Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
24
AVTOTRANSPORTDA YUK VA YO`LOVCHI TASHISH FAOLIYATI BILAN SHUG`ULLANUVCHI AVTOTRANSPORT VOSITALARINING LITSENZIYALANGANLIGINI MA`LUMOTLAR BAZASIDAN TEKSHIRISH 

Hurmatli saytimiz mehmoni! 
Bazamizda avtotransport faoliyati ko`rsatish huquqi uchun litsenziya olgan barcha avtotransport vositalari to`g`risida ma`lumotlar bor. Siz xohlagan avtotransport vositasi davlat belgisini kiritib, uning bazada bor-yo`qligini tekshirib olishingiz mumkin. 

Agar qidiruv tizimi rad javobini bersa, bilingki, bu avtotransport vositasi tijorat maqsadida yo`lovchi yoki yuk tashish huquqiga ega emas. 

Agar qidiruv tizimida jadval paydo bo`lsa-yu, yozuvlarning ustiga chiziq tortilganini ko`rsangiz, bilingki, bu transport vositasi litsenziya olgan, ammo ayni paytda uning muddati tugagan, ya`ni bu avtotransport vositasi ham tijorat maqsadida yo`lovchi yoki yuk tashish huquqiga ega emas. 

IZOH: Qidiruv tizimiga avtotransport vositasi davlat belgisining barcha harflari va raqamlarini to`liq va uzulishsiz ketma-ketlikda (probilsiz) kiriting. Aks holda qidiruv rad javobini beradi. Harflarning katta-kichikligi ahamiyatga ega emas. 


Bazadan qidiruv bu yerda 

Bazaga SMS orqali ham so`rov jo`natishingiz mumkin. Buning uchun 5500 raqamiga avtomobilning davlat raqamini yuborsangiz kifoya, qisqa muddatda ushbu avtomobilning litsenziya muddati, qaysi korxonaga yoki jismoniy shaxsga tegishli ekani, agar tender guvohnomasiga ega bo`lsa, guvohnoma muddati va qaysi yo`nalishda ishlash huquqi berilgani haqidagi ma`lumotlarni olasiz. Agar "Bu raqam ma`lumotlar bazasida topilmadi" degan xabar kelsa, bilingki, bu avtomobil litsenziyaga ega emas. 

Shuningdek, Agentlik ma`lumotlar bazasidan litsenziatlar o`zlariga tegishli banafsil ma`lumotlarni olishlari uchun Shaxsiy kabinet xizmati ham yaratilgan. Undan foydalanish uchun Agentlikda alohida ro`yxatdan o`tib, tegishli login va parolga ega bo`lish lozim.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech