Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
29 Avgust 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 103

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2724-sonli qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 16-avgust kuni Nukus shahri, Taslaq MFY, “Nukus-Chimboy” magistral yo‘li bo‘yidagi “Nukus Arqa Batыs trans” MChJga qarashli avtovokzal qurilib foydalanishga topshirildi.

Avtovokzalni qurish uchun bank tomonidan 1 mlrd. 400 ming so‘m miqdorida kredit ajratilgan bo‘lib, barcha mablag‘lar avtovokzal qurilishi uchun sarflandi.

“Nukus Arqa Batыs trans” MChJ tomonidan qurilgan ushbu avtovokzalda haydovchilar va yo‘lovchilar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Xususan, avtomashinalarni texnik tekshiruvdan o‘tkazish ustaxonasi, tibbiy ko‘rik xonasi, kutish xonalari zarur anjomlar bilan jihozlangan. Maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari faoliyati esa aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratmoqda.

Avtovokzaldan yo‘lovchilar shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda avtobus, mikroavtobus va yengil avtomobillar xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Jumladan ushbu avtovokzalda tez kunlarda Nukus-Almatы xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishi kutilmoqda.

– Avtovokzalning ishga tushirilishi aholiga qulaylik yaratishi barobarida shahar ichkarisida avtomobillar tirbandligining oldini oladi, – deydi, Agentlikning Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Berdiev. – Bunday keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari tufayli shahar qiyofasi yanada go‘zallashmoqda. Eng muhimi, bu yerda yana 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech