Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
24 Iyul 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 148

2018-2019-yillarda Navoiy viloyatini ijtimoiy — iqtisodiy rivojlantirish Davlat dasturiga asosan aholiga transport xizmati ko‘rsatishni yanada yaxshilash maqsadida Navoiy viloyati, Navbaxor tumanidagi “Navbaxor transport ekspeditorlik” MChJ tomonidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, korxona o‘z avtotransport parkini boyitish maqsadida “Aloqa bank”ning Navbaxor tuman filialidan 3 yil muddatda bosqichma-bosqich to‘lash sharti bilan kredit rasmiylashtirib, 6 ta “Sobalt” rusumli avtomobil sotib oldi.

Avtomobillar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish tartibi to‘g‘risida”gi 139-sonli qarori talablari asosida jixozlanib, tanlov asosida 6 nafar malakali haydovchilarni ishga qabul qildi hamda shahar atrofida yo‘lovchi tashish uchun biriktirildi. 

Jamiyat rahbari R.Yo‘ldoshevning aytishicha, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-sonli “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan Navoiy viloyatiga kelgusida 4 dona avtobus keltirilib, Navbaxor tumanida yangi yo‘nalishlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. 

Ma’lumot uchun “Navbaxor transport ekspeditorlik” MChJ 2017-yil 17-martda Navoiy viloyati, Navbaxor tumanida ro‘yxatdan o‘tgan.

“Navbaxor transport ekspeditorlik” MChJ Navbaxor tumani, Yangi yo‘l QFYda joylashgan bazasida yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshiradi. Navbatchi mexaniklar tomonidan avtotransport vositalarni texnik, tibbiy xodim tomonidan xaydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari korxonaning o‘z binosida amalga oshiriladi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech