Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
3 Avgust 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 463

Har bir soha istiqboli va rivoji uning kadrlari malakasi bilan bevosita bog‘liq. Aynan yetuk malakali kadrlar har jabhani oldinga harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Bugun yurtimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi avtotransport sohasida ham tub islohotlar amalga oshirlmoqda. Zamonnig o‘zi bugun mazkur soha oldiga qator vazifalarni qo‘yib, ish uslublariga yangicha yondashuvni talab etyapti. Aholiga zamon talablariga mos sifatli xizmat ko‘rsatish, sohada ish samaradorligiga erishishda har bir tadbirkordan (xodimdan) kerakli bilim va ko‘nikma talab etiladi.

1.JPG

2-avgust kuni O’zbekiston avtomobil transporti agentligida Agentlikning markaziy apparati xodimlari, «Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti» DK xodimlari va professor o‘qituvchilari ishtirokida Agentlik boshlig‘ining 2018-yil 19-iyuldagi 433-sonli «Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar xodimlarini va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni attestatsiyadan o‘tkazishni hamda ularga qo‘yiladigan malakaviy talablarni soddalashtirish to‘g‘risida»gi buyrug‘i mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishni Agentlik boshlig‘ining o‘rinbosari X.Xalmatov olib borib, qatnashchilarga buyruqning mazmun mohiyati va talabiga ko‘ra, Agentlik faoliyati shaffofligini ta’minlash hamda takrorlanuvchi jarayonlarni qisqartirish maqsadida ishlab chiqilganligini ma’lum qildi. Bu orqali esa sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga qator qulayliklar yaratiladi.

0826.JPG

Xususan, buyruqda «O’zavtotrans» agentligining yangilangan attestatsiya Komissiyasi tasdiqlanib, joriy yilning 3-sentabridan boshlab yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar xodimlarini va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning attestatsiyasi «Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti» DK tomonidan o‘tkazilishi belgilandi.

Attestatsiya Institut tomonidan o‘tkaziladigan yakuniy malaka imtixonlari bilan bir vaqtda avtomobil transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari yakunlari bo‘yicha Institut va Institut tomonidan tashkil etiladigan filiallarda olib borilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Bir vaqtdagi attestatsiya va malaka imtixonlarida ijobiy natijalarga erishilgan taqdirda, attestatsiyadan o‘tayotgan shaxsga malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi haqida sertifikat, diplom hamda attestatsiya varaqasi elektron va yozma shaklda beriladi.

Tadbir so‘ngida Institut o‘qituvchilari o‘z taklif va mulohazalarini bildirish bilan birga, ish jarayonida bo‘layotgan mavjud muammo va kamchiliklar haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Agentlik boshlig‘i o‘rinbosari ushbu muammolarni alohida qayd qilib olib, tez fursatda Qonun doirasida xal qilishga vada berdi.

33333.JPG


0851.JPG


0841.JPG


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech