Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

O’zbekiston avtomobil trasporti agentligi (keyinchalik Agentlik) va uning tizimiga shaxslarni ishga qabul qilish, zaxiraga olish va tayinlash va kelgusida lavozimgako‘tarish asosiy Qonunimiz va O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan holda amalga oshiriladi.

Mehnat kodeksining talablaridan kelib chiqqan holda Agentlik tizimida xodimlarni tanlash, zaxirasini shaklllantirish va joy-joyiga qo‘yish O’zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan (01.12.2011-yil №02-05/3355) O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2011-yil 15-dekabrdagi 206-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Avtomobil transporti xizmatchilari lavozimlari va ishchilari kasblarining sohaviy malaka-tarifi ma’lumotnomasi”ga va kelgusida xodimlarni egallagan lavozimga mosligini aniqlash yoki yuqori lavozimga ko‘tarish O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2013-yil 27-sentyabrdagi 98-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi xodimlarini egallab turgan lavozimiga attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida”ga Nizomga asoslanib amalga oshiriladi.

Tizim xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazishdan maqsad xodimlarning malakasini, lavozim yo‘riqnomalari talablariga muvofiqligini, ularning kasbiy bilim darajasini belgilash va egallab turgan lavozimiga mosligini aniqlash va xodimlarning malakasini muntazam oshirilishini ta’minlashdan iborat.

Attestatsiya, Agentlikning attestatsiya o‘tkazishni tashkillashtirish hamda attestatsiyadan o‘tadigan xodimlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Xodimlarning egallab turgan lavozimiga attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, Agentlik boshlig‘i buyrug‘i bilan tuzilgan doimiy attestatsiya komissiyasi tomonidan, tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi.

Agentlik boshqaruv xodimlari lavozimlariga qoida tariqasida oliy avtomobil yuridik, adliya muassasalariga esa oliy yuridik va boshqa oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar ishga qabul qilinadi.

Xodimlarni ishga qabul qilish, ularni joy-joyiga qo‘yish ishlarini tashkil etish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat:

nomzodlarni dastlabki o‘rganish;

Xodimlar bilan ishlash bo‘limining xodimlari bilan suxbat. Suxbatdan ko‘zlangan maqsad nomzodning kasbiy va shaxsiy sifatlarini baholash, shuningdek Agentlik va uning faoliyati to‘g‘risida qisqa hikoya qilib berish va nomzodning savollariga javob qaytarishdan iborat;

Bo‘lim boshlig‘i bilan suxbat nomzodning aniq faoliyat sohasidagi qobiliyatlarini aniqlash imkonini beradi;

Ijobiy qaror o‘rganish natijalarini baholash hamda nomzodlarni ishga qabul qilish va tegishli lavozimga tayinlash uchun imkoniyat mavjudligi to‘g‘risida qaror qabul qilish;

tanlash jarayoni, lavozim darajasiga nisbatan, xar xil bosqichlardan iborat bo‘lishi mumkin.

ishga qabul qilish yoki tayinlash uchun taqdim etish.

Dastlabki o‘rganish jarayonida nomzod tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

so‘rovnoma va tarjimai hol;

nomzodning pasport nusxalari;

diplomning nusxasi, chet elda o‘qigan bo‘lsa, diplomi nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnomani (oliy yoki o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurslarida ta’lim olayotganlar bundan mustasno);

faoliyat ko‘rsatayotgan ish joyidan (o‘qish joyidan) ma’lumotnoma va tavsifnoma (agar oxirgi ish joyidan egallab lavozimidan ozod qilingan bo‘lsa, tegishli buyruq nusxasi);

harbiy xizmatga majburlar harbiy guvohnoma, chaqiriluvchilar esa chaqiriluvchilarning qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasini;

ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan mehnat daftarchasi nusxasi (birinchi marta ishga qabul qilinayotgan shaxslar bundan mustasno);

yashash joyidan ma’lumotnoma;

sog‘lig‘i xaqidagi tibbiy ma’lumotnoma (forma 086-U);

soliq to‘lovchini hisob varaqasi (STIR);

pensiya jamharmasi kitochasi nushasi;

3x4 o‘lchamdagi 6 ta fotosurat.

Zarur bo‘lgan hollarda nomzodlardan qonun hujjatlariga asosan boshqa tegishli hujjatlar ham talab etilishi mumkin.

Ayrim lavozimlarga ko‘rsatilayotgan nomzodlar tomonidan tegishli hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng nomzodning, uning yaqin qarindoshlari va turmush o‘rtog‘ining yaqin qarindoshlari bo‘yicha mutasaddi tizimlar tomonidan ma’lumotlar olinadi va kelishiliniladi.

Yangi xodimlarni tanlash jarayoni Agentlikning barcha bo‘linmalarida ishlatiladigan nomzod salohiyatini baholashning universal tizimi asosida sodir bo‘ladi. Ushbu tizim maksimal darajada ob’ektiv qarorni qabul qilish va bo‘lajak xodimning barcha individual xususiyatlarini hisobga olish imkonini beradi.

«Biz haqimizda Vakansiyalar» bo‘limida bo‘sh o‘rinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Agentlikdagi mavjud bo‘sh o‘rinlarga nomzodlar tanlovida ishtirok etish uchun Agentlikga murojat qiling (Muloqot uchun ma’lumotlar) yoki info@uzaart.uz elektron pochta manziliga o‘z rezyumengizni yuboring.

Manzil:

O’zbekiston, 100128, Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko‘chasi, 3-uy,

El. pochta: info@uzaart.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech