Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
8 Sentabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 98

O’zbek va tojik xalqlarini azaldan yaqin qo‘shnichilik va qarindoshlik rishtalari bir- biri bilan bog‘lab turadi. Zero, ikki xalqning tarixi umumiy va qadriyatlari bir- biri bilan chambarchas bog‘liqdir. O’zaro hurmat an’analari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

9-sentabr kuni Tojikistonda davlat mustaqilligining 27 yilligi keng nishonlanadi. Ushbu tantanali sana munosabati bilan ikki davlat xalqlariga qulaylik yaratish maqsadida bugundan e’tiboran “Termiz- Dushanbe”, “Denov- Dushanbe”, “Samarqand- Pendjikent” yo‘nalishida xalqaro avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

“Termiz- Dushanbe” xalqaro avtobus yo‘nalishining masofasi 251 km. bo‘lib qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 5 soatu 39 daqiqani tashkil etadi. Yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Termizdan Dushanbegacha- 70 ming so‘m. Dushanbedan- Termizgacha esa 70 somoni qilib belgilandi.

Yo‘nalish masofasi 107 km. bo‘lgan “Denov- Dushanbe” xalqaro avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar 2 soat 25 daqiqada o‘z manziliga yetkaziladi. Yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Denovdan Dushanbegacha 40 ming so‘m. Dushanbedan Denovnacha esa 40 somoni etib belgilandi.

“Samarqand- Pendjikent” xalqaro avtobus yo‘nalishining masofasi 64 km. Qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 1 soatu 25 daqiqa bo‘lib, yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Samarqanddan Pendjikentgacha 20 ming so‘m. Pendjikentdan Samarqandgacha esa 20 somoni qilib belgilandi.

Ikki davlat o‘rtasida avtobus qatnovlari sonining ortib borayotgani o‘zaro aloqalarni ikki qardosh xalq manfaatlaridan kelib chiqib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida olib borilayotgani ishlarning amaliy ifodasi deyish mumkin.



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech