Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Mart 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 73

O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Toshkent shahar hududiy bo‘limi 3-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son farmoni hamda Agentlikning 2017-yil 10-fevraldagi 42-sonli buyrug‘i va ushbu mavzuga oid 2017-yil fevral oyidagi O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash yuzasidan, Agentlikning Toshkent shahar hududiy bo‘limi barcha xodimlari va avtomobil transportida yuklarni tashish bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

8972.JPG


Yig‘ilishni Toshkent shahar hududiy bo‘limi boshlig‘i S.Shoqosimov ochib, kun tartibidagi mavzu yuzasidan O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi siyosiy sharxlovchisi, “Shuxrat” ordeni sohibi Qobilbek Karimbekovga so‘z berdi.

Ma’ruzachi, ilk bor rivojlanish strategiyasi O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan 1992-yilda “O’zbek modeli” tasdiqlanganligi va hozirga qadar 25 yil davomida “Biz eskisini buzmasdan - yangi ulkan davlat barpo etamiz” tamoyili asosida buyuk davlat barpo etilganligini hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son farmoni Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari dahlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevori bo‘ldi. Xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2016-yil 7-dekabr kuni konstitutsiya kuni munosabati bilan qilgan o‘z ma’ruzalarida 2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilganligi, bu biz xalq uchun juda katta e’tibor ekanligi, shu kuni ilk bor Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev o‘z ma’ruzalari so‘ngida O’zbekiston Respublikasining 2017-2021-yilarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi haqida so‘z yuritganliklarini ta’kidladi.

8985.JPG

Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli ­fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk ustuvorligiga ­asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon hayot ­kechirishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, xalqaro maydonda O’zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov yig‘ilish davomida ushbu strategiyani soddaroq shaklda yig‘ilish qatnashchilariga tushintirib berdi. Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan ­tajribani holisona baholashdan, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni ­tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, oldimizda demokratik­ islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ­ mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvor yo‘nalishlarini hamda aniq­ marralarini belgilash vazifasi ko‘zda tutilganli haqida tushuntirdi.

Tadbir qatnashchilari mavzu bo‘yicha yetarlicha ma’lumot olish bilan birga, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldilar.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech