Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Yanvar 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 543

Ma’lumki, muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoevning 2017-yil 22-23-mart kunlari Qozog‘iston Respublikasiga davlat tashrifi davomida O’zbekiston Respublikasi Hukumati va Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2006-yil 20-martda imzolangan xalqaro avtomobil qatnovlari to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi Bayonnoma imzolandi.

0989.JPG

Shu munosabat bilan 5-yanvar kuni "Toshkent" avtovokzalida O’zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy voqea «Toshkent-Chimkent-Toshkent» xalqaro avtobus yo‘nalishining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i D.Dexkanov ochib, ikki qardosh xalqlarning bundanda yaqinroq inoqlashishiga zamin yaratuvchi hamda Qozog‘iston va O’zbekiston Respublikalari o‘rtasida qadimdan kelayotgan an’anaviy do‘stona aloqalar va o‘zaro munosabatlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiluvchi «Toshkent-Chimkent-Toshkent» xalqaro avtobus yo‘nalishining ochilishi oliy darajada imzolangan hujjatning va kelishuvlarning amaliy natijasi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

1006.JPG

Butun yo‘nalish va safar davomida yo‘lovchilar xavfsizligini va harakat jadvaliga rioya etilishini ta’minlash maqsadida, barcha avtobuslar ularning harakatini masofadan kuzatish (GPS) tizimi bilan jihozlangan. Yo‘nalishda har ikki tomondan 5 tadan, jami 10 ta avtobus faoliyat ko‘rsatadi.

Yo‘nalish masofasi 145,2 kilometrni va yo‘ldagi taxminiy vaqt 3-3,5 soatni tashkil etadi. Qatnovlar “G’isht ko‘prik” (O’zbekiston) va “Jibek Joli” (Qozog‘iston) chegara-o‘tkazish punktlaridan o‘tgan holda ustivor tartibda amalga oshiriladi. Bu esa, avtobuslar, yo‘lovchilar va ularning bagajlari bojxona tekshiruvi va chegara pasport nazoratidan navbatdan tashqari o‘tishlarini anglatadi. Yo‘nalishning O’zbekistondagi oxirgi manzili etib “Toshkent” avtovokzali belgilangan.

8-yanvardan boshlab avtobuslarning doimiy qatnovi joriy etiladi. Avtobuslar har kuni 6:00 dan 20:00 gacha bir soat oraliq bilan qatnashi rejalashtirilgan.

1035.JPG


1050.JPG


1059.JPG


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech