Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Iyul 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 99

Prezidentimizning 2017-yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2724-sonli qarorida xalqimizni avtotransport xizmatlari bilan ta’minlash sohasini yanada rivojlantirish, shahar va qishloqlarda aholi bandligi muammolarini hal etishda avtotransport xizmatlari sifatini yaxshilash, atmosferaga zararli tashlamalarni qisqartirish maqsadida 2017–2021-yillarda shahar va qishloqlarda avtotransport xizmatlarini yanada rivojlantirish dasturi qabul qilingan.

Dastur ijrosida belgilangan Termiz shahridagi “Boysun-Sariosiyo” ma’suliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy smeta qiymati 1 mlrd. 300 mln. so‘m bo‘lgan Avtoshohbekat qurilib xalq xizmatiga topshirildi.

Avtoshohbekat O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Surxondaryo viloyat hokimligi, Termiz shahar hokimligi va Respublika Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda loyihalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilgan milliyligimizga mos loyihalar asosida bunyod etildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, qurilishda asosan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan materiallardan foydalanildi.

Avtoshohbekatda yo‘lovchilar uchun alohida kutish joyi, maxsus onalar va bolalar xonasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish xizmatlari tashkil etilgan.

Avtoshohbekat Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlariga va viloyatimizning barcha tumanlari bilan bog‘lovchi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida aholiga transport xizmati ko‘rsatadi.

Aholiga qulaylik bo‘lishi uchun mavjud shahar ichi yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari Avtoshohbekat bilan bog‘langan.

Bundan tashqari yo‘nalishsiz taksilar xizmatidan ham foydalanish uchun alohida qulayliklar barpo etilgan.

Viloyat aholisiga bugungi kunda 9 ta Avtoshohbekat, xususiy tashuvchilarni birlashtirgan 133 ta korxonalar 119 ta yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida litsenziyalangan 293 ta avtobus, 53 ta mikroavtobus, 2754 ta Damas, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 maydagi “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-sonli qarori talablari asosida sariq rangga bo‘yalgan maxsus davlat raqam belgilariga ega 1395 ta yo‘nalishsiz taksilar transport xizmati ko‘rsatmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017-yil 10-11-fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlariga asosan viloyat aholisiga transport xizmatini yanada yaxshilash maqsadida Surxondaryo viloyat avtokorxonalariga jami 186 ta, shundan 2017 yilda 104 ta, 2018 yilda 82 ta “ISUZU” rusumli yangi avtobuslar sotib olish uchun to‘lovlarni amalga oshirish belgilangan.

Xozirgi kunda 47 ta yangi avtobusga pul o‘tkazilib, shundan 4 tasi olib kelindi. Qolgan avtobuslar esa rejaga muvofiq sotib olinishi ko‘zda tutilgan.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech