Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
147
Hurmatli sayt tashrifchilari!

Biz Sizlarning barcha takliflaringizni va mulohazalaringizni bajonidil ko'rib chiqishga, Sizni qiziqtirgan savollarga mamnuniyat ila javob berishga doim tayyormiz. Ammo Siz o'z murojaatlaringizda albatta ism-sharifingizni ko'rsatib o'tishingizni so'raymiz. Imzolanmagan xabarlarga biz javob qaytarmasligimizni Sizga ma'lum qilamiz.

Ma'muriyat




O`zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi 58

  • Qachongacha Qamchiq dovoni orqali yuk tashib o‘tish mumkin?
    2 Fevral 2017, 16:55
    Meni savolim Qamchiq dovonidan yuk tashishni tartibga solish to‘g‘risida. Bizni avtomashinamiz 2002 yilda ishlab chiqarilgan. Qachongacha Qamchiq dovoni orqali yuk tashib o‘tish mumkin? 2-savolim. Agarda dovondan o‘tgan poezd yo‘lida yuk tashila boshlasa Qamchiq dovonidan avtotransportda yuk tashishni cheklab qo‘yishi mumkinmi?


    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-iyuldagi 204-son “Qamchiq” dovoni orqali avtomobil trasportida yuk tashishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muofiq, 2016yil 1 iyuldan boshlab foydalanish muddati 15 yil va undan ortiq bo‘lgan yuk avtotransporti vositalarida “Qamchiq” dovoni orqali yuklarni tashish taqiqlangan.

    Avtomobil transportida shaharlararo xalqaro tashuvlar bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan/ga yuklarni (ayniqsa eksport qilinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini) avtomobil transportida uzluksiz tashilishini ta’milash maqsadida, hozirda Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-iyuldagi 204-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi o‘rnatilgan tartibga tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda.

    Mazkur qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlansa, foydalanish muddati 25 yilgacha bo‘lgan yuk avtotransporti vositalarida “Qamchiq” dovoni orqali yuklarni tashishga ruxsat etilishini ma’lum qilamiz.

    Ikkinchi savolingizga javoban agar dovon orqali yuklarni temir yo‘lda tashilganda ham “Qamchiq” dovoni orqali avtotransport vositalarida yuklarni tashish bo‘yicha xech qanday rasmiy cheklovlar mavjud emasligini ma’lum qilamiz.


    Tashqi iqtisodiy faoliyat
  • Taksichilik qilish uchun mashinamni sariqqa bo‘yashim shartmi?
    3 Yanvar 2017, 16:53
    Taksichilik qilish uchun mashinamni sariqqa bo‘yashim shartmi? Mashinamni sariqqa bo‘yamasdan ham taksichilik qilsam bo‘ladimi? Shu haqda malumot bersangiz.


    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-sonli qarori yo‘lovchilar tashish tarnsportini rivojlantirish sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish doirasida, yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish, ular tomonidan yo‘lovchilar tashish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini va xavfsizligini oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan.

    Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi Nizomning III bandi (v) qismida yo‘nalishsiz taksilar sifatida ishlashga sariq rangli, Toshkent shahri uchun – “fil suyagi” rangidagi avtotransport vositalari qo‘yladi deb belgilab qo‘yilgan. Yo‘nalishsiz taksilarni talab qilinadigan rangga bo‘yash avtotransport egasi tomonidan, texnik xizmati ko‘rsatish stantsiyalarida amalga oshiriladi.
  • Tender g’olibi bilan tuzilgan bitim xaqiqiy hisoblanadimi?
    25 Oktabr 2016, 10:51
    Yangi ochilgan yo’nalish haqidagi tender komissiyasi bayonnomasi bekor qilinsa, lekin keyinchalik boshqa tender tanlovida ushbu yo’nalish tenderga qo’yilib tender tanlovi g’olibi aniqlansa, tender g’olibi bilan tuzilgan bitim xaqiqiy hisoblanadimi?


    Savolda ko‘tarilgan masala, yangi yo‘nalish ochilishi haqida Komissiyaning bayoni bekor qilingan taqdirda, ushbu yo‘nalish ochiq tender tanloviga qo‘yilsa, yo‘nalish bo‘yicha tender g‘olibi aniqlansa, tender g‘olibi bilan tuzilgan bitim haqiqiy hisoblanmaydi.

    Chunki, yangi yo‘nalishni ochish to‘g‘risidagi Komissiyaning qabul qilgan qarori bekor qilinganda, ushbu yo‘nalishni ochish bo‘yicha boshqa qaror qabul qilinishi lozim.

    Komissiyaning yo‘nalishni ochish bo‘yicha qaror qabul qilingandan keyin yo‘nalish ochiq tenderga qo‘yilishi mumkin.


    Me`yoriy hujjatlar ishlab chiqarish bo`limi
  • Qamchiq davonidan yuk tashishlari taqiqlanadimi yoki tashishlariga ruxsat etiladimi?
    1 Avgust 2016, 12:39
    2016-yil 1-iyuldan 15 yoshga to‘lgan yuk avtomobillari qamchiq davonidan yuk tashishlari taqiqlandi. Endi xar yili 15 yoshga to‘lgan yuk avtomobillari qamchiq davonidan yuk tashishlari taqiqlanadimi yoki tashishlariga ruxsat etiladimi? Shu haqida to‘liq va aniq ma’lumot bersangiz.


    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-iyuldagi “Qamchiq” dovoni orqali avtombil transportida yuk tashishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 204-sonli qarorining 1-bandiga asosan:

    2016-yilning 1-iyulidan foydalanishda 15 yil va undan yuqori bo‘lgan yuk avtomobillarining “Qamchiq” dovoni orqali yuk tashishlari taqiqlangan.

    2016-yilning 1-iyulidan foydalanishda 15 yil va undan ortiq foydalanishda bo‘lgan yuk avtomobillarining, shu jumladan har yili ishlab chiqarilgan 15 yildan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari “Qamchiq” dovoni orqali yuk tashishlari taqiqlanadi.


    Axborot-tahlil guruhi
  • Oq shaxmatlarni xam ishlatsa bo‘ladimi?
    27 May 2016, 11:12
    Men haydovchi bo‘lib ishlayman. Litsenziya olgan firmam O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 139-qaroriga asosan yo‘nalishsiz taksilarga qo‘yilgan talablar bo‘yicha shahmatlar to‘q sariq rangda bo‘lishi kerakligini aytib menga sariq rangdagi shahmat oldirdi. Men Taksi Lyuks firmasida ishlaydigan shofyorlarni ko‘rsam ular katta oq shaxmat taqib olibdi. Savolim shundan iboratki, bizda faqat sariq rangli emas, balki boshqa chet eldan olib kelingan xajmi katta bo‘lgan oq shahmatlarni ham ishlatsa bo‘ladimi?


    Yo‘nalishsiz taksilarning jihozlanishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139- son qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom»ni5 bandida keltirilgan:

    Yo‘nalishsiz taksilarni tashqi ma’lumotlar bilan jihozlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    a) avtotransport vositasining tepasiga o‘rnatilgan to‘q sariq rangli fonarga «TAXI» tanish belgisini o‘rnatish;

    shaxmat tartibida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat bo‘lgan kompozitsiya va avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi «T» harflari;

    avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi yuridik shaxs — tashuvchining nomi;

    b) yo‘nalishsiz taksilar uchun mo‘ljallangan maxsus seriyadagi avtotransport vositasining davlat raqami belgisi;

    v) yo‘nalishsiz taksilar sifatida ishlashga sariq rangli, Toshkent shahri uchun — «fil suyagi» rangidagi avtotransport vositalari qo‘yiladi. Yo‘nalishsiz taksilarni talab qilinadigan rangga bo‘yash avtotransport egasitomonidan, texnika xizmati ko‘rsatish stantsiyalarida amalga oshiriladi.


    Me`yoriy hujjatlar ishlab chiqarish bo`limi
  • Shahar atrofi yengil taksi yo‘nalishida (YT) Damas rusumli avtomashinada xizmat ko‘rsatish mumkinmi?
    26 Aprel 2016, 11:19
    Shahar atrofi yengil taksi yo‘nalishida (YT) Damas rusumli avtomashinada xizmat ko‘rsatish mumkinmi?


    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalarida tashishlarning turlari aniq belgilab berilgan bo‘lib, unda “shahar atrofi yengil taksi” yo‘nalishi tushunchasi mavjud emas.

    Yengil (yo‘nalishsiz) taksilarning faoliyatini tartibga solish, ular tomonidan yo‘lovchilar tashish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini va harakat xavfsizligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 139-son qarori bilan yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom qabul qilingan.

    Yo‘nalishsiz taksilarning faoliyatini mazkur Nizom asosida tashkil etishingiz lozim.

    Yo‘lovchilarning talabiga ko‘ra to‘xtab o‘tadigan muntazam yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida avtobus yoki yengil avtomobildan, jumladan DAMAS rusumli avtomobillardan foydalanish mumkin.


    Me`yoriy hujjatlar ishlab chiqarish bo`limi
  • Litsenziiyalash
    22 Aprel 2016, 08:29
    Shaxsiy avtotransport vositasida mahsulot (oziq-ovqat yoki xo‘jalik buyumlari) tashish faoliyati uchun aynan ushbu Agentlikda hujjatlashtirish, litsenziya olish amalga oshiriladimi?


    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, tijorat asosida amalga oshiriladigan yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak.

    Shunga ko‘ra shaxsiy avtotransport vositasida mahsulot (oziq-ovqat yoki xo‘jalik buyumlari)ni tijorat asosida tashish faoliyati Agentlik tomonidan litsenziyalanadi.


    Litsenziyalash, harakat xavfsizligini tashkil etish va nazorat qilish bo`limi
  • Qanday chora ko‘rish mumkin?
    10 Mart 2016, 15:43
    Xususiy avtobusni tashkilotga a’zo qilgandan so‘ng, shahar atrofida yangi yo‘nalish ochib, qatnov yo‘lga qo‘yilgandan keyin boshqa tashkilotga a’zo bo‘lgan yo‘lovchi tashuvchi avtobus kelib shu yo‘nalishni olishga uringanda qanday chora ko‘rish mumkin?


    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-iyuldagi 368-sonli “Shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish avtomobil transportida ochiq tenederlar tashkil etish va o‘tkazish masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga 2-ilova ilova bilan tasdiqlangan qarorning 3-bandida ko‘rsatilgan shahar atrofidagi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi doirasidagi yo‘nalishlarda - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining shahar atrofidagi va shaharlararo-viloyatlar ichidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashishlarni tashkil etish bo‘yicha komissiyalari tuzilgan.

    Yangi yo‘nalish ochilgandan keyin uch-to‘rt oy mobaynida yangi yo‘nalishda avtotransport vositalarining muntazam sinov ishlari bajariladi, shundan so‘ng ushbu yo‘nalish ochiq tender tanloviga qo‘yiladi.

    Ochiq tenderda belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, davlat soliq xizmati organlarida hisobda turadigan avtomobil transportida tegishli ravishda shahar atrofida shaharlararo, xalqaro yo‘lovchilar tashishlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga hamda tender takliflarida tavsiya etilayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkalariga ega bo‘lgan har qanday yuridik shaxs qatnashishi mumkin.

    Agar yo‘nalish Siz ishlayotgan yuridik shaxsga ochiq tender tanlovi orqali biriktirib berilgan bo‘lsa, ushbu yo‘nalishda boshqa yuridik shaxsga a’zo bo‘lgan avtobus haydovchisi faoliyat ko‘rsatsa viloyat hududidagi komissiyasiga, viloyat IIB YHXB, DSI organlariga va Agentlikning hududiy bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

    Javobdan norozi bo‘lgan taqdiringizda, yuqori turuvchi davlat idoralariga murojaat etish xuquqingiz borligini bildiramiz.



    Me`yoriy hujjatlar ishlab chiqarish bo`limi
  • Litsenziya narxi to'g'risida ma'lumot bersangiz!
    9 Mart 2016, 10:05
    Men yengil avtomobilimga 1 yil muddatga O’zbekistan Respublikasi bo‘ylab yo‘lovchi tashish bo‘yichal litsenziya olmoqchi edim. Mashina rusumi NEXIA 2001 yilda ishlab chiqarilgan. Iltimos menga batafsil ma’lumot va litsenziya narxi kerak edi.


    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi «Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish sohasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlikning ayrim turdagi faoliyatlarini tartibga solish to‘g‘risida»gi 303-sonli qaroriga muvofiq avtomobil transportida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda tijorat asosida tashish faoliyati, faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

    Shunga ko‘ra, yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsga murojaat qilib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Nizom talablarini bajargan holda litsenziya olishingiz mumkin.

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qarorining 2 ilovasiga muvofiq litsenziya olish uchun to‘lovlar belgilab qo‘yilgan.


    Litsenziyalash, harakat xavfsizligini tashkil etish va nazorat qilish bo`limi
  • 40 tonnalik trayler bilan byudjet tashkilotlariga xizmat ko‘rsatish uchun litsenziya bo‘lishi shartmi?
    29 Fevral 2016, 17:41
    40 tonnalik trayler bilan byudjet tashkilotlariga xizmat ko‘rsatish uchun litsenziya bo‘lishi shartmi?


    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash haqidagi qarorida “tijorat asosida amalga oshiriladigan yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak”ligi belgilab qo‘yilgan.

    Yuqoridagi qarordan kelib chiqib, Siz tomondan avtotransport vositasi yordamida ko‘rsatiladigan har qanday xizmat litsenziyalanishi kerak.


    Litsenziyalash, harakat xavfsizligini tashkil etish va nazorat qilish bo`limi
  • Men xususiy avtobus olib, shahar atrofida yo‘lovchi tashishim mumkinmi?
    24 Fevral 2016, 11:56
    Men xususiy avtobus olib, shahar atrofida yo‘lovchi tashishim mumkinmi? Buning uchun nima qilish kerak?


    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi PQ-303-sonli “Avtomobil transportida yo’lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, xususiy avtobus harid qilganingizdan so’ng viloyatda yoki tumanda ro’yxatdan o’tgan, litsenziya (ruxsatnoma)ga ega bo’lgan yuridik shaxs tarkibiga a’zo bo’lgan holda, yo’lovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish faoliyatini amalga oshirishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.


    Litsenziyalash, harakat xavfsizligini tashkil etish va nazorat qilish bo`limi
  • Xalqaro yo‘nalishda yengil avtomobillarga litsenziya, ruxsatnoma olsa bo‘ladimi?
    19 Fevral 2016, 17:45
    Mening savolim shuki, xalqaro yo‘nalishda yengil avtomobillarga litsenziya, ruxsatnoma olsa bo‘ladimi?


    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish sohasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlikning ayrim turdagi faoliyatlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi 303-sonli Qaroriga muvofiq avtomobil transportida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda tijorat asosida tashish faoliyati faqat, yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

    Shunga ko‘ra yo‘lovchilarni yengil avtombillarda xalqaro tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsga murojaat qilib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Nizom talablarini bajargan holda litsenziya olishingiz mumkin.


    Litsenziyalash, harakat xavfsizligini tashkil etish va nazorat qilish bo`limi
  • Men TAXI firma ochish uchun qanday hujjatlar tayyorlashim kerak?
    16 Fevral 2016, 16:09
    Men 2015-yil Toshkent avtomobil yollar institutini bitirganman. Men TAXI firma ochish uchun qanday hujjatlar tayyorlashim kerak?


    Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar xodimlarining malakaviy talablarga mos kelishi Adliya vazirligida 1626-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida”gi Nizomning 4-a (“avtomobil yo‘nalishida oliy kasbiy ma’lumoti to‘g‘risida diplom, besh yildan kam bo‘lmagan ish staji va malakaviy talablarga muvofiq kelish borasida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida ijobiy xulosaning mavjudligi yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari va tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar bo‘lgan yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbarining o‘rinbosari uchun”) bandida belgilab qo‘yilgan.

    Yuqoridagilarga asosan Siz besh yildan kam bo‘lmagan ish staji va malakaviy talablarga muvofiq kelish borasida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida attestatsiyadan o‘tganingizdan so‘ng, yo‘lovchi tashish faoliyatini (litsenziya olgan holda) yuritishingiz mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilamiz.


    Yuridik xizmati
  • Albatta rahbar Avtomobil yo‘llar institutini tamomlagan bo‘lishi shartmi?
    15 Fevral 2016, 09:16
    Marg‘ilon -Namangan yo‘nalishi bo‘yicha firma ochib ish yurgizmoqchimiz. Buning uchun nimalar qilish kerak? Albatta rahbar Avtomobil yo‘llar institutini tamomlagan bo‘lishi shartmi? Qanday qilsak bo‘ladi? Iltimos batafsil ma’lumot bersangiz.


    Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar xodimlarining malakaviy talablarga mos kelishi Adliya vazirligida 1626-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan (1626-1, 1626-2, 1626-3, 1626-4, 1626-5, 1626-6, 1626-7 - o‘zgartirishlar kiritilgan) “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida”gi Nizomning 4-a (“avtomobil yo‘nalishida oliy kasbiy ma’lumoti to‘g‘risida diplom, besh yildan kam bo‘lmagan ish staji va malakaviy talablarga muvofiq kelish borasida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida ijobiy xulosaning mavjudligi yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbari va tashish jarayonini tashkillashtirishga javobgar bo‘lgan yuridik shaxs (yuridik shaxsning transport bo‘linmasi (xizmati) rahbarining o‘rinbosari uchun”) bandiga muvofiq tasdiqlanadi. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.

    Xulosa o‘rnida aytish joizki, nafaqat Toshkent avtomobil yo‘llar instituti, balki respublikamizning boshqa oliy o‘quv bilim yurtlarining avtomobil sohasi ixtisosliklaridagi oliy ma’lumot diplomiga ega, besh yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega bo‘lgan xodimni, tashkilot rahbari lavozimiga tayinlab attestatsiyadan o‘tishi uchun xujjatlarni taqdim etishingiz mumkin.


    Attestatsiya komissiyasi Kotibi
  • Qayta attestatsiya imtixonidan o‘tmasdan litsenziyani rasmiylashtirsa bo‘ladimi?
    12 Fevral 2016, 09:12
    Agar mexanik bir korxonadan bo‘shab, ikkinchi korxonaga mexanik lavozimiga ishga joylashsa, ikkinchi korxonaga to‘g‘ridan - to‘g‘ri, ya’ni qayta attestatsiya imtixonidan o‘tmasdan litsenziyani rasmiylashtirsa bo‘ladimi?


    Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar xodimlarining malakaviy talablarga mos kelishi Adliya vazirligida 1626-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan (1626-1, 1626-2, 1626-3, 1626-4, 1626-5, 1626-6, 1626-7 - o‘zgartirishlar kiritilgan) “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq attestatsiyadan o‘tgan shaxs ish joyini o‘zgartirgan taqdirda, unga yangi attestatsiya varaqasi avvalgi attestatsiya varaqasi muddatidan ko‘p bo‘lmagan muddatga qayta rasmiylashtirilib beriladi. Buning attestatsiya sinovlaridan o‘tish talab etilmaydi. Mazkur nizom Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishilgan.


    Attestatsiya komissiyasi Kotibi
  • Jismoniy shaxsga ham litsenziya beriladimi?
    3 Fevral 2016, 09:41
    Men shaxsiy Nexia rusumli mashinamda shaharlararo litsenziyasini olmoqchiman. Eshitishimcha agar yo‘nalish masofasi 50 kmdan oshsa mashinani sariq ranga bo‘yamasa ham bo‘larkan. Jismoniy shaxsga ham litsenziya beriladimi? Shaharlararo kira qilishim uchun taksometr olish shartmi? Oldindan javob uchun rahmat?


    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi «Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish sohasi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlikning ayrim turdagi faoliyatlarini tartibga solish to‘g‘risida»gi 303-sonli Qaroriga muvofiq avtomobil transportida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda tijorat asosida tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

    Shunga ko‘ra yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsga murojaat qilib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Nizom talablarini bajargan holda litsenziya olishingiz mumkin.


    Litsenziyalash, harakat xavfsizligini tashkil etish va nazorat qilish bo`limi
  • Men dadamni mashinasida yuk tashishim uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi? Yo‘l varaqasini qaysi tashkilotdan olamiz?
    20 Oktabr 2015, 09:30
    Mening dadam yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Faoliyat turi 8-tonnagacha yuk ko‘tarish avtomobillarida xizmat ko‘rsatish. Dadamni nomida Zil-130 avtomobili bor. Tadbirkorlik faoliyati uchun Agentlikdan litsenziya olganlar. Men dadamni mashinasida yuk tashishim uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi? Yo‘l varaqasini qaysi tashkilotdan olamiz?


    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 10-bandida litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan xujjatlar ro‘yxati belgilab qo‘yilgan.

    Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

    a) yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda – familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid ma’lumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;

    b) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari, shuningdek Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo‘linmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;

    v) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;

    O’z o‘rnida litsenziya talabgori ariza ko‘rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida yig‘im to‘lash shart.

    Mazkur xujjatlar bilan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.


    Litsenziyalash, harakat xavfsizligini tashkil etish va nazorat qilish bo`limi
  • Avtotransport sohasidagi xizmatlarning litsenziyalanishi muhimligi nima bilan asoslanadi?
    23 Iyul 2015, 16:21
    Avtotransport sohasidagi xizmatlarning litsenziyalanishi muhimligi nima bilan asoslanadi?

    O`zbekiston Respublikasida avtotransport sohasidagi xizmatlarning litsenziyalanishi mazkur xizmatdan foydalanuvchilarning manfaatlarini himoya qilish, yo`l harakati xavfsizligini ta`minlash, avtotransport sohasida faoliyat yurituvchi barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning harakatlarini muvofiqlashtirish va ularning faoliyatini nazorat qilish maqsadida amalga oshiriladi.



    Mazkur faoliyat turining litsenziyalanishi avtotransport sohasida yagona texnika siyosatini yuritish imkonini beradi va bu avtotransportning rivoji hamda uzluksiz ishlab turishi uchun juda muhim omildir.



    Shuningdek, litsenziyalash yo`li bilan raqobat bozorida barcha uchun teng sharoitlar yaratilishiga erishiladi.
  • Avtomobilda tashuvlarning aynan qaysi turlari litsenziyalanadi?
    23 Iyul 2015, 16:20
    Avtomobilda tashuvlarning aynan qaysi turlari litsenziyalanadi?

    Avtomobil transportida tijorat asosida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalo`aro yhnalishlarda yo`lovchi va yuk tashish faoliyati litsenziyalanadi.



    Avtomobil transportida tijorat asosida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalo`aro yhnalishlarda yo`lovchi tashish faoliyatining faqat yuridik shaxslar tomonidangina amalga oshirilishiga yo`l qo`yiladi.



    Aholining hayoti va sog`lig`iga xavf soluvchi hamda favqulodda qutqaruv ishlarini taqozo qiluvchi tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik halokatlar oqibatlarini bartaraf qilish, insonparvarlik yuklarini tashish bilan bog`liq tarzda Hukumat qarori bilan amalga oshiriladigan tashuvlarga litsenziya talab qilinmaydi.
  • Litsenziyalarni qanday muddatlarga olish mumkin?
    23 Iyul 2015, 16:19
    Litsenziyalarni qanday muddatlarga olish mumkin?

    Avtotransport faoliyati ko`rsatish huquqini beruvchi litsenziyalar 5 yildan kam bo`lmagan muddatga beriladi. Litsenziyaning amal qilish muddati u berilgan kundan boshlab hisoblanadi. Shuningdek, litsenziya bilan birga har bir avtotransport vositasiga litsenziya varaqasi ham beriladi. Har bir avtotransport vositasiga litsenziya varaqasi mulkka egalik huquqi yoki ijara shartnomasining muddatiga qarab beriladi.
  • Litsenziya uchun davlat boji qancha miqdorda to`lanadi?
    23 Iyul 2015, 16:19
    Litsenziya uchun davlat boji qancha miqdorda to`lanadi?

    Avtotransportda shahar, shagar atrofi, shaharlararo va xalqaro tashuvlarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun davlat boji O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori 2-ilovasiga asosan undiriladi. Mazkur qarorning davlat boji  bilan bog`liq qismiga oxirgi marta O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son Qarori bilan o`zgartirish kiritilgan.



    Unga ko‘ra davlat boji miqdorlari litsenzilanayotgan avtotranport vositasinig sig‘imiga (yo‘lovchi o‘rni va yuk ko‘tarish quvvati) hamda qaysi faoliyat turi bilan shug`ullanishiga bog‘liq.



    Davlat boji miqdorlari bir yil hisobida AQSh dollarida belgilangan bo`lib, to`lovlar to`lov amalga oshirilayotgan kundagi Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs bo`yicha amalga oshiriladi.
  • Litsenziya olish uchun litsenziya da`vogari litsenziyalash bo`limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
    23 Iyul 2015, 16:18
    Litsenziya olish uchun litsenziya da`vogari litsenziyalash bo`limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

        Yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda - familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid ma`lumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko`rsatilgan holda litsenziya berish to`g`risidagi ariza;

        Yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda - yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning nusxasi;

        Mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to`g`risidagi ma`lumotlari, shuningdek Yo`l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo`linmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi to`g`risida belgi qo`yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko`rikdan o`tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;

        Litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko`rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko`rikdan o`tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko`rik va texnik ko`rikdan o`tish imkoniyati berilishi to`g`risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma`lumotlar;

        Yuk tashish huquqiga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs xodimlari malakasining belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;

        Yuridik shaxslar uchun - yuridik shaxsning yo`l harakati xavfsizligi ta`minlanishi uchun mas`ul bo`lgan mansabdor shaxslarining tegishli attestasiyadan o`tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;

        Litsenziya talabgori tomonidan ariza ko`rib chiqilganligi uchun yig`im to`langanligini tasdiqlovchi hujjat.

        Hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita yoki qabul qilingani ko`rsatiladigan tarzda pochta aloqa vositalari orqali yetkakziladi.

        Hujjatlar ro`yxat vilan qabul qilinadi va uning nusxasi hujjat qabul qilib olingan qayd etilgan holda ariza egasiga jo`natiladi (topshiriladi).

  • Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar qancha muddatda ko`rib chiqiladi?
    23 Iyul 2015, 16:18
    Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar qancha muddatda ko`rib chiqiladi?



    Litsenziya talabgoriga avtomobil transportida yo`lovchilarni hamda yuklarni tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to`g`risidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab o`n besh kundan ortiq bo`lmagan muddatda qabul qilinadi.



    Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qaror qabul qilingani to`g`risida qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
  • Litsenziya berish rad etilgan taqdirda litsenziya talabgorining arizasi qayta ko`rib chiqilishi mumkinmi?
    23 Iyul 2015, 16:17
    Litsenziya berish rad etilgan taqdirda litsenziya talabgorining arizasi qayta ko`rib chiqilishi mumkinmi?

    Litsenziya berishni rad etilgan taqdirda rad etish to`g`risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga yozma shaklda yuboriladi. Bildirishnomada litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgorining ko`rsatib o`tilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran ko`rib chiqishga taqdim etishi lozim bo`lgan muddat ko`rsatiladi.



    Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran ko`rib chiqilganligi uchun yig`im undirilmaydi.



    Litsenziya berish rad etilganligi to`g`risidagi bildirishnomada ko`rsatilgan muddat o`tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
  • Xususiy firma avtotransport faoliyati ko`rsatish uchun avtotransport korxonasiga tegishli avtotrasnport vositalarini ijaraga olmoqchi.
    23 Iyul 2015, 16:16
    Xususiy firma avtotransport faoliyati ko`rsatish uchun avtotransport korxonasiga tegishli avtotrasnport vositalarini ijaraga olmoqchi. Ushbu avtokorxona bu avtomobillarni avtotransport faoliyati ko`rsatish uchun litsenziya varaqalari bilan ta`minlagan. Xususiy firma ushbu litsenziyalar asosida faoliyat ko`rsatishi mumkinmi?

    Yo`q, bunday faoliyat ko`rsata olmaydi. Chunki mavjud litsenziya asosida faqatgina ushbu litsenziyani olgan yuridik yoki jismoniy shaxsgina faoliyat ko`rsata oladi. Litsenziya yoki unga tegishli huquqni boshqa shaxsga berish ta`qiqlanadi. Bu narsa O`zbekiston Respublikasining "Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to`g`risida"gi Qonunida belgilab qo`yilgan.
  • Men xususiy tadbirkorman, agar dadamning nomidagi Gazelda o`zimning do`konimga Toshkentdan Gulistonga mebel tashisam litsenziya olishim kerakmi?
    23 Iyul 2015, 16:16
    Men xususiy tadbirkorman, agar dadamning nomidagi Gazelda o`zimning do`konimga Toshkentdan Gulistonga mebel tashisam litsenziya olishim kerakmi?

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizom”da avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilab berilgan.

    Unga ko‘ra shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha avtomobil transportida tijorat asosida yuk tashish faoliyati faqat litsenziya asosida amalga oshiriladi. Ushbu faoliyat turlariga litsenziya olish uchun O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar uchun) yoki uning hududiy bo‘limlariga (shaharda, shahar atrofida va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlar uchun) ariza bilan murojaat qilib, tegishli hujjatlarni taqdim etishingiz kerak bo‘ladi.
  • Mikroavtobuslarda yakka tartibda ishlash mumkinmi?
    23 Iyul 2015, 16:15
    Mikroavtobuslarda yakka tartibda ishlash mumkinmi?

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizom”da avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash tartibi belgilab berilgan.

    Unga ko‘ra shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘lovchilarni avtomobil transportida tijorat asosida tashish faqat yuridik shaxslar tomonidangina amalga oshiriladi.
  • Men yo'nalishsiz taksi uchun TTA nomerini oldim. Lekin taksometr o'rnatilmasa litsenziya berilmaydi, deyishdi.
    23 Iyul 2015, 16:15
    Men yo'nalishsiz taksi uchun TTA nomerini oldim. Lekin taksometr o'rnatilmasa litsenziya berilmaydi, deyishdi.

    Shu to'g'rimi? Men hozir taksi faoliyati bilan shug'ullana olamanmi?



    Haqiqatan ham yo‘nalishsiz taksilarga taksometrlar o‘rnatilmasa litsenziya varaqalari berilmaydi.



    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi «Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 139-son qarorining 2-bandida 2012-yil 1-yanvardan boshlab yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, tashqi va ichki ma’lumotlarga ega bo‘lmagan yo‘nalishsiz taksilarga litsenziyalar berilishi taqiqlangan. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan «Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida Nizom»ga ko‘ra hisoblagich (taksometr) yagona tanish belgilaridan biri deb hisoblanadi va yo‘nalishsiz taksilarni ichki ma’lumotlar bilan jihozlashga kiradi.



    Yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun avtomobilingizning Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qarorining talablariga javob berishini ta’minlashingiz lozim.

  • Men Damas avtomashinasida Toshkent shahrida yo'lovchi tashish bilan shug'ullanmoqchi edim. Litsenziya olishim mumkunmi?
    23 Iyul 2015, 16:14
    Men Damas avtomashinasida Toshkent shahrida yo'lovchi tashish bilan shug'ullanmoqchi edim. Litsenziya olishim mumkunmi?

    Men Damas avtomashinasida Toshkent shahrida yo'lovchi tashish bilan shug'ullanmoqchi edim. Litsenziya olishim mumkunmi?



    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan yengil avtomobillarda taksi faoliyatini amalga oshirish uchun quyidagi talablar qo‘yilgan:



    1. Toshkent shahrida taksi faoliyatini amalga oshirish uchun avtotransport vositalari "fil suyagi" rangida bo‘lishi;



    2. Yo‘nalishsiz taksilar uchun mo‘ljallangan maxsus seriyadagi avtotransport vositasining davlat raqam belgisi mavjudligi;



    3. Avtotransport vositasining tepasiga o‘rnatilgan to‘q sariq rangli fonarda "TAXI" tanish belgisi;



    4. Shaxmat tartibida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat bo‘lgan kompozitsiya va avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi "T" harflari mavjudligi;



    5. Avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi yuridik shaxs — tashuvchining nomi bo‘lishi.



    Agar sizning “DAMAS” rusumli avtotransport vositangiz yuqorida ko‘rsatilgan talablarga ko‘ra jihozlansa, o‘rnatilgan tartibda litsenziya olishingiz mumkin.



    Toshkent shahar hokimligining Yo`lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti

  • Men o‘z avtomobilimda yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsataman, litsenziyamda “shahar atrofida” deb yozilgan. Men shahar ichida transport xizmati ko‘rsatishim mumkinmi?
    23 Iyul 2015, 16:13
    Men o‘z avtomobilimda yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsataman, litsenziyamda “shahar atrofida” deb yozilgan. Men shahar ichida transport xizmati ko‘rsatishim mumkinmi?

    O’zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporta to‘g‘risida”gi qonuni (29.08.1998-y. №674-1) 7-moddasida avtomobilda tashish turlari ko‘rsatib o‘tilgan.



    Shahar atrofidagi tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasidan ellik kilometrgacha tashqarida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.



    Shahardagi (shahar ichida) tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.



    Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlardan kelib chiqqan holda Siz “shahar atrofi” litsenziyasi bilan “shahar ichida” tashish faoliyatini amalga oshira olmaysiz.
  • Bizning firmamiz makaron ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
    23 Iyul 2015, 16:13
    Bizning firmamiz makaron ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Yarim stavkada ishlaydigan ekspeditorimda Xitoyda ishlab chiqarilgan HF rusumli, «Damas» avtomobiliga o‘xshagan yuk avtomobili bor, qanday kilsak shu yuk avtomobiliga firma mahsulotini tashish uchun kamxarj va qonuniy hujjat qilsa bo‘ladi?



    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Avtomobil tranportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Nizomda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqini beruvchi litsenziyalar olish uchun litsenziya talabgorlari tomonidan taqdim qilinadigan xujjatlar ro‘yxati hamda ularni berish tartibi belgilangan.



    Yuklarni shaharda, shahar atrofida tashish huquqini beruvchi litsenziyalar olish uchun Agentlikning hududiy bo‘limlariga, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish huquqini beruvchi litsenziyalar olish uchun Agentlikning markaziy aparatiga murojaat qilishingiz mumkin.



    Avtotransport faoliyati turlariga litsenziya berish tartibi va litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati saytimizning quyidagi manzilida joylashgan — http://www.autotrans.uz/uz/licensing/road_transport_licensing
  • Men yo‘lovchi tashiydigan mikroavtobus haydovchisiman. MChJ rahbari firmaning nomini o‘zgartirib, litsenziyani yangilab, mendagi shartnoma va litsenziyalarni qo‘limdan olib qo‘ydi
    23 Iyul 2015, 16:12
    Men yo‘lovchi tashiydigan mikroavtobus haydovchisiman. MChJ rahbari firmaning nomini o‘zgartirib, litsenziyani yangilab, mendagi shartnoma va litsenziyalarni qo‘limdan olib qo‘ydi. Lekin yangisiga shartnoma tuzmadi va litsenziya bermadi. Bu yo‘nalishda men 22 yildan beri o‘z mikroavtobusimda ishlab kelayotgandim. Ishdan chetlashtirilganimning sababini tushuna olmayapman.



    Аgar ish beruvchi bilan xodimning mehnat shartnomasi muddati tugamagan bo‘lsa, ya’ni korxona mulkdori almashgan, korxona qayta tashkil qilingan (qo‘shib yuborilgan, qayta tuzilgan) holatlarda Mehnat kodeksining 98-moddasiga asosan mehnat munosabatlari xodimning roziligi bilan davom etaveradi.

    Agar korxona tugatilgan bo‘lsa, Mehnat kodeksining 100-moddasi 1-bandiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin.
  • Mening oq rangli shaxsiy “Neksiya” avtomobilim bor, taksi faoliyatini amalga oshirishim uchun qanday hujjatlar olishim va avtomobilim qanday jihozlanishi kerak?
    23 Iyul 2015, 16:12
    Mening oq rangli shaxsiy “Neksiya” avtomobilim bor, taksi faoliyatini amalga oshirishim uchun qanday hujjatlar olishim va avtomobilim qanday jihozlanishi kerak?

    Yo‘nalishsiz taksi faoliyati bilan shug‘ullanish uchun avvalo shu faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega korxonaga shaxsiy avtomobilingizni shartnoma asosida ijaraga berib, o‘zingiz shu korxonaga haydovchi sifatida ishga kirishingiz kerak. Avtomobilingiz esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 18 maydagi «Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 139-son qarorida belgilangan tartibda ichki va tashqi jihozlar bilan jihozlanishi lozim.
  • Ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan xususiy gazelni "firma balansiga o`tkazish" sababini tushuntirib bersangiz.
    23 Iyul 2015, 16:11
    Ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan xususiy gazelni "firma balansiga o`tkazish" sababini tushuntirib bersangiz.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 9-oktabrdagi “Toshkent shahrida yo‘lovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2048-son qarorining 2-bandiga asosan:



    “2014-yilning 1-yanvaridan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Toshkent shahrida:

    •    liniyalardagi avtobuslar va yo‘nalishli taksilar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bir-birini takrorlab qatnashiga yo‘l qo‘yilmaydi;

    •    avtobus saroylari tarkibida yo‘lovchilarni yo‘nalishli taksilarda tashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan avtokolonnalar barpo etiladi, ular malakali haydovchi xodimlar bilan va yo‘lovchilar tashish xavfsizligi talablariga mos keladigan zamonaviy harakatlanadigan tarkib bilan ta’minlanadi;

    •    jismoniy shaxslardan ijara shartlari asosida jalb qilingan avtotransport vositalari (avtobuslar va mikroavtobuslar)dan shaharda yo‘lovchilar tashishda foydalanish taqiqlanadi;

    •    yo‘lovchilarni xususiy yo‘nalishli taksilarda tashishning zarur bo‘lgan tizimi va tartibini ta’minlashga, birinchi navbatda yo‘lovchilar tashish xavfsizligining qat’iy texnik talablariga javob beradigan transport vositalari bilan ta’minlanishiga, shuningdek ularning saqlanishiga, avtobus saroylarida texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari o‘z vaqtida o‘tkazilishiga, avtotransport vositalari qatnovga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan va haydovchilar tibbiy ko‘rikdan majburiy o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratilishi lozim......”

      

    Ijara shartnomasi asosida faoliyat yuritayotgan xususiy “Gazel”ni “firma balansiga o‘tkazish”ni sababidan asosiysi bo‘lib, ushbu O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorning 2-bandi 4- va 5-xatboshlarida aks ettirilgan talablarni bajarilishi bo‘lishi mumkin.
  • Men “Isuzu” yuk mashinasini kreditga oldim. Hozirda litsenziya asosida faoliyat yuritaman.
    23 Iyul 2015, 16:11
    Men “Isuzu” yuk mashinasini kreditga oldim. Hozirda litsenziya asosida faoliyat yuritaman. Ammo, men har oylik kredit to‘lovini to‘lay olmayapman. Bunga sabab litsenziyasiz faoliyat yuritayotgan “Gazel”, bortavoy “UAZ”, “Mers” kabi yuk tashish transport vositalari egalaridir. Iltimos, ularning ustidan ham nazorat o‘rnatishingizni so‘rayman. Ular tufayli ro‘zg‘orni ham yurita olmay qoldim.

    O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi “O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 118-son qaroriga asosan davlat boshqaruvi organi hisoblanib, unga xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ichki faoliyatiga aralashish vakolati berilmagan.

    Shu bois elektron murojaatingizda keltirilgan masala bo‘yicha Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati vaDavlat soliq qo‘mitasiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
  • Assalomu alaykum! Men Rossiyadan avtomobil sotib olgandim — «VAZ»-2107. Ushbu avtomobilni O’zbekistonga olib borsam bo‘ladimi, boj to‘lovlari qancha?
    23 Iyul 2015, 16:10
    Assalomu alaykum! Men Rossiyadan avtomobil sotib olgandim — «VAZ»-2107. Ushbu avtomobilni O’zbekistonga olib borsam bo‘ladimi, boj to‘lovlari qancha?

    Assalomu alaykum! Men Rossiyadan avtomobil sotib olgandim — «VAZ»-2107. Ushbu avtomobilni O’zbekistonga olib borsam bo‘ladimi, boj to‘lovlari qancha?



    Siz so‘rayotgan masala O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakolatiga kirmaydi. Ushbu savol bilan O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasiga murojaat qilishni tavsiya etamiz. Bojxona qo‘mitasining rasmiy sayti — www.customs.uz.
  • O’rindoshlik asosida harakat xavfsizligi bo‘yicha mas’ul tayinlash uchun agentlikka ariza bilan murojaat qilgandim
    23 Iyul 2015, 16:09
    O’rindoshlik asosida harakat xavfsizligi bo‘yicha mas’ul tayinlash uchun agentlikka ariza bilan murojaat qilgandim. Lekin 24.04.2014-yilda xodimni imtihonga qo‘yishmagan. Sababi, sening asosiy ishxonang tumanda joylashgan, o‘rindoshlik asosida ishlamoqchi bo‘lgan korxonang esa shaharda joylashgan, deyishgan. Vaholanki, birinchi korxona faqat yuk avtomobillari bilan ishlaydi va 4 dona transport vositasi mavjud bo‘lib, ular bir oyda bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tadi. Imtihonga kiritishmaganlari o‘rinlimi? O’rinli bo‘lsa, qaysi hujjatga asosan, Nizomda ushbu holat ko‘rsatilganmi?



    Siz o‘z murojaatingizda o`rindoshlik asosida harakat xavfsizligi bo‘yicha mas’ul etib tayinlamoqchi bo`lgan shaxsning asosiy ish joyi bilan u o‘rindoshlik asosida ishlamoqchi bo‘lgan korxona, ya`ni Sizning korxonangiz orasidagi masofa qancha ekanligini ko‘rsatmagansiz. Shu bois savolingizga aniq javob berishning imkoni yo`q.

    Shu bois mazkur masaladagi tartib Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “O’rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida Nizom”da belgilanganligini ma`lum qilamiz.
  • Yuk mashinasi litsenziya va boshqa talab qilinadigan hujjatlar bilan to‘liq ta’minlangan. YPX xodimlari yuk mashinasini to‘xtatib, texpasportini olib qo‘yib bug‘doy tashishga majburlashga haqlimi?
    23 Iyul 2015, 16:08
    Yuk mashinasi litsenziya va boshqa talab qilinadigan hujjatlar bilan to‘liq ta’minlangan. YPX xodimlari yuk mashinasini to‘xtatib, texpasportini olib qo‘yib bug‘doy tashishga majburlashga haqlimi?



    Siz so‘rayotgan masala O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakolatiga kirmaydi. Ushbu savol bilan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga (rasmiy sayti — gubdd@mvd.uz) yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishni tavsiya etamiz.
  • Men yo‘nalishsiz qatnayotgan taksilarga xususiy tadbirkor sifatida kichik bir firma ochmoqchiman. Nechtagacha avtomobilga litsenziya berish xuquqiga ega bo‘laman?
    23 Iyul 2015, 16:07
    Men yo‘nalishsiz qatnayotgan taksilarga xususiy tadbirkor sifatida kichik bir firma ochmoqchiman. Nechtagacha avtomobilga litsenziya berish xuquqiga ega bo‘laman? Nima hujjatlar kerak bo‘ladi? Batafsil ma’lumot berishingizni so‘rayman. Men oliy ma’lumotliman, mutaxasisligim transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash. Javob uchun oldindan rahmat.

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyulda tasdiqlangan 138-son Qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida” Nizomga asosan, tijorat asosida amalga oshiriladigan yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak.



    Tijorat asosida yo‘lovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.



    Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:



    a) yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda - familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid ma’lumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;



    b) yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;



    v) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari, shuningdek Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo‘linmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;



    g) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;



    d) yuridik shaxslar uchun - yuridik shaxsning yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlanishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslarining tegishli attestatsiyadan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;



    e) litsenziya talabgori tomonidan ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.



    Litsenziya olish uchun avtomobillar soni cheklanmagan, lekin avtotransport vositalarining soni 50 tadan kam bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatining vazifalari avtomobilda tashuvchining rahbarlaridan biriga yuklatiladi.



    Avtotransport vositalarining soni 50 tadan 150 tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda YHX xizmatining vazifalarini bajaruvchi mutaxassis lavozimi joriy etiladi.



    Avtotransport vositalarining soni 151 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda quyidagicha shtat birliklaridan iborat bo‘lgan YHX xizmati tashkil etiladi:



    avtotransport vositalarining soni 151 tadan 300 tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda — 2 ta xodim;



    avtotransport vositalarining soni 301 tadan 500 tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda — 3 ta xodim;



    avtotransport vositalarining soni 501 tadan 750 tagacha bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda — 4 ta xodim.



    Avtotransport vositalarining soni 750 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarning YHX xizmatida har 250 ta avtotransport vositalari uchun qo‘shimcha ravishda yana 1 ta xodim lavozimi joriy etiladi.



    Avtotransport vositalarining soni 500 tadan ortiq bo‘lgan avtomobilda tashuvchilarda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha rahbar o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.



    YHX xizmatida mazkur Nizomga asosan belgilangan xodimlar soni doirasida xizmat (bo‘lim) boshlig‘i, katta muhandis, muhandis lavozimlari joriy etiladi. YHX xizmati xodimlarining vazifalari mazkur Nizom, xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari va avtomobilda tashuvchining boshqa lokal normativ hujjatlari bilan belgilanadi.

    «Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga asosan, YHX xizmatlari xodimlari O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlangan maxsus dasturlar bo‘yicha vaqti-vaqti bilan, uch yilda kamida bir marta o‘z malakasini oshirib, malaka imtihoni topshirishlari kerak.
  • Yuridik shaxsning Toshkent shahrida yo‘lovchilarni shahar ichida tashishga litsenziya olishi uchun ustav fondining eng kam miqdori belgilanganmi?
    23 Iyul 2015, 16:06
    Yuridik shaxsning Toshkent shahrida yo‘lovchilarni shahar ichida tashishga litsenziya olishi uchun ustav fondining eng kam miqdori belgilanganmi? Tashkiliy-huquqiy shaklichi (MChJ, xususiy firma yoki boshqa shaklda)?

    Siz so‘rayotgan masala O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakolatiga kirmaydi. Ushbu savol bilan Toshkent shahar hokimligining yo’lovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlshtirish departamentiga murojaat qilishni tavsiya etamiz. Toshkent shahar hokimligining rasmiy sayti — www.toshkent.uz.
  • Mening “Damas” rusumli avtomashinam bor, shunda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanish uchun yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan firmaga a’zo bo‘lmoqchi edim, uch oyga 400 ming so‘m to‘laysan, deb aytishdi, shu qanchalik to‘g‘ri?
    23 Iyul 2015, 16:04
    Mening “Damas” rusumli avtomashinam bor, shunda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanish uchun yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan firmaga a’zo bo‘lmoqchi edim, uch oyga 400 ming so‘m to‘laysan, deb aytishdi, shu qanchalik to‘g‘ri?

    Mening “Damas” rusumli avtomashinam bor, shunda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanish uchun yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan firmaga a’zo bo‘lmoqchi edim, uch oyga 400 ming so‘m to‘laysan, deb aytishdi, shu qanchalik to‘g‘ri?



    O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq ish beruvchi va ishchi o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro kelishilgan shartnoma asosida belgilanadi.



    Jismoniy shaxslar yo‘lovchi tashish xizmati bilan shug‘ullanish uchun yuridik tashkilotga a’zo bo‘lishi, kunlik olgan daromadini inkassatsiya yo‘li bilan korxona hisobiga o‘tkazishi lozim. Korxona tomonidan bu shaxsga respublikamizda belgilangan minimal ish haqidan kam bo‘lmagan maosh to‘lanishi, avtotransport vositasiga yoqilg‘i, ta’mirlash xarajatlari, litsenziya varaqasini olib berilishi lozim.

    Sizning xatingizda korxona rahbari nima maqsadda 400 ming so‘mni so‘rayotganligi bildirilmaganligi sababli uning qanchalik qonuniy ekanligi to`g`risida xulosa bera olmaymiz.
  • Yuridik shaxs rahbari Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini 2000-yilda tamomlagan bo‘lsa, avtomobil transportida shahar ichida yo‘lovchi tashish faoliyatiga litsenziya olish uchun ushbu rahbar attestatsiyadan o‘tishdan avval malaka oshirish kurslarida o‘
    23 Iyul 2015, 16:03
    Yuridik shaxs rahbari Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini 2000-yilda tamomlagan bo‘lsa, avtomobil transportida shahar ichida yo‘lovchi tashish faoliyatiga litsenziya olish uchun ushbu rahbar attestatsiyadan o‘tishdan avval malaka oshirish kurslarida o‘qishi shartmi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri attestatsiyaga kirsa bo‘ladimi?

    Yuridik shaxs rahbari Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini 2000-yilda tamomlagan bo‘lsa, avtomobil transportida shahar ichida yo‘lovchi tashish faoliyatiga litsenziya olish uchun ushbu rahbar attestatsiyadan o‘tishdan avval malaka oshirish kurslarida o‘qishi shartmi yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri attestatsiyaga kirsa bo‘ladimi?



    O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006-yil 5-oktyabrda 1626-son bilan ro‘yxatga olingan “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan:



    Yo‘lovchilar va yuklarni tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlari hamda yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlar vaqti-vaqti bilan (uch yilda kamida bir marotaba) o‘z malakalarini Agentlik tasdiqlagan maxsus dasturlar bo‘yicha oshirib, malakaviy imtihon topshirishlari kerak.

    Murojaatda aytilishicha attestatsiyadan o‘tadigan rahbarning Toshkent avtomobil-yo‘llar institutini 2000-yilda tamomlaganini hisobga olsak, u malaka oshirish kurslarida o‘qishi shart.
  • Korxonamizning huquqiy shakli “mas’uliyati cheklangan jamiyat”dan, “xususiy korxona”ga (TRANS MAX CONNECT) aylantirilmoqda.
    23 Iyul 2015, 16:02
    Korxonamizning huquqiy shakli “mas’uliyati cheklangan jamiyat”dan, “xususiy korxona”ga (TRANS MAX CONNECT) aylantirilmoqda. Shu sababli ushbu jarayonda bosh litsenziyani, litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirishimiz uchun qanday hujjatlar taqdim etishimiz kerakligi to‘g‘risida barcha bosqichlari bilan tushuntirib berishingizni so‘raymiz. Ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun avvaldan minnatdorchilik bildiramiz.

    Korxonamizning huquqiy shakli “mas’uliyati cheklangan jamiyat”dan, “xususiy korxona”ga (TRANS MAX CONNECT) aylantirilmoqda. Shu sababli ushbu jarayonda bosh litsenziyani, litsenziya varaqalarini qayta rasmiylashtirishimiz uchun qanday hujjatlar taqdim etishimiz kerakligi to‘g‘risida barcha bosqichlari bilan tushuntirib berishingizni so‘raymiz. Ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun avvaldan minnatdorchilik bildiramiz.



    Litsenziat-yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin bir oy muddatda ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ta’sis hujjatlariga kiritilgan, ro‘yxatdan o‘tkazilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasini ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida litsenziyalovchi organga ariza berishi shart.



    Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziyat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.



    Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasimylashtirishda litsenziyalar reestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.



    Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.

    O’zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonuni 14-moddasiga asosan xususiy korxona mulkdorining korxonani rahbar sifatida yakka boshqarishi belgilab qo‘yilgan.
  • Men savdo korxonasi rahbariman. Toshkentdan Gulistondagi korxonam do‘koniga shu korxonaga tegishli oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini dadamga tegishli yuk avtomashinasida ishonch kog‘ozi orqali haydab tashiyman. Yo‘lda YHXB nozirlari yuk tashishga
    23 Iyul 2015, 16:02
    Men savdo korxonasi rahbariman. Toshkentdan Gulistondagi korxonam do‘koniga shu korxonaga tegishli oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini dadamga tegishli yuk avtomashinasida ishonch kog‘ozi orqali haydab tashiyman. Yo‘lda YHXB nozirlari yuk tashishga litsenziya talab qilishyapti. Men yukni birovga ma’lum haq evaziga tashimayapman, o‘z do‘konimga tashiyapman. Do‘konda savdo uchun soliq to‘layapmanku! Litsenziya nima uchun kerak menga?

    Men savdo korxonasi rahbariman. Toshkentdan Gulistondagi korxonam do‘koniga shu korxonaga tegishli oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini dadamga tegishli yuk avtomashinasida ishonch kog‘ozi orqali haydab tashiyman. Yo‘lda YHXB nozirlari yuk tashishga litsenziya talab qilishyapti. Men yukni birovga ma’lum haq evaziga tashimayapman, o‘z do‘konimga tashiyapman. Do‘konda savdo uchun soliq to‘layapmanku! Litsenziya nima uchun kerak menga?



    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo’lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha tashish faoiliyatini litsenziyalash to’g’risida”gi Nizomga muvofiq, tijorat asosida amalga oshiriladigan yo’lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak.

    Siz avtomobil transportida yuklarni tijorat asosida, ma’lum haq evaziga tashish bilan shug’ullanmasangiz, ushbu faoliyat – amalga oshirilishi uchun litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turi hisoblanmaydi.
  • Men o‘zimga qarashli “Isuzu” rusumli avtobusda shaharlararo yuk tashish bilan shug‘ullanaman. 2014 yil 22 noyabrda litsenziyamning muddati tugadi.
    23 Iyul 2015, 16:01
    Men o‘zimga qarashli “Isuzu” rusumli avtobusda shaharlararo yuk tashish bilan shug‘ullanaman. 2014 yil 22 noyabrda litsenziyamning muddati tugadi. Yangidan litsenziya olish uchun o‘zim a’zo bo‘lgan uyushmaga 670000 so‘m to‘ladim. Yangi litsenziya varaqasini olgunimga qadar yuk tashish bilan shug‘ullansam bo‘ladimi?

    Men o‘zimga qarashli “Isuzu” rusumli avtobusda shaharlararo yuk tashish bilan shug‘ullanaman. 2014 yil 22 noyabrda litsenziyamning muddati tugadi. Yangidan litsenziya olish uchun o‘zim a’zo bo‘lgan uyushmaga 670000 so‘m to‘ladim. Yangi litsenziya varaqasini olgunimga qadar yuk tashish bilan shug‘ullansam bo‘ladimi?



    Siz yangi litsenziya varaqalari olgandan so‘nggina yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanishingiz mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilamiz.
  • Sizdan ayrim savollarga javob olish va ish davomida qonun hujjatlarini to‘g‘ri yuritishimiz uchun yer maydonlarini haydash va molalash uchun maxsus ruxsatnoma-litsenziyalar kerak bo‘ladimi yoki yo‘qmi – shu haqda, asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda
    23 Iyul 2015, 16:00
    Sizdan ayrim savollarga javob olish va ish davomida qonun hujjatlarini to‘g‘ri yuritishimiz uchun yer maydonlarini haydash va molalash uchun maxsus ruxsatnoma-litsenziyalar kerak bo‘ladimi yoki yo‘qmi – shu haqda, asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ma’lumot berishingizni so‘raymiz.

    "Yo‘ldosh o‘g‘li Baxtiyor" xususiy korxonasi rahbari Axmedov Baxtiyor Yuldashevich.



    Sizdan ayrim savollarga javob olish va ish davomida qonun hujjatlarini to‘g‘ri yuritishimiz uchun yer maydonlarini haydash va molalash uchun maxsus ruxsatnoma-litsenziyalar kerak bo‘ladimi yoki yo‘qmi – shu haqda, asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ma’lumot berishingizni so‘raymiz.

    "Yo‘ldosh o‘g‘li Baxtiyor" xususiy korxonasi rahbari Axmedov Baxtiyor Yuldashevich.



    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo’lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to’g’risida”gi Nizomga muvofiq, tijorat asosida yo’lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha avtomobillarda tashish faoliyati litsenziyalanishi shart.

    Siz so’ragan yer maydonlarini haydovchi traktor, buldozer va boshqa mexanizmlarda bajariladigan ish faoliyati litsenziyalanishi qonunchilikda ko’zda tutilmagan.
  • Xususiy korxona (faoliyat turi-savdo) 2012-yilda o‘z mablag‘iga, pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olgan yangi Isuzu yuk mashinasidan mahsulotlarni tashish jarayonida foydalanish uchun litsenziya olishi talab etiladimi?
    23 Iyul 2015, 16:00
    Xususiy korxona (faoliyat turi-savdo) 2012-yilda o‘z mablag‘iga, pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olgan yangi Isuzu yuk mashinasidan mahsulotlarni tashish jarayonida foydalanish uchun litsenziya olishi talab etiladimi?

    Xususiy korxona (faoliyat turi-savdo) 2012-yilda o‘z mablag‘iga, pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olgan yangi Isuzu yuk mashinasidan mahsulotlarni tashish jarayonida foydalanish uchun litsenziya olishi talab etiladimi?



    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘grisida”gi Nizomga muofiq, tijorat asosida amalga oshiriladigan yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerakligi belgilab qo‘yilgan.

    Lekin Sizning savolingizda Isuzu rusumli yuk avtomobilida tashish jarayoni bo‘yicha batafsil yozilmagan. Shunga ko‘ra tashish faoliyatingiz bo‘yicha batafsil tushuntirish bersangiz Sizga batafsil javob beramiz.
  • Menga litsenziya bergan korxonaning yo‘l varaqasi 16-fevral kuni tugallangan. Sog‘ligim tufayli ishga chiqa olmadim.
    23 Iyul 2015, 15:58
    Menga litsenziya bergan korxonaning yo‘l varaqasi 16-fevral kuni tugallangan. Sog‘ligim tufayli ishga chiqa olmadim. Endi 3-mart kunidan boshlab yozdirmoqchi edim, lekin ishga tushaman desam, ular chiqmagan kuninga, ya’ni 17-fevraldan 17-martga yozamiz, bizda shunaqa qonun deb aytishdi. Ularning bu yuli qanchalik tug‘ri? Ishga chiqmagan kunimga nega to'layman! Buning uchun qayerga murojaat qilishim kerak? Oldindan xam shunaqa ahvol bo‘lib kelayotgan edi.

    Menga litsenziya bergan korxonaning yo‘l varaqasi 16-fevral kuni tugallangan. Sog‘ligim tufayli ishga chiqa olmadim. Endi 3-mart kunidan boshlab yozdirmoqchi edim, lekin ishga tushaman desam, ular chiqmagan kuninga, ya’ni 17-fevraldan 17-martga yozamiz, bizda shunaqa qonun deb aytishdi. Ularning bu yuli qanchalik tug‘ri? Ishga chiqmagan kunimga nega to'layman! Buning uchun qayerga murojaat qilishim kerak? Oldindan xam shunaqa ahvol bo‘lib kelayotgan edi.



    Sizning murojaatingizdagi masala O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004-yil 2-iyulda 1382-son bilan ro‘yxatga olingan "Tashuvchilarning yuk avtomobillari uchun yo‘l varaqalari, tovar-transport yuk xatlarini tayyorlash, hisobga olish, to‘ldirish va qayta ishlash bo‘yicha Yo‘riqnoma"da belgilab berilgan.



    Mazkur Yo‘riqnoma ularning idoraviy mansubligidan qat'iy nazar, yuklarni avtomobil transportida tashishda band bo‘lgan yuridik shaxslarga tatbiq etiladi.



    O’zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga muvofiq xar bir shaxsning mehnat huquqlarini himoya kilish kafolatlanadi, bu himoya mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshiruvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek mehnat nizolarini ko‘ruvchi organlar tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan, ushbu Kodeksning 9-moddasiga ko‘ra mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirish va nazorat qilishni quyidagilar amalga oshiradi:



    1) shunga maxsus vakil qilingan davlat organlari va ularning inspektsiyalari



    (O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish



    vazirligi);



    2) kasabauyushmalari.



    Davlat xokimiyati va boshqaruv organlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirishni qonunda belgilangan tartibda amalga oshiradilar.



    O’zbekiston Respublikasi hududida mehnat to‘g‘risidagi qonunlarning aniq va bir xil ijro etilishi ustidan nazorat olib borish O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi.

    Mazkur masala yuzasidan Transport korxonalarining birlashgan kasaba uyushmasining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo‘limiga ham murojaat etishingiz mumkin.
  • Korxonamiz MChJ shaklida ruyxatdan o‘tgan va hozirgi kunda jamiyat balansida 4 dona shaxarlararo yuk tashish xuquqini beruvchi litsenziyalari bor avtomashinalar mavjud.
    23 Iyul 2015, 15:58
    Korxonamiz MChJ shaklida ruyxatdan o‘tgan va hozirgi kunda jamiyat balansida 4 dona shaxarlararo yuk tashish xuquqini beruvchi litsenziyalari bor avtomashinalar mavjud. Biz jamiyat balansidagi ushbu avtomashinalarni jismoniy shaxslarga ijaraga bermoqchimiz. Agar jismoniy shaxsga ijaraga berilsa avtomashinalarning litsenziyalari kuchga ega buladimi?

    Korxonamiz MChJ shaklida ruyxatdan o‘tgan va hozirgi kunda jamiyat balansida 4 dona shaxarlararo yuk tashish xuquqini beruvchi litsenziyalari bor avtomashinalar mavjud. Biz jamiyat balansidagi ushbu avtomashinalarni jismoniy shaxslarga ijaraga bermoqchimiz. Agar jismoniy shaxsga ijaraga berilsa avtomashinalarning litsenziyalari kuchga ega buladimi?



    O’zbekiston Respublikasining «Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida»gi Qonunning 11-moddasida Litsenziya xar bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun alohida beriladi. Litsenziya da’vogarining arizasiga muvofiq, litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat turining bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.

    Amalga oshirilishi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani olgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.  
  • Ochiq tender tanlovida g‘olib bo‘lgan korxonaga yo‘nalish pasportini tayyorlash kim tomonidan va qanday narhlarda amalga oshiriladi? Yo‘nalish pasportini tayyorlash huquqi kim tomonidan, qaysi sub’ektlarga beriladi?
    23 Iyul 2015, 15:57


    Ochiq tender tanlovida g‘olib bo‘lgan korxonaga yo‘nalish pasportini tayyorlash kim tomonidan va qanday narhlarda amalga oshiriladi? Yo‘nalish pasportini tayyorlash huquqi kim tomonidan, qaysi sub’ektlarga beriladi?



    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi



    482-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalarga asosan:



    Shahardagi yo‘nalishlarda yo‘nalishli avtobuslar va yo‘nalish taksilari harakati - shaharlarning xokimliklari yoki shaharlar xokimliklari tomonidan tashkil etiladigan shahar yo‘lovchilar tashish transportini boshkarish organlari tomonidan tashkil etiladi;



    Shuningdek yangi yo‘nalishlarni tashkil etish (ochish) - shaharlarda -shaharlar xokimliklari yoki shahar yo‘lovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan yo‘nalishlar sxemalarini kelishgan xolda amalga oshiriladi.



    Yangi yo‘nalish pasportlari shahar hokimliklari tomonidan tashkil etilgan shahar yo'lovchilar transportini boshqarish organlari tomonidan tayyorlanadi.

    Yo‘nalish pasportini tayyorlash narxlari ushbu organlar tomonidan belgilanadi.
  • Korxona ochiq tenderda g‘olib bo‘lgan, lekin talab qilingan hujjatlarni taqdim etmaganligi uchun yo‘nalish shartnomasi tuzilmagan. Ammo korxona tomonidan ma’lum vaqt yo‘nalish shartnomasiz aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatilgan.
    23 Iyul 2015, 15:57
    Korxona ochiq tenderda g‘olib bo‘lgan, lekin talab qilingan hujjatlarni taqdim etmaganligi uchun yo‘nalish shartnomasi tuzilmagan. Ammo korxona tomonidan ma’lum vaqt yo‘nalish shartnomasiz aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatilgan. Ushbu holatda korxonaga nisbatan qanday choralar amalga oshiriladi?

    Korxona ochiq tenderda g‘olib bo‘lgan, lekin talab qilingan hujjatlarni taqdim etmaganligi uchun yo‘nalish shartnomasi tuzilmagan. Ammo korxona tomonidan ma’lum vaqt yo‘nalish shartnomasiz aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatilgan. Ushbu holatda korxonaga nisbatan qanday choralar amalga oshiriladi?



    Avtomobilda tashuvchi, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo’lovchilar va bagajni tashish qoidalarining 19 bandiga sosan, muntazam qatnovlarni amalga oshiruvchi avtobuslar va yo’nalishli taksilar haydovchilari yo’nalishda tender sahartnomasiga muvofiq ishlashlari belgilab berilgan.

    Haydovchilarni tender shartnomasiga muvofiq ishlashlarini ta’minlamasdan yo’nalishda yo’lovchilar tashishga yo’l qo’yganligi va bu bilan litsenziya talab va shartlarini buzganligi uchun tashuvchiga nisbatan, litsenziyaning amal qilish muddati 10 ish kuniga to’xtatib turish, sud orqali undan ortiq muddatga to’xtatib turish choralarini ko’rish mumkin.
  • Toshkentda Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik harbiy bilim yurtining to‘liq kursini Transport menejmenti kvalifikatsiya berilgan holda tamomlaganman. Ushbu diplom bilan avtombil transportida yuk tashish litsenziyasi uchun o‘qishim mumkinmi?
    23 Iyul 2015, 15:56


    Toshkentda Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik harbiy bilim yurtining to‘liq kursini Transport menejmenti kvalifikatsiya berilgan holda tamomlaganman. Ushbu diplom bilan avtombil transportida yuk tashish litsenziyasi uchun o‘qishim mumkinmi?



    Adliya vazirligida 1626-son bilan ro‘yxatga olingan (1626-1, 1626-2, 1626-3, 1626-4, 1626-5, 1626-6 - o‘zgartirishlar kiritilgan) “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida”gi Nizomning 4-a bandiga asosan, yuridik shaxs xodimining avtomobil yo‘nalishida oliy kasbiy ma’lumoti to‘g‘risida diplomga ega bo‘lishi malakaviy talablardan biri hisoblanadi.



    Shunga asosan, Agentlik Attestatsiya komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilib, Sizning Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik harbiy bilim yurtining “Transport menejmenti” kvalifikatsiyasi bo‘yicha berilgan diplom ilovasidagi fanlar ro‘yxati, avtomobil yo‘nalishidagi oliy ma’lumotli mutaxassislar uchun zarur bo‘lgan fanlarni o‘z ichiga qamrab olmagan.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Agentlik Attestatsiya komissiyasi ushbu diplom bilan Avtomobil transportida yuklarni va yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya olish imkonini bermaydi.
  • Men shaxsiy matiz rusumli avtomobilimda, avtomobil rangini o‘zgartirmagan holda, faqatgina TAXI tanish belgisini o‘rnatib litsenziya olsam bo‘ladimi?
    23 Iyul 2015, 15:56


    Men shaxsiy matiz rusumli avtomobilimda, avtomobil rangini o‘zgartirmagan holda, faqatgina TAXI tanish belgisini o‘rnatib litsenziya olsam bo‘ladimi?



    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi "Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq;, avtomobil transportida yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda tijorat asosida tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

    Shunga ko‘ra yengil avtomobillarda yo‘lovchi tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxsga murojaat qilib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qarori bilan tasdiqlangan "Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Nizom talablarini bajargan holda litsenziya olishingiz mumkin.
  • Men o‘rindoshlik asosida korxona ochib attestatsiya topshirdim. 2015-yil 31-may kunida muddat tugaydi. Qayta attestatsiya topshirish uchun mendan qanday hujjatlar talab etiladi?
    23 Iyul 2015, 15:55


    Men o‘rindoshlik asosida korxona ochib attestatsiya topshirdim. 2015-yil 31-may kunida muddat tugaydi. Qayta attestatsiya topshirish uchun mendan qanday hujjatlar talab etiladi?



    Attestatsiyadan o‘tish uchun taqdim etilishi lozim bo‘lgan xujjatlar (ariza, anketa, buyruq, diplom va mehnat daftarchasi nusxalari) ni Agentlik attestatsiya komissiyasiga haftaning dushanba, seshanba, chorshanba kunlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshirishingiz yoki pochta orqali yuborishingiz mumkin. Xujjatlar qabul qilingandan so‘ng, nizomning 4/5 bandida, attestatsiyadan o‘tishni rejalashtirgan shaxslar Komissiya tomonidan attestatsiya kunidan kamida 2 hafta oldin ogohlantirilishi belgilangan va komissiya kotibi tomonidan attestatsiya kuni ma’lum qilinadi. Belgilangan kunda attestatsiyadan o‘tish uchun tashrif buyurishingiz mumkin.

    Batafsil ma’lumotni Adliya vazirligida 1626-son bilan ro‘yxatga olingan (1626-1, 1626-2, 1626-3, 1626-4, 1626-5, 1626-6 kiritilgan o‘zgarishlar) “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risidagi”gi Nizomdan olishingiz mumkin.
  • Toshkent shahrida taksi xizmatini amalga oshiruvchi MChJ ochishim uchun nimalar qilishim kerak? Xozirda jismoniy shaxsman. Bu kabi faoliyatni tashkil etish uchun avvalo ishni nimadan boshlashim kerak?
    23 Iyul 2015, 15:55
    Toshkent shahrida taksi xizmatini amalga oshiruvchi MChJ ochishim uchun nimalar qilishim kerak? Xozirda jismoniy shaxsman. Bu kabi faoliyatni tashkil etish uchun avvalo ishni nimadan boshlashim kerak?



    Toshkent shahrida taksi xizmatini amalga oshiruvchi MChJ ochishim uchun nimalar qilishim kerak? Xozirda jismoniy shaxsman. Bu kabi faoliyatni tashkil etish uchun avvalo ishni nimadan boshlashim kerak?



    Siz so‘rayotgan masala O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakolatiga kirmaydi. Ushbu savol bilan Toshkent shahar xokimligining yo‘lovchilar tashish transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentiga murojaat qilishni tavsiya etamiz.



    Departament manzili: Toshkent shahar, Amir Temur 1-tor ko‘chasi, 6-uy.



    Telefon: 0 (371) 233-34-87, 233-09-75.
  • Mening 1998-yilda ishlab chiqarilgan sariq rangli “Neksiya” avtomobilim bor. Shu mashinada ijara shartnomasi tuzib, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishim mumkinmi?
    23 Iyul 2015, 15:44
    Mening 1998-yilda ishlab chiqarilgan sariq rangli “Neksiya” avtomobilim bor. Shu mashinada ijara shartnomasi tuzib, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishim mumkinmi? Odamlar orasida “2000-yildan oldin ishlab chiqarilgan avtomobillar litsenziyalashtirilmaydi”, degan gap bor. Shunga oydinlik kiritib bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat.

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘grisida”gi Nizomga muvofiq, tijorat asosida yo‘lovchilarni avtomobil transportida shaharda shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati, faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi hamda ushbu Nizomning 3-bandida qayd etilgan hujjatlarga asosan beriladi.

    Yuqoridagilarga asosan Siz yo‘lovchilarni yengil avtomobillarda tashish faoliyati uchun liyenziyasi mavjud bo‘lgan yuridik shaxs (tashuvchi) bilan ijara shartnomasi (notarial tasdiqlangan) tuzganingizdan so‘ng Neksiya avtomobilingizga litsenziya varaqasi olib yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirishingiz mumkinligi to‘g‘risida ma’lum qilamiz.
  • Men o‘zimga tegishli korxonaga yuk va yo‘lovchi tashish uchun litsenziya olmoqchiman. Nima qilishim kerak?
    23 Iyul 2015, 15:36






    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 10-bandida litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan xujjatlar ro‘yxati belgilab qo‘yilgan.



    Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:



    a) yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda – familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid ma’lumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;



    b) yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda – yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;



    v) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari, shuningdek Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo‘linmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;



    g) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;



    j) litsenziya talabgori tomonidan ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.

    Mazkur xujjatlar bilan litsenziyalovchi organga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
  • Yuk mashinasida yuk tashish uchun litsenziya olmoqchi edik. Kerakli bo‘lgan hujjatlarni kimga topshirishimiz kerak? Arizani ko‘rib chiqishi uchun qayerga murojaat qilamiz va qancha pul o‘tkazamiz?
    23 Iyul 2015, 15:35


    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14 iyuldagi 138-son “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va halqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 10-bandiga asosan litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarini taqdim etadi:



    a) yuridik shaxs uchun— yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda— familyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid ma’lumotlar va xaydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yohud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;



    b) yuridik shaxs uchun— yuridik shaxsnig davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning tasdiqlangan nusxasi; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olish—yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;



    v) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari, shunigdek Yo‘l harakati xafsizligi davlat xizmatining tegishli bo‘linmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan avtotrnasport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;



    g) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yohud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;



    j) litsenziya talabgori tomonidan ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.



    Yuqorida keltirilgan xujjatlarni shaharlararo va xalqaro yuk tashish uchun O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga, shahar atrofi va shaharda yuk tashish uchun Agentlikning joylaridagi hududiy bo‘dimlariga taqdim etiladi.

    Yuqorida ko‘rsatilgan qarorning 12-bandiga asosan litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining litsenziya berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravar miqdorida yig‘im undirladi.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech