Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Sentabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 203

Joriy yil 13-sentyabr kuni Milliy matbuot markazida jurnalistlar uchun 2018-yilning 20-sentyabrida «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasining zalida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo xalqaro transport koridorlari tizimida: amalga oshirilmagan imkoniyatlar va strategik istiqbollar» mavzusida yuqori darajadagi xalqaro konferentsiyaga tayyorgarlik ko‘rishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Ertangi kun konferentsiya qatnashchilari uchun «MAN Auto-Uzbekistan» qo‘shma korxonasi ishlab chiqarishi bilan, shuningdek, Samarqandning tarixiy merosi bilan tanishish sayohati rejalashtirilgan.

Ushbu xalqaro konferentsiyaning asosiy maqsadi – xalqaro moliyaviy institutlar, tashkilotlar, transport uyushmalari, transport va logistika kompaniyalari vakillari bilan yangi transport koridorlarini shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha muloqotni har tomonlama rivojlantirishdir.

Hozirgi vaqtda anjumanda 50 dan ortiq mamlakatdan 340 nafar xorijiy mehmonlar o‘zlarining ishtiroklarini tasdiqlashdi: Bular Latviya, Litva, Lyuksemburg, Moldova, Pokiston, Polsha, Rossiya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Belarus, Germaniya, Gruziya, Misr, Hindiston, BAA, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, AQSh, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina, Frantsiya, Shveytsariya va Yaponiya kabi davlatlardir.

2018-yil 20-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan asosiy plenar yig‘ilish «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi va tushdan keyin tanlangan tematik tarmoqlar bo‘yicha to‘rtta parallel sektsiyali sessiya boshlanadi.

Xususan, «Markaziy Osiyo mamlakatlari transport va tranzit salohiyatining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari» sektsiyasida Markaziy Osiyo mamlakatlari transport va tranzit salohiyatining imkoniyatlari, Markaziy Osiyodagi tashqi integratsiyalashgan transport sohasini shakllantirish va mintaqada yangi yo‘laklar yaratish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, transport va logistika sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashning xalqaro tizimi, xalqaro yuk tashish uchun zamonaviy shart-sharoitlar va bojxona-chegara tartiblarini ishlab chiqish masalalari, yirik transport yo‘nalishlari bo‘yicha logistika markazlari, bojxona omborlari hamda TIR-parklar tarmog‘ini yaratish mavzusi va boshqa ko‘plab masalalar muhokama qilinadi.

Uchinchi sektsiya «Avtomobil transportini yanada takomillashtirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik: xorijiy tajriba va milliy tajriba» ishtirokchilari avtomobil transporti va yo‘l koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha eng yaxshi xalqaro tajribani;

Markaziy Osiyo mamlakatlarining avtomobil transportida axborot, marketing va raqamli transport xizmatlarini joriy etish, shuningdek, asosiy transport koridorlari bo‘ylab xalqaro avtomobil transportini rivojlantirish uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanishni muhokama qiladilar.

Konferentsiya yakunida respublikaning transport sektorini rivojlantirish bo‘yicha memorandumlar va boshqa hujjatlar qabul qilinishi hamda imzolanishi rejalashtirilgan.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech