Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Sentabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 147

Mamlakatimiz Prezidentining “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taminlash maqsadida Navoiy viloyatida 2017-2021-yillarda Navoiy viloyatida 3 ta avtostansiya qurilishi va 1 ta avtostansiya rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan.

Xususan, Navoiy viloyati, Navbahor tumanida 27-avgust kuni Navbahor tumanining nuroniy-oqsoqollari, mutasaddi tashkilotlar rahbar va xodimlari hamda O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Navbahor” avtostansiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Navbahor tumanidagi “Navbahor Maximus Gold” MChJga tegishli “Navbahor” avtostansiyasini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-dekabrdagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan "Avtovokzal (avtostansiya) pasportini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom"ning 7-bandidagi ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilgan holda avtostansiya zamonaviy, har tomonlama qulay tarzda qurib bitkazildi.

Bugungi kunda ushbu avtostansiyada Navbahor tumanining 12 ta yo‘nalishi bo‘yicha 180 ta avtotransport vositasitalari faoliyat ko‘rsatadi. Avtostansiyada yangi ish o‘rinlari yaratilish barobarida aholiga xizmat ko‘rsatish uchun avtotransport kutish joylari, oziq-ovqat do‘konlari, oshxonalar va avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun ustaxonalar barpo etilgan.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech