Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
29 Dekabr 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 475

Navoiy viloyati markazida faoliyat yurituvchi «Asadbek Biznes Savdo» MChJ o‘z avtotransport parkini kengaytirish hamda aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan 15 ta yangi yengil avtomobil xarid qildi. Mashinalarning 10 tasi «Matiz» va 5 tasi «Lasetti» rusumli bo‘lib, ularning xarid qiymati «Xalq banki» filialidan 3 yil muddatga olingan 950 million so‘mlik kredit hisobidan to‘lab berildi.

Avtomobillar Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi «Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 139-sonli qarori talablari asosida jihozlangach, shahar ichi va atrofida yo‘lovchi tashishda foydalanilmoqda.

Yangi avtotransport vositalari sotib olinishi munosabati bilan korxonada 15 ish o‘rni yaratildi.

«Asadbek Biznes Savdo» MChJ 2015 yilda tashkil topgan. Avtotransport vositalarining kunlik texnik, haydovchilarning kunlik tibbiy ko‘rigi korxonaning o‘z bazasidagi maxsus jihozlangan majmuada bajariladi.

Viloyatda tashuvchi korxonalarning avtomobil parkini yangilash chora-tadbirlari 2017-2018-yillarda Navoiy viloyatini ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirish Dasturi asosida amalga oshirilmoqda.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech