Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7 Sentabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 164

O’zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida “Toshkent – Chimkent”, “Toshkent – Almati” va “Toshkent – Qizilo‘rda” xalqaro avtobus yo‘nalishlari ochilgan edi.

Bugungi kunga kelib, “Nukus - Uch Qunir (Almati viloyati)” avtobus yo‘nalishida joriy yilning 20-avgustidan boshlab avtobuslar qatnovi amalga oshirilmoqda.

Ushbu yo‘nalishda O’zbekiston tomondan tashuvchi «ULUG’ EXPRESS-TUR» MChJga qarashli “YUTONG” rusumli avtobuslari Qozog‘iston tomonidan esa tashuvchi «Yug Trans Layn»ga qarashli «VANHOOL» rusumli avtobuslari xizmat ko‘rsatadi.

Yo‘nalishning masofasi 1900,0 km., qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 37 soatu 26 minut, yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Nukusdan Uch Qunirgacha - 350 ming so‘m. Uch Qunirdan Nukusgacha esa - 15000 tenge qilib belgilandi.

Yo‘nalish “G’isht ko‘prik” (O’zbekiston), “Jibek Joli” (Qozog‘iston) nazorat o‘tkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.

“Nukus - Uch Qunir (Almati viloyati) - Nukus” yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlar 20 avgust kunidan har kuni 2 tadan (soat 17-00 da) qatnov bajarilmoqda.

Xuddi shunday Uch Qunirdan har kuni mahalliy vaqt bilan soat 17-00 da avtobus harakatlanmoqda.

Yo‘nalishda bir kunda bir tomondan o‘rtacha 40 nafardan yo‘lovchi o‘z manzillariga yetkazilmoqda.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech