Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25
Avtotransport faoliyati uchun litsenziya olish, Malakaviy talablarga ko`ra attestatsiyadan o`tis uchun beriladigan arizalar hamda tender tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar paketiga buyurtmalarni Agentlikka elektron pochta orqali ham yuborish mumkin.

Litsenziya olish uchun elektron pochta orqali ariza berish tartibi

Saytimizning “Hujjatlar shakllari” bo`limida litsenziya olish uchun yoziladigan arizaning elektron shakli va arizaga ilova qilinadigan hujjatlar ro`yxati joylashtirilgan bo`lib, agar Siz litsenziya da`vogari bo`lsangiz, ariza hamda arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning nusxalarini elektron pochta orqali litsenziya@uzaart.uz manziliga yuborish imkoniyatiga egasiz. Shunda jarayon quyidagi tartibda davom etadi:
  • Litsenziyalash bo`limi xodimi tomonidan ushbu hujjatlarning qanchalik to`liq ekanligi o`rganib chiqiladi va hujjatlarning aslini yuborish mumkinligi to`g`risidagi xulosalar yoki kamchiliklarni tuzatish bo`yicha takliflar yana elektron pochta orqali Sizga qaytariladi;
  • Siz hujjatlar to`liq ekanligi haqidagi xabarni olsangiz, hujjatlarning asl nusxalarini o`z kur`eringiz orqali Agentlik hududiy bo`limidagi kur`erga jo`natib, bu haqda elektron pochta orqali Agentlikka ma`lum qilishingiz kerak bo`ladi;
  • Agentlik hududiy bo`limidagi kur`er hujjatlarning asl nusxalarini Agentlikka topshirishi bilan bu haqdagi ma`lumot bazaga kiritilib, ayni paytda Sizning elektron pochtadagi xatingizga javob tariqasida ma`lum qilinadi va hujjatlar Agentlikning Litsenziyalash bo`yicha komissiyasiga kiritiladi;
  • Hujjatlar komissiyadan chiqqach, Komissiyaning litsenziya berish haqidagi xulosasi, litsenziya olish uchun qancha miqdordagi bojni qaysi hisobga o`tkazish kerakligi va litsenziyani olib ketish uchun Agentlik hududiy bo`limi kur`eriga ishonchnoma berish mumkinligi haqidagi ma`lumotlar yoki litsenziya berish rad etilganligi to`g`risidagi xulosa Sizning elektron pochtangizga yuboriladi.
  • Komissiyaning litsenziya berish haqidagi xulosasi ayni paytda Buxgalteriyaga ham yuboriladi. Buxgalteriyada "Bank-Mijoz" dasturi yordamida tegishli bojlarning tushganligi qayd etilishi bilan bu haqda Litsenziyalash bo`limiga ma`lum qilinadi.
  • Boj undirilgach, Litsenziya bo`limida tegishli litsenziyani berish haqidagi ma`lumotlar bazaga kiritiladi va dastur orqali ushbu litsenziya blankaga chop etilib, Agentlik hududiy bo`limi kur`eriga ishonchnomaga asosan topshiriladi hamda bu haqda Sizning elektron pochtangizga xabar yuboriladi.
  • Siz litsenziyani olganligingiz haqida Agentlik pochtasiga xabar jo`natishingiz lozim. Agar litsenziya Sizga yetib kelmasa, bu haqda 3 ish kunidan kechikmay xabar berishingiz lozim. Aks holda bazaga litsenziya yetib borganligi qayd etib qo`yiladi.
HUDDI SHU TARTIBDA:

Attestatsiyadan o`tish uchun arizani attestatsiya@uzaart.uz elektron pochta manziliga

Tender tanlovida ishtirok etish uchun hujjatlar paketiga buyurtmani tender@uzaart.uz elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin!
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech