Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
3 Avgust 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 186

O’zbekiston avtomobil transporti agentligining Toshkent shahar boshqarmasida avtotransport sohasiga oid qabul qilingan oxirgi me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari va ularning ijrosi hamda yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlaridagi uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish to‘g‘risida boshqarma boshlig‘i S.Shoqosimov raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Boshqarma boshlig‘i majlis ishtirokchilariga, sohani tubdan isloh qilish, aholiga sifatli transport xizmati ko‘rsatishni tashkil etish borasida davlatimiz rahbarining 2018-yil 6-martdagi PQ-3589-sonli “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi “O’zbekiston Respublikasida avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 434-sonli qarorlarida belgilab berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlarga to‘htalib o‘tdi.

Shuningdek, sohaga zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish maqsadida tender shartlariga o‘zgartirish kiritilgani, endi ochiq tender g‘oliblari bilan tuziladigan kontraktlarga “onlayn” GPS rejimida masofadan kuzatish tizimi yoki boshqa kuzatish inovatsiya vositalarini tadbiq etishi zarurligi va barcha yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtotransport vositalariga GPS-trekerlari o‘rnatilishi shartligi belgilab qo‘yilganligi aytib o‘tildi.

Yig‘ilish davomida boshqarma inspektorlarining 2018-yil 25-iyul kuni o‘tkazilgan reyd tadbirlarida aniqlangan kamchiliklar to‘g‘risidagi axboroti ham tinglandi.

Tadbir so‘ngida yig‘ilish qarori qabul qilinib, unda boshqarma inspektorlariga yo‘l qo‘yilgan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tashuvchilarga esa Toshkent shahrida yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar haydovchilari tomonidan sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari va qodabuzarliklari to‘g‘risidagi hisobotlarni har oyning 5-sanasiga qadar topshirish vazifasi yuklatildi.

Yig‘ilishda boshqarma xodimlari hamda Toshkent shahrida avtomobil transportida yuk va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona rahbarlari ishtirok etishdi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech