Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1

UMUMLAShTIRISh

Agentlikka 2018-yilning yanvar-dekabr oylarida kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish va tahlil qilish natijalari xaqida

Agentlik xodimlari tomonidan 2018-yilning yanvar-dekabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqilishi hamda belgilangan muddatlarda hal etilishi natijalari umumlashtirildi.

Agentlikda ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqish asosan O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga javob beradigan holda amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, 2018-yilning yanvar-dekabr oylarida Agentlikka jami 466 ta murojaatlar kelib tushgan, shundan 250 tasi yozma, 24 tasi elektron murojaat, 106 tasi ishonch telefoni orqali va 86 tasi og‘zaki murojaatlardir.

Yuqoridagi murojaatlarning 214 tasi bevosita Agentlik tomonidan, 225 tasi Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 27 tasi tegishli vazirlik va idoralarga yuborilgan.

Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 439 tasiga tushuntirish berilgan.

Shuningdek, 70 tasi Vazirlar Mahkamasidan, 6 tasi Oliy Majlis Senatidan, 5 tasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan, 3 tasi O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasidan, 1 tasi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan, 2 tasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan, 2 tasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasidan, 8 tasi Davlat soliq qo‘mitasidan, 1 tasi Toshkent shahar xokimligidan, 1 tasi O’zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashidan, 1 tasi O’zLiDep partiyasidan, 1 tasi “Ishonch” gazetasidan, 2 tasi Adolat SDPdan, 1 tasi O’zbekiston savdo-sanoat palatasidan, 1 tasi Chilonzor tumani DSIdan, 1 tasi SVOJJDLQK departamenti Shayxontoxur tuman bo‘limidan, 1 tasi SVOJJDLQK departamenti Samarqand shahar bo‘limidan kelib tushgan.

Murojaatda ko‘tarilgan masalalarning 47 tasi avtobus yo‘nalishini ochish to‘g‘risida, 26 tasi litsenziyalashga oid masalalar to‘g‘risida, 21 tasi tender bitimi masalalari to‘g‘risida, 18 tasi avtobus yo‘nalishlari faoliyati to‘g‘risida, 8 tasi yo‘nalishsiz taksi faoliyati to‘g‘risida, 30 tasi yo‘l kira xaqi to‘g‘risida, 2 ta transport xizmatidagi imtiyozlar to‘g‘risida, 42 tasi marshrut-taksi yo‘nalishi faoliyati to‘g‘risida, 15 tasi rahbar xodimlarning xatti-harakati to‘g‘risida, 257 tasi turli mavzularda kelib tushgan murojaatlarni tashkil etadi.

Murojaatlarning 17 tasi Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, 16 tasi Andijon viloyatidan, 32 tasi Buxoro viloyatidan, 18 tasi Jizzax viloyatidan, 40 tasi Qashqadaryo viloyatidan, 15 tasi Navoiy viloyatidan,
17 tasi Namangan viloyatidan, 39 tasi Samarqand viloyatidan, 21 tasi Sirdaryo viloyatidan, 28 tasi Surxondaryo viloyatidan, 66 tasi Toshkent viloyatidan, 58 tasi Farg‘ona viloyatidan, 24 tasi Xorazm viloyatidan,
75 tasi Toshkent shahrida yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yozilgan.

2018 yilning yanvar-dekabr oylarida 21 ta takroriy murojaatlar kelib tushdi. Ushbu takroriy murojaatda ko‘tarilgan masalalarning 6 tasi avtobus yo‘nalishini ochish to‘g‘risida, 3 tasi rahbar xodimlarning xatti-harakati to‘g‘risida 1 tasi marshrut-taksi yo‘nalishi faoliyati, 1 tasi tender bitimi to‘g‘risida, 1 tasi yo‘lkira xaqqi to‘g‘risida, 9 tasi turli mavzularda kelib tushgan murojaatlarni tashkil etadi.

Murojaatlarni o‘rganish jarayonida 3 ta ariza anonim deb topildi va xulosa tuzildi.

Agentlikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda ularni manfaatlarini himoya qilish, buzilgan huquqlarini tiklash, murojaatda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha ariza mualliflariga tushintirish berishga qaratildi.

Masalan: 2018 yil 18 yanvarda Toshkent viloyati, Angren shahri, Bo‘ston mahallasi, Baynalminalchilar ko‘chasi, 277-uyla istiqomat qiluvchi fuqaro A.Koziev tomonidan “Toshkent-Rossiya” yo‘nalishini ochib, avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish masalasida yozgan arizasi o‘rganib chiqildi.

Hozirgi kunda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 yanvardagi 42-sonli qarorini bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib borilayoganligi, murojaatda ko‘tarilgan masalalar ushbu qaror talablari asosida o‘tkaziladigan o‘rganishlar jarayonida ko‘rib chiqilishi muallifga tushuntirilgan.

2018 yil 26 yanvarda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumani, Yangi hayot maxallasida yashovchi fuqaro B.Rizaev tomonidan, Yangi hayot mahallasi markazidan, Kattaqo‘rg‘on shahrigacha avtobus yo‘nalishini qo‘yib berish to‘g‘risida yozgan arizasi o‘rganib chiqildi.

Arizani o‘rganish jarayonida, mahalla yo‘llari ta’mirlanib, ko‘prik kengaytirilib, xavfsizlik to‘siqlari o‘rnatilgandan so‘ng avtobus qanovini yo‘ga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilishi mumkinli haqida muallifga tegishli tushuntirilgan berilgan.

2018 yil 9 fevralda Surxondaryo viloyati, Angor tumani, Navbahor mahallasi, Mustaqillik ko‘chasi ko‘chasi, 10-uyda yashovchi fuqaro N.Ashirov tomonidan, shaxsiy “ISUZU” yuk avtomobilida o‘ziga tegishli mahsulotlar tashilsa litsenziya olish kerakmi yoki kerak emasligi bo‘yicha tushuntirish berish to‘g‘risidagi arizasi o‘rganib chiqildi.

Arizani o‘rganish jarayonida, o‘ziga tegishli maxsulotlarni tan narxiga transport xarajatlari kiritilgan bo‘lsa, ushbu faoliyat litsenziyalanishi kerakligi, agar ko‘rsatilayotgan faoliyatdan daromad olinmasa hamda tovarni o‘ziga tegishliligini tasdiqlovchi yuk xati bilan tashilgan taqdirda litsenziya olish shart emasligi muallifga tushuntirilgan.

2018-yil 5-martda Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani, G’ishtmon QFY, Archazor ko‘chasi, 207-uy “G’ishtmon Fayz Invest” MChJ ta’sischisi M.Ergashev tomonidan, Agentlikning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan 2017-yil 16-avgustda o‘tkazilgan tender tanlovini qaytadan o‘rganib chiqish to‘g‘risidagi arizasi o‘rganib chiqildi.

Arizani o‘rganish jarayonida, Farg‘ona viloyat hokimligi shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish transporti ishini boshqarish Komissiyasining 2017 yil 16 avgust kuni bo‘lib o‘tgan ochiq tender tanlovida ShYT-298-sonli “G’ishtmon-Marg‘ilon-Ipakchilar shaharchasi” yo‘nalishli taksi yo‘nalishida ikki tomonidan talabgorlar qatnashishganligi va tender g‘olibi aniqlanganligi hamda tender shartnomalari tuzilganligi to‘g‘risida muallifga tushuntirilgan.

2018-yil 17-aprelda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, Qamashi qishlog‘i “Sitora Xalilova” MChJ rahbari A.Xosilov tomonidan, Agentlikning Qashqdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan 2018 yil 28 mart kuni o‘tkazilgan tender tanlovi natijalarini o‘rganib chiqish to‘g‘risidagi arizasi o‘rganib chiqildi.

Arizani o‘rganish jarayonida, Qashqadaryo viloyat shahar atrofi va shaharlararo-viloyat ichi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish komissiyasi tomonidan 2018 yil 5 aprel kuni Kasbi tumanida tender takliflari haqqoniyligi o‘rganib chiqilib, o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilganligi to‘g‘risida muallifga tushuntirilgan.

2018 yil 4 mayda Farg‘ona viloyati, Beshariq tumani, Olmazor ko‘chasi, 4-uy, “Beshariq Sherxan Taksi” MChJ rahbari E.Maksudov tomonidan “Beshariq-Toshkent” yo‘nalishli taksi yo‘nalishidagi litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan avtotransport vositalariga nisbatan chora ko‘rish to‘g‘risidagi arizasi o‘rganib chiqildi.

Arizani o‘rganish jarayonida, “Beshariq-Toshkent” yo‘nalishli taksi yo‘nalishidagi litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan avtotransport vositalariga nisbatan qonun doirasida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilganligi to‘g‘risida muallifga tushuntirilgan.

2018 yil 2 iyulda Xorazm viloyati, Xazorasp tumani, “Sarimoy” QFY raisi D.To‘raev tomonidan “Tuproqqal’a-To‘rtko‘l” (Sarimoy orqali) avtobus yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Muxammad Universal Trans” xususiy korxonasining rahbari va xaydovchilari bilan “Sarimoy-To‘rtko‘l” avtobus yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Xorazm Ko‘xi Nur” MChJning rahbari va xaydovchilari o‘rtasida janjal kelib chiqayotganligi to‘g‘risidagi arizasi o‘rganib chiqildi.

Arizani o‘rganish jarayonida, Agentlik tomonidan tasdiqlangan harakat jadvaliga va tender kontrakt talab shartlariga amal qilinmagan taqdirda, yuqoridagi korxonalarga nisbatan chora ko‘rilishi to‘g‘risida ogoxlantirish xati yuborilganligi haqida muallifga tushuntirilgan.

2018 yil 31 iyulda Toshkent viloyati, Oxangaron tumani, Xolmuxamedov ko‘chasi, 53-uy “Shoxrux Ilg‘or Trans” MChJ ta’sischisi G.Ermatova tomonidan “Oxangaron Bars Trans” MChJ ta’sischisi A.Mamatov tomonidan marshrut yo‘nalishida faoliyat yuritishida to‘sqinlik bo‘layotganligi to‘g‘risidagi arizasi o‘rganib chiqildi.

Agentlik tomonidan arizani joyiga chiqqan holda o‘rganish jarayonida, “Oxangaron Bars Trans” MChJ hamda “Shoxrux Ilg‘or Trans” MChJ tomonidan tender bitimi va yo‘nalish xujjatlari talablariga rioya etilmayotganligi aniqlanib, tashkilot rahbarlariga ogoxlantirish xati yuborilganligi haqida muallifga tushuntirilgan.

2018 yil 26 avgustda Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Manguberdi ko‘chasi, 48-uy “Bolivar” MChJ direktori A.Ashurov tomonidan Samarqand-Toshkent shaharlari, viloyat-viloyatlararo yo‘nalishida yengil avtomobillarni sariq rangga bo‘yamasdan faoliyat ko‘rsatishi uchun litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi o‘rganib chiqildi.

Arizani o‘rganish jarayonida, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil
18 maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablarini bajargan xolda litsenziya olib, faoliyat ko‘rsatish mumkinligi muallifga tushuntirilgan.

2018 yil 15 sentyabrda Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, 1-mavze,
8-mart ko‘chasi, 10-uy, 3-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Q.Shirinbaev tomonidan Agentlikning Sirdaryo viloyat boshqarmasiga ishga joylashish to‘g‘risidagi arizasi o‘rganib chiqildi.

Arizani o‘rganish jarayonida, Agentlikning Sirdaryo viloyat boshqarmasiga 3 oylik sinov muddati bilan ishga olinganligi va sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lganligi uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risida muallifga tushuntirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezident virtual qabulxonasi orqali
1200 ta Agentlikka oid murojaatlar qabul qilindi.

2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchiliklar va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilganligi uchun 7 ta xodimga xayfsan berildi va 3 ta xodim lavozimidan ozod etildi.

O’zbekiston avtomobil transporti agentligiga 2018 yil yanvar-sentyabr oylarida kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ilova qilinadi.

Agentlikda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar mas’ul xodimlar tomonidan belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishining borishi Agentlik Hay’ati majlislarida, Agentlik boshlig‘i tomonidan o‘tkazilayotgan haftalik apparat yig‘ilishlarida doimiy nazorat qilib borilmoqda. Murojaatlarni amaldagi qonunchilik doirasida, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqib, mualliflarga belgilangan muddatlarda javob berish yo‘lga qo‘yilgan.

Umumlashtirish natijalariga ko‘ra

quyidagilarni amalga oshirish belgilandi:

– barcha murojaatlarni har tomonlama va sinchkovlik bilan o‘rganib borish bilan birga, nazoratga olingan arizalar bo‘yicha yuborilgan axborotlarda arizada ko‘rsatilgan barcha vajlar tekshirilganligiga va buzilgan huquqlarini amalda tiklashga e’tibor qaratish;

– arizalarni ko‘rib chiqishda mas’uliyatsizlikka va sansolarlikga yo‘l qo‘ygan xodimlarning bundan keyingi faoliyati masalasini hal etish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish.

Kelgusida ham Agentlik xodimlari tomonidan ariza va shikoyatlarni ko‘rib chiqilishi O’zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tashkil etilishi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonuniy, har tomonlama va sifatli ko‘rib chiqishni ta’minlash maqsadga muvofiqdir.


Yagona portaldagi murojaatlar



The script encountered an error and will be aborted. To view extended error messages, enable this feature in .settings.php.