Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Aprel 2018 | Manba: O’zbekiston avtomobil transporti agentligi axborot xizmati 56

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017-yil 17-may kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonida Yangier shahridagi mavjud avtostantsiya o‘rnida zamonaviy avtostantsiya qurish belgilangan edi.

Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash, shuningdek, Yangier shahri aholisiga qulay avtotransport xizmati ko‘rsatish maqsadida, Yangier shahridagi avtostantsiyasi o‘rnidan yangi avtostantsiya qurib bitkazildi.

Mazkur avtostantsiya “Yangier xususiy avtoshoxbekati” MChJ tomonidan 480 mln so‘m mablag‘ (300 mln so‘m o‘z mablag‘i, 180 mln so‘m bank krediti) hisobiga zamonaviy tipdagi avtostantsiya qurilib ishga tushirildi. Avtostantsiya maydonini asfaltlash uchun xizmat ko‘rsatuvchi bank (Qishloqqurilishbank) tomonidan 180 mln. so‘m miqdorida kredit ajratildi.

Bugungi kunda avtostantsiya 18 ta statsionar va 3 ta tranzit yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Avtostantsiyada bir yo‘la 44 ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish uchun sharoit yaratildi. Avtostantsiya egallagan yer maydoni 2 barobarga, bino va inshootlar maydoni deyarli 3 barobarga ortdi.

“Yangier xususiy avtoshoxbekati” MChJ ma’muriyatining ta’kidlashicha avtostantsiya hududini “xavfsiz hudud”ga aylantirish maqsadida 5 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatildi. Bu esa o‘z navbatida avtoshohbekatga faqat qonunga muvofiq tartibda litsenziyalangan avtotransport vositalarining kirib-chiqishini ta’minlaydi. Yo‘lovchilar avtostantsiyadagi yaratilgan qulayliklardan mamnun.

83325.jpg

83642.jpg


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech