Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 Mart 2017 | Manba: O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Axborot xizmati 301

2016-2017-yillarda Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida tashuvchi korxonalarning avtotransport parkini yangilash chora-tadbirlari ham nazarda tutilgan bo‘lib, viloyatda bu borada ishlar rejali ravishda amalga oshirilmoqda.

Jumladan, «Kamol Sarbon trans» MChJ «O’zsanoatqurilishbank» Navoiy shahar filialidan olingan 160 mln. kredit va 100 mln. so‘m o‘z mablag‘lariga 6 ta «Nexia» rusumli avtomobil xarid qildi. Yangi avtomobillar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi «Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida»gi 139-sonli qarori talablari asosida jihozlanib, viloyatning chekka qishloqlarida yo‘nalishsiz taksi xizmatida qo‘llanilmoqda.

Korxonaga yangi mashinalar keltirilishi munosabati bilan korxonada 10 kishi ish bilan ta’minlandi.

«Kamol Sarbon trans» MChJ 2014-yildan beri yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Hozirgi kunda korxona avtoparkida 30 ta yo‘nalishsiz taksi mashinalari mavjud.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech