Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 May 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Axborot xizmati 53

O’zbekiston avtomobil transporti agentligi Toshkent shahar boshqarmasida yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan Boshqarmaning 2018 yil 8 fevraldagi yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturiga asosan joriy yilning 12 may kuni Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasi hodimlari o‘rtasida “Shahmat” musobaqasi tashkilashtirildi.

Besh ming yillik tarixga ega shaxmat o‘yini qadimiy va qiziqarli sport va san’at turlaridan biridir. Juda ko‘plab tarixiy manbalar guvohlik berishimcha, mamlakatimiz xalqlari orasida ming yildan beri o‘ynalib kelinadi. Shaxmat o‘yini ayniqsa temuriylar davrida rivoj topadi. Amir Temur, Alisher Navoiy kabi buyuklarimiz ham shaxmat o‘ynaganligi haqida ma’lumotlar bor. Shaxmat o‘yinlari tarixi Turkiston tarixining bir parchasidir.

Hozir kunda mamlakatimizda yoshlar o‘rtasida ham shaxmatni rivojlantirishga katta e’tibor berilyapti. Shaxmat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” musobaqalari dasturiga kiritilgan. O’zbekistonlik yosh shaxmatchilar bolalar-o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelishyapti.

Agentlikning Toshkent shahar boshqarmasida yosh xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasi ham keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Avtomobillarda tashuvlar havfsizligini ta’minlash yuzasidan nazorat qilish bo‘lim 1-toifali inspektorlari Djumaniyazov Bekzod va Pardaev Odillar final uchrashuvida dona surishdi. Murosasiz kechgan baxs yakunida Pardaev Odil g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Agentlik Toshkent shahar boshqarmasi rahbari tomonidan yoshlarga, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga, rivojlanishiga, shu bilan birga, jamiyat, xalq va Vatanga foyda keltiradigan fazilatlarini shakllantirishda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech