Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Dekabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 1

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-yanvardagi “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2724–sonli qarori asosida tasdiqlangan Dasturida 2017-yilda Qo‘qon shahrida yangi avtobuslar sotib olish belgilangan.

Ushbu Dastur doirasida “Bekavtoyo‘lovchitrans” MChJ tomonidan
10 dona ISUZU NS 40 rusumli avtobus “Asaka bank”ning Qo‘qon filialidan kredit asosida xar birini 135 mln. so‘mdan xarid qilinib, aholiga sifatli va namunali avtobus xizmati ko‘rsatish uchun yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar bilan ta’minlandi hamda shahar ichi yo‘nalishlariga biriktirildi.

Eslatib o‘tish joizki, ushbu korxona 2010-yilda ish faoliyatini boshlagan bo‘lib, yo‘lovchilarni shahar ichi va shahar atrofi yo‘nalishlarida tashish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega.

Jamiyat 2010-yildan buyon o‘z avtoparkini tinimsiz ravishda yangilab bormoqda. Jumladan, 2014-yilgacha 30 ta avtobus bilan faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2014-yilda 40 ta, 2015 va 2017-yilda 10 tadan avtobus sotib oldi. Shu bilan korxona jami 90 ta avtobusda yo‘lovchilarga sifatli avtotransport xizmati ko‘rsatmoqda.

Korxonada bugungi kunda jami 240 ta xodim faoliyat yuritayotgan bo‘lsa bularning aksariyati kollej bitiruvchilari ekanligi e’tiborlidir.

Jamiyat transportlarni texnik ko‘rikdan haydovchilarni esa tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Qo‘qon shahrida joylashgan 2520-sonli avtokorxona bilan shartnoma tuzgan.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech