Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Yo`lovchilar va bagajlarni tashish jarayonida paydo bo`lgan e`tirozlar e`tiroz qiluvchining xohishiga ko`ra tashuvchiga jo`nash joyidagi yoki manzildagi punktda bildirilishi mumkin.

E`tiroznomaga ushbu e`tirozni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinishi shart.

Tashuvchiga shikoyat olti oy davomida bildirilishi mumkin. Jarima to`lovi bo`yicha shikoyat muddati esa 45 kun.

Mazkur muddatlarning boshlanish payti esa quyidagicha:
  • bagajga zarar yetkazilgani yoki bagajda yetishmovchilik qayd etilgani uchun jarima undirish haqidagi e`tirozlar - bagaj yetkazib berilgan kundan boshlab;
  • bagaj yo`qolgani uchun jarima undirish haqidagi e`tirozlar - bagajni yetkazib berish muddatida 10 kun htganidan boshlab;
  • boshqa barcha holatlarda - e`tirozga asos bo`lgan voqea sodir bo`lgan kundan boshlab.
Tashuvchi bildirilgan e`tirozni ko`rib chiqishga va uni e`tiroz kelib tushgan kundan boshlab quyidagi muddatlarda qanoatlantirishi to`g`risida shikoyatchiga xabar berishga majbur:
  • avtomobil tashuvlari davomida sodir bo`lgan e`tirozlar bo`yicha - 3 oy davomida;
  • to`g`ridan-to`g`ri, aralash tashuvlar davomida sodir bo`lgan e`tirozlar bo`yicha - 6 oy davomida;
  • jarima to`ovlari bo`yyicha e`tiroz tushganda - 45 kun davomida.
E`tirozlar qisman qondirilgan yoki rad etilgan taqdirda tashuvchi shikoyatchiga yo`llayotgan bildirgisida o`z qarorining asoslarini ko`rsatishi qamda shikoyatchiga e`tirozga ilova qilingan hujjatlarni qaytarishi shart.

E`tirozlar to`la miqdorda qanoatlantiriladigan bo`lsa arizaga ilova qilingan hujjatlar qaytarilmaydi.

Yo`lovchi va bagaj tashuvlari davomida kelib chiqqan da`volar sudga yuborilishi ham mumkin.

Yo`nalishdagi tashuvchilarning ishi bo`yicha quyidagi tartibda murojaat qilish mumkin:
  • shahar yo`nalishlari bo`yicha - shahar hokimiyatiga yoki shahar yo`lovchi transporti boshqaruv organiga (Departament);
  • shahar atrofi yoki shaharlararo-viloyat ichi yo`nalishlari bo`yicha - Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar hokimiyatlariga yoki yo`lovchi transporti boshqaruv organiga;
  • shaharlararo-viloyatlararo yoki xalqaro yo`nalishlar bo`yicha - Idoralararo Komissiyaga yoki O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech