Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Sentabr 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 691

 “Toshkent - Nijniy Novgorod” avtobus yo‘nalishida joriy yilning 14-sentyabridan boshlab avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu yo‘nalishda O’zbekiston tomondan tashuvchi «UZKAZ AVTO TRANS» MChJ shaklidagi QK, Rossiya tomonidan esa tashuvchi «Panyushkin S.Yu.» YaTT xizmat ko‘rsatadi. Yo‘lovchilar bugungi kunda eng zamonaviy va bir qator qulayliklarga ega bo‘lgan «VANHOOL» rusumli avtobuslarda o‘z manzillariga yetkaziladi.

Yo‘nalishning masofasi 3000,0 km., qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 61 soatu 00 minut, yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Toshkentdan Nijniy Novgorodgacha - 500 ming so‘m. Nijniy Novgoroddan Toshkentgacha esa – 6 ming rubl qilib belgilandi.

Yo‘nalish “G’isht ko‘prik” (O’zbekiston), “Jibek Joli”, “Jaysan” (Qozog‘iston), “Sagarchin” (Rossiya) nazorat o‘tkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech