Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Dekabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil taransporti agentligi Axborot xizmati 145

Sirdaryo viloyatidagi «Trans Imkon Servis» MChJ harakat tarkibini yangilash orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida lizing shartnomasi asosida sakkiz dona Isuzu SAZ HC40 rusumli avtobus xarid qildi.

Avtobuslar siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan qilib qayta jihozlangach, hozirda Guliston tumanidagi Dehqonobod shaharchasini viloyat markazi bilan bog‘lovchi yo‘nalishga sinov tariqasida qatnamoqda. Oy oxirlarida o‘tkaziladigan tender tanlovida ularni mazkur yo‘nalishga muntazam biriktirilishi belgilangan.

O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i O.Erbekovning so‘zlariga ko‘ra, yil oxiriga qadar viloyatga shu rusumli avtobuslardan yana 19 tasi xarid qilib keltiriladi. Yangi transport vositalaridan asosan qishloq joylarni tuman markazlari va Guliston shahri bilan bog‘lovchi yo‘nalishlarda foydalanib, aholining uzog‘ini yaqin qilish rejalashtirilgan.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech