Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida"gi nizomning 10-bandiga asosan avtotransport faoliyati turlariga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
  • a) yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;
  • v) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari, shuningdek Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo‘linmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;
  • g) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;
  • d) litsenziya talabgori tomonidan ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

Arizani ko`rib chiqish uchun yig`im quyidagi hisob raqamiga to'lanadi: 
h/r: 20210000300745005001, AKB "Ipotekabank" Chilonzor filiali, bank kodi: 00997, STIR: 202811527, tarmoq kodi: 97300. 

Litsenziya berish haqida qaror qabul qilinganidan keyin quyidagi hisob raqamiga davlat boji to`lanadi: 
maxsus h/r: 20210000300745005053, KB "Ipotekabank" Chilonzor filiali, bank kodi: 00997, STIR: 202811527, tarmoq kodi: 97300.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech