Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7 Dekabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 5

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Namangan viloyat boshqarmasining Avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat sho‘‘basi inspektorlari tomonidan yuk va yo‘lovchi tashish sohasida Qonun ustivorligini ta’minlash maqsadida doimiy reyd-tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, joriy yilning avgust oyida 146 ta dalolatnomalar tuzilgan bo‘lsa, sentabr oyida esa qariyb 2 barobar ko‘p, ya’ni 289 ta dalolatnoma tuzildi. Oktabr oyida 322 ta, Noyabr oyida 216 ta va dekabr oyining 5 sanasiga qadar 32 ta dalolatnoma tuzilib, jami 1005 nafar haydovchilarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1763-moddasida nazarda tutilgan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Shulardan sud organlari tomonidan 779 ta ish ko‘rib chiqildi. Shundan, 510 ta holatda avtotransport vositalari yuk va yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi (qariyib 85 mln. so‘mlik davlat boji to‘lovlar undirildi) litsenziya varaqalari bilan ta’minlanganligi sababli, ularning egalari va ijarachilari javobgarlikdan ozod etilgan bo‘lsa, 269 ta fuqaro litsenziya varaqasiz faoliyat yuritgani uchun eng kam ish xaqining 2346 barobari miqdorida (351 mln. 372 ming so‘m) jarimaga tortildi. Qolgan 226 ta dalolatnomalarning sud organlari tomonidan ko‘rib chiqish uchun xujjatlari tayyorlanmoqda.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech