Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Mamlakatimizda asosan O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan (“Dji Em O’zbekiston” QK, “Samavto” MChJ, “JV MAN Auto – Uzbekistan” MChJ QK zavodlari) hamda Rossiya, Belarus va uzoq xorij mamlakatlari (Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy) zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar ishlatilmoqda. Ayniqsa keyingi paytda tashuvchilar o‘z transport vositalari parkini yangi va zamonaviy ulovlar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda. Xususan, Samarqand avtomobil zavodida zamonaviy avtobuslar hamda katta va kichik hajmli yuk avtomobillari ishlab chiqarilayotgani tashuvchilarga juda qo‘l kelmoqda.

2000-yilda respublika bo‘yicha 2032 ta yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlari faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2019-yilning 1-yanvar holatiga yo‘nalishlar soni 2391 taga oshib, 4423 tani tashkil etdi. 

2018 yil yakuni bilan respublika bo‘yicha jami 97 ta ochiq tender o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 1008 ta yo‘lovchi tashish bo‘yicha yo‘nalishlar joylashtirilgan. Shundan 125 ta shahar ichidagi yo‘nalishlarni joylashtirish bo‘yicha 24 ta tender, 768 ta shahar atrofi va 80 ta shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarni joylashtirish bo‘yicha 69 ta tender, 35 ta shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarni joylashtirish bo‘yicha 4 ta tender o‘tkazilgan. 

Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tarmog‘ini rivojlantirish, yangi yo‘nalishlar (ayniqsa qishloq joylarda) ochilishi monitoring qilib borildi, hududiy boshqarmalarga qatnov hujjatlarini tayyorlashda yordam ko‘rsatildi. Natijada jami 156 ta yangi yo‘nalishlar ochilib, aholiga xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yildi. Ulardan 105 tasi avtobus yo‘nalishlari va 51 tasi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlaridir. Ularda 293 ta avtobus, 21 ta mikroavtobus va 393 ta “DAMAS” rusumli avtomobillari faoliyat ko‘rsatmoqda.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech