Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O`ZBEKISTON AVTOMOBIL TRANSPORTI AGENTLIGINING VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI


Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini ta’minlash;

iqtisodiyot tarmoqlari va aholining yuk va yo‘lovchilar tashishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil transportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish;

avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash;

avtomobil transporti sohasida yagona texnika siyosatini o‘tkazish;

avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni litsenziyalashni amalga oshirish, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishini nazorat qilish;

avtomobil transportida kadrlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;

mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga safarbarlik vaziyatida va favqulodda vaziyatlarda avtomobil transporti maxsus bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirishda ko‘maklashish.

Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

a) avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy baza shakllantirilishini ta’minlash sohasida:

  • avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilar tashishni tashkil etish va uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, boshqaruv organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • avtomobil transportidan foydalanish sohasida xalqaro shartnomalarni ishlab chiqishda O’zbekiston Respublikasi nomidan qatnashadi;
  • agentlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha boshqa davlatlar ma’muriyatlari va tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
  • avtomobil transporti faoliyatining normativ bazasini takomillashtirish, amaldagi xalqaro avtomobil yo‘laklaridan samarali foydalanish va ularning yangilarini barpo etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun davlat organlariga kiritadi;
  • vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari, dasturlar, shuningdek tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha boshqa hujjatlar loyihalarining agentlik faoliyatiga oid qismini ekspert baholaydi va ularga rozilik beradi;

b) iqtisodiyot tarmoqlari va aholining yuk va yo‘lovchilar tashishga ehtiyojlarini hisobga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

  • avtomobil transportini rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
  • jamoat avtomobil transporti faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  • O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari takliflari asosida ishlab chiqilgan yo‘lovchilar tashishning xalqaro va viloyatlararo yo‘nalishlarini tasdiqlaydi;

v) avtomobil transporti xizmatlari bozorida bozor munosabatlarini va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash sohasida:

  • tashish yo‘nalishlarini tender asosida realizatsiya qilish mexanizmlarini joriy etadi, tender tashkilotchilari ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • yo‘lovchilar tashish bo‘yicha shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo‘nalishlarni joylashtirish yuzasidan ochiq tenderlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
  • O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda avtomobil transporti xizmatlari uchun tarif siyosatini shakllantiradi;

g) yagona texnika siyosatini o‘tkazish sohasida:

  • xalqaro normalarni hisobga olgan holda avtomobilda tashishlar bo‘yicha faoliyatni tartibga solish standartlari, qoidalari, shakllari va usullari yuzasidan ma’lumotlarning yagona axborot bazasini shakllantiradi, ilmiy-texnik ishlarni olib boradi;
  • avtomobil transportida xavfli yuklar, qurol-yarog‘, harbiy texnika, harbiy mol-mulk, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy kontingentlar tranziti amalga oshirilganda xulosalar beradi;

d) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda avtomobil transportida faoliyatni litsenziyalashni, litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, litsenziyalar reestrini yuritadi;

e) avtomobil transportida kadrlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish sohasida ommaviy kasblarga, shu jumladan haydovchilikka tayyorlash va qayta tayyorlash hamda tarmoq kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha bazaviy o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.


Reglament (Pdf. 789 kb)

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech