Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Sentabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 371

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining hududiy boshqarmalariga avtomobillarda tashuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat sho‘basining 1-toifali inspektori vakant lavozimini egallash uchun tanlov e’lon qiladi


Diqqat!!! Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

Boshqarma lavozimlariga tayinlanish uchun davlat tili va rus tilini mukammal egallagan, sog‘ligi bo‘yicha yaroqli va Malakaviy talablarga mos fuqarolar tanlovda ishtirok etish huquqiga egadirlar.

ma’lumoti bo‘yicha:

texnik, iqtisodiy yoki yuridik sohalarda oliy ma’lumot yoki avtomobil ixtisosligi bo‘yicha o‘rta-maxsus;

Tanlash davomida quyidagi tadbirlar tashkil etiladi va o‘tkaziladi:

hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;

umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;

yozma ish (diktant);

individual-psixologik o‘rganish.

kasbiy vakolati bo‘yicha:

tashabbuskorlik, hushmuomalalik, aql-mulohaza bilan ish yuritish, tashkilotchilik, ahloqiylik, korruptsiyaga nisbatan murosasizlik;

Tanlovda ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:

a) Namunaviy shakl bo‘yicha shaxsiy ariza;

b) pasport nusxasi (asli tanlovga kelgan vaqtda taqdim etiladi);

v) mehnat daftarchasi nusxasi (birinchi marta ishga qabul qilinayotganlar bundan mustasno);

g) ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

d) tibbiy muassasa tomonidan sog‘ligi to‘g‘risida berilgan №086-U shakldagi ma’lumotnoma;

e) narkologik, teri va venerologik kasalliklar, shuningdek ruhiy va asab kasalliklari dispanserlari tomonidan berilgan sog‘ligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar;

j) Malakaviy talablarning 3-ilovasiga muvofiq shaklda o‘z qo‘li bilan to‘ldirilgan va imzolangan anketa, unga ilova qilingan 3x4 o‘lchamdagi

4 dona rasm.

Ishga qabul qilish uchun tanlov o‘tkazish tartibi O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (bundan buyon matnda – Agentlik deb yuritiladi) tomonidan o‘rnatiladi.

Ishga qabul qilinayotgan shaxslar lavozimga uch oygacha sinov muddati bilan mehnat shartnomasiga muvofiq tayinlanadi.

Barcha toifadagi xodimlarga:

o‘zining xizmat vazifasini bajarish yoki bajarmaslik uchun begona shaxslardan mukofot yoki xizmatlar qabul qilish;

qarindoshlar, tanishlar va boshqa shaxslar iltimosi bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga rioya etilishiga e’tiborsizlik bilan qarash;

Agentlikni obro‘sizlantirishi mumkin bo‘lgan shaxslar bilan aloqada bo‘lish;

Agentlikka tegishli moddiy-texnik va axborot ta’minoti vositalarini, moliya vositalari va boshqa mulklardan, lavozim vazifalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan, shuningdek xizmatga oid ma’lumotlardan boshqa maqsadlarda foydalanish qat’iyan ta’qiqlanadi.

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hududiy boshqarmalarining Avtomobillarda tushuvlar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat sho‘balarida lavozimni egallash uchun nomzodlar tanlash bo‘yicha tanlov komissiyasining 2017-yil oktabr oyida tanlov o‘tkazish

JADVALI

T/r

Hududlar

Konkurs tanlov o‘tkazish sanasi

Konkurs tanlov o‘tkazish joyi va telefon raqamlari

1

Navoiy viloyati

10 oktabr

Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 5-uy, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0436) 224-47-61, 224-68-91, www.autotrans.uz.

2

Toshkent viloyati

12 oktabr

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, 7 uy, “Toshkent” avtovokzali binosi

Ma’lumot uchun telefonlar (0371) 279-39-19, 241-56-39, www.autotrans.uz.

3

Toshkent shahar

13 oktabr

Toshkent shahar, Shayhontoxur tumani, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 3-uy, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi binosi

Ma’lumot uchun telefonlar

(0371) 241-56-41, www.autotrans.uz.


Qo‘shimcha ma’lumot: Avtomobil transporti sohasida so‘nggi besh yil ichida ikki yildan kam bo‘lmagan uzluksiz ish staji, davlat tili va rus tilini yaxshi bilish, (xalqaro avtomobil tashuvlari shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda band bo‘lgan xodimlar uchun qo‘shimcha ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi).

Boshqarma va Sho‘balarning barcha xodimlari kompyuter savodxonligi bo‘yicha (KSBT) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 
27-oktabrdagi 289-sonli qarorida nazarda tutilgan minimal darajasiga ega bo‘lishlari zarur.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech