Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

1) pasport berish to‘g’risidagi ariza (doc. 57kb), unda tadbirkorlik sub’ektining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatiladi;

2) ma’muriy binoning, xizmat va ishlab chiqarish xonalarining, inshootlar va yer uchastkalarining joylashish sxemasi bilan birga avtovokzal (avtostansiya) kadastr rejasining nusxasi.

Agentlik tomonidan tadbirkorlik sub’ektining pasport berish to‘g’risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdori hamda pasport berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig’im undiriladi. Yig’im summasi Agentlikning hisob raqamiga o‘tkaziladi.

Pasport olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar tadbirkorlik sub’ekti tomonidan Agentlikka bevosita (Toshkent sh., Zulfiyaxonim ko‘ch. 3), ularning olingani to‘g’risidagi xabarnoma bilan birga pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda (e-mail: avtopassport@uzaart.uz) taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik sub’ektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.

Pasport olish uchun Agentlikka taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi Agentlik tomonidan hujjatlar qabul qilingan sana to‘g’risida belgi qo‘yilgan holda darhol tadbirkorlik sub’ektiga beriladi (yuboriladi).
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech