 yil 14 may kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonuni asosida O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga ham ayrim qo‘shimchalar kiritildi. Bunga ko‘ra, Kodekasning 211-modda (pora berish) hamda 212-modda (pora olish-berishda vositachilik qilish) yangidan tahrir qilindi. Ya’ni:

- 211-modda yangi tahririda-basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda 30 kun (o‘ttiz sutka) mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi;

- 212-modda yangi tahririda-basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda 30 kun (o‘ttiz sutka) mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan ushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi – deb belgilab qo‘yilgan.

Hozirgi davrda korruptsiyani yo‘q qilib bo‘lmaydi, bu qaror bilan qorruptsiyani minimum darajaga kamaytirish ko‘zda tutilgan va bir qator amalga oshirilish lozim bo‘lgan dasturlar belgilab olingan. Misol uchun, hozirgi kunda Davlat xizmati xodimlarining oylik maoshlarini bosqichma-bosqich oshirib borish, ularga yashash uchun qulay sharoitlar yaratib berish orqali korruptsiyani oldini olish to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ustida ishlanayotganligi ma’lumot uchun yetkazildi.

Agarda biror bir shaxs pora olganlikda yoki boshqa qonun buzishda ayiblanib, moddiy jazo qo‘llanilganidan keyin, ushbu xolat 1 yil davomida qayta takrorlansa, Sud davomida unga jazo choralari birinchisiga nisbatan kuchliroq bo‘lishi va aksincha ushbu jazo choralarini kamaytirish uchun ayblanuvchining oilaviy xolati, ma’lumoti va boshqa sabablar ko‘rib chiqilishi aytib o‘tildi.

Akmal Atxamovich ma’ruzasi so‘ngida, Boshqarma hodimlariga har qanday vaziyat bo‘lmasin, pora olish yoki pora berish qonun bilan taqiqlab qo‘yilganligi, buning uchun jazo muqarrar ekanligini va bunday qonun buzish xolatlariga yo‘l qo‘ymaslikni so‘radi.

Yig‘ilish davomida Boshqarma boshlig‘i S.Shoqosimov Agentlikning 2016 yil 20 aprelda “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi “Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-ahloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 62-sonli qarori hamda Agentlikning 2016 yil 11 martdagi 63-sonli buyrug‘i 3-bandi ijrosini ta’minlash, shuningdek Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlari odob-ahloqinnig yagona printsiplari va qoidalarini belgilash, ularning o‘z xizmat vazifalarini vijdonan va samarali bajarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat xizmatida suiste’molchilikni oldini olish va bu borada rahbar xodimlarni shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida” qabul qilingan 93-sonli “O’zbekiston avtomobil transporti agentligi va uning tashkiliy tuzilmalari xodimlarining odob-ahloq qoidalari to‘g‘risida”gi buyrug‘ini tanishtirdi.

Shuningdek, Toshkent shahar Davlat xavfsizlik xizmati mas’ul xodimi T.Muxiddinov so‘zga chiqib, korruptsiya xar bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun ulkan taxdid bo‘lib, u jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemirishi, odamlarning davlatga, boshqaruv idoralariga ishonchini so‘ndirishi, islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantirishi, fuqarolarning jamiyat va Davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida aytib o‘tdi.

T.Muxiddinov ma’ruzasi davomida yurtimizda yaqinlashib kelayotgan
9 may “Hotira va qadrlash” kunini munosib kutib olish va Toshkent shahrida hususan, avtovokzal va avtostantsiyalarda, xavfsizlik choralarini ko‘rish, fuqorolar va tadbirkorlar bilan muloqatda xushmuomilalikda bo‘lish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Yig‘ilish yakunida Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i S.Shoqosimov so‘zga chiqib, barchaga “Biz shu diyor ravnaqi, rivojlanishi va kamoli yo‘lida ishlayotgan ekanmiz, birdamlikda bir tanu-jon bo‘lib, chin dildan mehnat qilishmiz kerak” deb aytdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech