Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
125
Hurmatli sayt tashrifchilari!

Biz Sizlarning barcha takliflaringizni va mulohazalaringizni bajonidil ko'rib chiqishga, Sizni qiziqtirgan savollarga mamnuniyat ila javob berishga doim tayyormiz. Ammo Siz o'z murojaatlaringizda albatta ism-sharifingizni ko'rsatib o'tishingizni so'raymiz. Imzolanmagan xabarlarga biz javob qaytarmasligimizni Sizga ma'lum qilamiz.

Ma'muriyat




Umumiy savollar 40

  • Davlat avtomobillarini haydovchi boshqarish uchun, korxona tomonidan qanday hujjatlar bilan taminlanishi kerak?
    18 Avgust 2016, 14:39
    Davlat avto ulovlari uchun yo‘l varaqa qoidalari va korxona avto ulovlarini, haydovchini uyda saqlash to‘g‘irisida:
    Savolim shundan iboratki, 1). Davlat avtomobillarini haydovchi boshqarish uchun, korxona tomonidan qanday hujjatlar bilan taminlanishi kerak? Yo‘l varaqasidan foydalanish to‘g‘irisida to‘liq malumot.  2). Davlat avto ulovlarini haydovchini uyga berib yuborish tartibi, qoidalari, shartlari va bu haqida ham to‘liq malumot berishlaringizni so‘rayman.



    Birinchi savolingizga – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”da haydovchilarning umumiy majburiyatlari belgilangan. Unda transport vositasining haydovchisi quyidagi hujjatlarni yonida olib yurishi ko‘rsatib o‘tilgan:

    vaqtinchalik boshqarish huquqini beruvchi talon yoki vaqtinchalik ruxsatnoma bilan transport vositasini boshqarishda haydovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatni;

    transport vositasi yoki tirkamani qayd qilish guvohnomasini, transport vositasining egasi bo‘lmagan hollarda esa umumiy egalik huquqini yoki tasarruf etish huquqini beruvchi, egalik qilishga va foydalanishga berilganligini tasdiqlovchi hujjatni;

    transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisini;

    qonunchilikda ko‘zda tutilgan hollarda yo‘l varaqasi va tashilayotgan yukning hujjatlarini.

    O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 9-oktabrda 1282-son bilan ro‘yxatga olingan “Chipta-hisob va yo‘l varaqalarini to‘ldirish bo‘yicha Yo‘riqnomasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Nizomda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari uchun yo‘l varaqalari namunalari ko‘rsatilgan.

    Yo‘riqnomada yo‘l varaqalarining to‘ldirish tartibi batafsil bayon etilgan.

    Ikkinchi savolingizga – “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi “Avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida”gi 256-sonli qarorida to‘liq bayon etilgan. Avtotransport vositalarni ro‘xatga olish, ularni saqlash tartibi bo‘yicha batafsil javob olish uchun IIV YHXX organlariga murojaat qilishni tavsiya etamiz.


    Axborot-tahlil guruhi
  • Attestatsiya masalasi
    1 Yanvar 2016, 16:44
    Men litsenziya olganman. Hozirda ikkinchi uyushma uchun atestatsiyadan o‘tmoqchi edim. Hozir o‘qish davri ish stajiga kirmaydi deyaptilar men nima qilay? O’qishdan oldin 8 oy o‘qishdan keyin 2 yil ish stajiga egaman.


    Adliya vazirligida 1626-son bilan ro‘yxatga olingan (1626-1, 1626-2, 1626-3, 1626-4, 1626-5, 1626-6, 1626-7 o‘zgartirishlar kiritilgan), “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga ko‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risida”gi Nizomning 4-a bandiga muvofiq avtomobil sohasida oliy ma’lumotga hamda besh yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi kerakligi belgilanlangan. Mehnat stajini hisoblab chiqarish tartibi «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida keltirilgan bo‘lib, mazkur qonunning 37- moddasida, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish davri, umumiy staj kamida 5 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblananishi belgilangan.

    Ushbu javobdan norozi bo‘lgan taqdiringizda yuqori turuvchi tegishli davlat organlariga murojaat qilish huquqingiz borligini bildiramiz.
  • O’zimga tegishli bo‘lgan Gazel avtotransportida korxonamga ishlab chiqarish uchun xom ashyo olib kelish uchun litsenziya olmasdan faydalansam bo‘ladimi?
    2 Dekabr 2015, 17:48
    Men korxona ta’sischisi va rahbariman. O’zimga tegishli bo‘lgan Gazel avtotransportida korxonamga ishlab chiqarish uchun xom ashyo olib kelish uchun litsenziya olmasdan faydalansam bo‘ladimi?


    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Avtomobil transportida yo’lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to’g’risida”gi Nizomga muvofiq, tijorat asosida amalga oshiriladigan yo’lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo’nalishlar bo’yicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak.

    Aholining hayoti va sog’lig’ini xavf ostiga qo’ygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish hamda Hukumatning qarorlari bo’yicha avariya-qutqarish va tiklash ishlari amalga oshirilishi va muruvvat yuklari yetkazib berilishi talab etilishi bilasn bog’liq tashishlarni amalga oshirishga, shuningdek, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida nazarda tutilgan korxonalar va muassasalarga litsenziya olish talab etilmaydi.
  • YaTT 4 tagacha ishchi olishi mumkin. Birdaniga nechta avtomobilga litsenziya olishi mumkin?
    2 Noyabr 2015, 18:25
    YaTT 4 tagacha ishchi olishi mumkin. Birdaniga nechta avtomobilga litsenziya olishi mumkin?

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli “Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibi to’g’risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 1-ilovasiga muvofiq yuklarni avtomobil transportida tashish faoliyati bilan shug’ullanuvchi yakka tardibdagi tadbirkor asosiy faoliyat turiga bog’liq bo’lmagan ishlarni bajarish uchun 1 nafar ishchi yollash huquqiga egaligi belgilab qo’yilgan.

    Shunga ko’ra yakka tartibdagi tadbirkor o’ziga tegishli yoki ijaraga olingan avtotransport vositalariga (soni cheklanmagan) yuk tashish faoliyati uchun litsenziya olishi mumkin
  • Shaharlar aro (Toshkent-Buxoro-Toshkent) va xalqaro yo‘lovchi tashish uchun litsenziya olsam bo‘ladimi? Qo‘yiladigan talab va shartlar haqida ma’lumot bersangiz...
    29 Oktabr 2015, 14:25
    Men yo‘lovchi tashish xizmati bilan shug‘ullanish maqsadida firma tashkil etdim. Mikroavtobus va Avtobuslarimni firma balansiga kiritishga harakat qilyapman. Savolim shuki, shaharlar aro (Toshkent-Buxoro-Toshkent) va xalqaro yo‘lovchi tashish uchun litsenziya olsam bo‘ladimi? Qo‘yiladigan talab va shartlar haqida ma’lumot bersangiz...


    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-sonli “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 10-bandida litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan xujjatlar ro‘yxati belgilab qo‘yilgan.

    Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

    a) yuridik shaxs uchun - yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda – familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid ma’lumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat ko‘rsatilgan holda litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza;

    b) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari, shuningdek Yo‘l harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli bo‘linmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi to‘g‘risida belgi qo‘yilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;

    v) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy ko‘rik va texnik ko‘rikdan o‘tish imkoniyati berilishi to‘g‘risidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;

    Bundan tashqari yuk va yo‘lovchi tashish huquqiga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs xodimlari malakasining belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligi va yo‘l harakati xavfsizligi ta’minlanishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar tegishli attestatsiyadan o‘tgan bo‘lishi kerak.

    Avtobuslarda shaharlararo va xalqaro yo‘lovchi tashish uchun (taxograf) priborining sertifikati, xaydovchining xalqaro tashish bo‘yicha malakasini tasdiqlovchi xujjat bo‘lishi kerak.

    O’z o‘rnida litsenziya talabgori ariza ko‘rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqi miqdorida yig‘im to‘lashi kerak.

    Mazkur xujjatlar bilan O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.


    Litsenziyalash, harakat xavfsizligini tashkil etish va nazorat qilish bo`limi
  • O’zbekiston Respublikasidagi barcha shahar va tumanlar orasidagi masofani, Jizzax viloyati hamda jizzax shahriga nisbatan kilometr hisobida aniqlik kiritib berishingizni iltimos qilaman.
    9 Oktabr 2015, 15:34
    O’zbekiston Respublikasidagi barcha shahar va tumanlar orasidagi masofani, Jizzax viloyati hamda jizzax shahriga nisbatan kilometr hisobida aniqlik kiritib berishingizni iltimos qilaman.


    Siz so‘rayotgan masala O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakolatiga kirmaydi. Ushbu savol bilan “O’zavtoyo‘l” Davlat aktsiadorlik kompaniyasiga murojaat qilishni tavsiya etamiz. “O’zavtoyo‘l” DAKning rasmiy sayti — http://uzavtoyul.uz/.


    Me`yoriy hujjatlar ishlab chiqarish bo`limi
  • 5500 telefon raqami orqali ko'rsatilayotgan xizmatdan internet orqali ham foydalansa bo'ladimi?
    23 Iyul 2015, 16:38
    5500 telefon raqami orqali ko'rsatilayotgan xizmatdan internet orqali ham foydalansa bo'ladimi?



    Ha, albatta. Buning uchun mana bu manzilga murojaat qilishingiz mumkin — http://autotrans.uz/uz/Qoshimcha-interaktiv-xizmatlar/malumotlar-bazasidan-qidiruv.php
  • Ishlab chikarish muddatiga 1 yil bo`lmagan jismoniy shaxs nomidagi avtotransportni yuridik shaxs bilan shartnoma asosida yuridik shaxsga arendaga (shartnoma asosida) berish mumkinmi, mumkin bo`lsa berish shartlari qonun hujjatlari asosida qanday amalga
    23 Iyul 2015, 16:38
    Ishlab chikarish muddatiga 1 yil bo`lmagan jismoniy shaxs nomidagi avtotransportni yuridik shaxs bilan shartnoma asosida yuridik shaxsga arendaga (shartnoma asosida) berish mumkinmi, mumkin bo`lsa berish shartlari qonun hujjatlari asosida qanday amalga oshiriladi?



    Jismoniy shaxs nomidagi ishlab chiqarish muddatiga bir yil bo‘lmagan avtotransport vositasini shartnoma asosida ijaraga berish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-martdagi 38-sonli qarori (o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan) bilan tasdiqlangan "Avtotransport vositalari bilan bogliq bitimlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom"ga asosan ijara shartnomasini notariuslar tomonidan notarial tasdiqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
  • Salom, man O'zbekiston Davlat jahon tillari universitetining 1-kurs talabasiman.
    23 Iyul 2015, 16:37
    Salom, man O'zbekiston Davlat jahon tillari universitetining 1-kurs talabasiman.

    Savolim shundan iboratki, ingliz tili bo'yicha agentligingizga ishga kirsam bo'ladimi?



    Agentlikning tarkibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi «O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 118-son qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, unda ingliz tili bo‘yicha mutaxassis lavozimi ko‘zda tutilmagan.
  • Javobingizda tijorat asosida tashilgan yuklar litsenziyalanadi, deyilgan. Menga shu «tijorat asosida» degan so‘zni tushintirib bersangiz.
    23 Iyul 2015, 16:36


    Bu o`rinda “tijorat asosida” deganda yuridik va jismoniy shaxslarning foyda ko‘rish maqsadida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi tushuniladi.
  • Agentlikning Toshkent shahar hududiy bo‘limidan olingan Shahar atrofida yuk tashish litsenziya varaqasi bilan yukni shahar atrofidan olib shahar ichiga yetkazib bersa bo‘ladimi?
    23 Iyul 2015, 16:36
    Agentlikning Toshkent shahar hududiy bo‘limidan olingan Shahar atrofida yuk tashish litsenziya varaqasi bilan yukni shahar atrofidan olib shahar ichiga yetkazib bersa bo‘ladimi? "Shahar atrofi" tushunchasiga sharh (masofasi, chegarasi) bersangiz.

    O’zbekiston Respublikasining “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, 3-bandiga binoan “Shahar atrofidagi tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasidan ellik kilometrgacha tashqarida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi”.
  • Assalomu alaykum! Toshkent shahri ichida qatnaydigan avtobuslarning raqamlari va ularning yo'nalishlari haqidagi axborotni o'z ichiga olgan jadval yoki ro'yxatni qayerdan topishim mumkin?
    23 Iyul 2015, 16:35
    Assalomu alaykum! Toshkent shahri ichida qatnaydigan avtobuslarning raqamlari va ularning yo'nalishlari haqidagi axborotni o'z ichiga olgan jadval yoki ro'yxatni qayerdan topishim mumkin? Balki saytga shu haqida ma'lumot kiritishi kerakdir?



    Assalomu alaykum!

    Ushbu masala Toshkent shahrida avtotransportda yo‘lovchi tashish xizmatini tashkil etish bo‘yicha vakolatli organ bo‘lgan “Toshshahartransxizmat” uyushmasiga tegishli bo‘lib, Siz so‘rayotgan ma’lumotlar uyushmaning rasmiy saytida quyidagi internet manzilida joylashtirilgan: http://www.tshtx.uz/routes.html.
  • Haydovchilik talonimni yo‘qotib quydim, guvohnomam o‘zimda. Uni qayta tiklash masalasida bir nechta murakkabliklarga duch keldim:
    23 Iyul 2015, 16:35
    Haydovchilik talonimni yo‘qotib quydim, guvohnomam o‘zimda. Uni qayta tiklash masalasida bir nechta murakkabliklarga duch keldim:

    Haydovchilik talonimni yo‘qotib quydim, guvohnomam o‘zimda. Uni qayta tiklash masalasida bir nechta murakkabliklarga duch keldim:



    1. Sog‘liqni saqlash muassasidan 083 varaqasini oldim, lekin u boshqa rayonniki ekan. U haqiqiy hisoblanadimi?

    2. Barcha kerakli hujjatlarni taqdim etsam, test-imtihondan o‘tishim kerak ekan, buning tartibi qanday?



    Sizning savolingizda so‘ralayotgan masalalar O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining vakolatiga kirmaydi. Sizga O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga murojaat qilishni tavsiya etamiz.

    Ichki ishlar vazirligining rasmiy sayti — www.mvd.uz.
  • Sizlarga muhim bir savol bilan murojaat etmoqchiman
    23 Iyul 2015, 16:34
    Sizlarga muhim bir savol bilan murojaat etmoqchiman. Men 2011-yilda Yakkabog‘ qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishini tugatganman va shu yilning o‘zida Toshkent Axborot texnologiyalari universitetiga o‘qishga kirganman. Universitetga kirganim sababli vaqtida haydovchilik guvohnomasini ololmadim. Yaqinda kollejga borsam, sening haydovchilik guvohnomang kuyib ketdi, deyishdi. Rostdan ham haydovchlik guvohnomam kuyib ketdimi, uni tiklash uchun nima qilsam bo‘ladi, shu masala bo‘yicha yordam bersalaringiz. Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.

    Sizlarga muhim bir savol bilan murojaat etmoqchiman. Men 2011-yilda Yakkabog‘ qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejining Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishini tugatganman va shu yilning o‘zida Toshkent Axborot texnologiyalari universitetiga o‘qishga kirganman. Universitetga kirganim sababli vaqtida haydovchilik guvohnomasini ololmadim. Yaqinda kollejga borsam, sening haydovchilik guvohnomang kuyib ketdi, deyishdi. Rostdan ham haydovchlik guvohnomam kuyib ketdimi, uni tiklash uchun nima qilsam bo‘ladi, shu masala bo‘yicha yordam bersalaringiz. Javoblaringiz uchun oldindan rahmat.



    Siz so‘rayotgan masala O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining vakolatiga kirmaydi. Mazkur savol bilan O’zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligiga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz. Vazirlikning rasmiy sayti — www.edu.uz.
  • Men afg‘onistonda haqiqiy 2 yil xizmat qilganman. 03.05.2013 yil Departamentning 404-son buyrug‘iga asosan “muddatsiz” deb shahar transportlarida bepul yurish uchun berilgan guvohnoma 05.09.2013 yildan keyin o‘z kuchini yo‘qotgan bo‘lib
    23 Iyul 2015, 16:34
    Men afg‘onistonda haqiqiy 2 yil xizmat qilganman. 03.05.2013 yil Departamentning 404-son buyrug‘iga asosan “muddatsiz” deb shahar transportlarida bepul yurish uchun berilgan guvohnoma 05.09.2013 yildan keyin o‘z kuchini yo‘qotgan bo‘lib, endi yangisini olish kerak ekan. Mening savolim quyidagicha: Men Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida turaman. Oldingi guvohnomamni «ShAS-24» korxonasidan berishgan. Hozirgi paytda «ShAS-24» tugatilib ketgan. Hozirgi paytda ham Shahrisabz tumanida doimiy ro‘yxatdaman. Men yangi guvohnoma olishim uchun qaerga murojaat qilishim kerak.

    Men afg‘onistonda haqiqiy 2 yil xizmat qilganman. 03.05.2013 yil Departamentning 404-son buyrug‘iga asosan “muddatsiz” deb shahar transportlarida bepul yurish uchun berilgan guvohnoma 05.09.2013 yildan keyin o‘z kuchini yo‘qotgan bo‘lib, endi yangisini olish kerak ekan. Mening savolim quyidagicha: Men Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida turaman. Oldingi guvohnomamni «ShAS-24» korxonasidan berishgan. Hozirgi paytda «ShAS-24» tugatilib ketgan. Hozirgi paytda ham Shahrisabz tumanida doimiy ro‘yxatdaman. Men yangi guvohnoma olishim uchun qaerga murojaat qilishim kerak.



    O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining 2013-yil 29-yanvarida «Shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqorolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiklash haqidagi» 2-son buyrug‘i qabul qilingan va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2013-yilning 4-martida 2434-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.



    Ushbu Nizomning 2-moddasida «Eski namunada berilgan guvohnomalar mazkur Nizom kuchga kirgandan keyin olti oy mobaynida o‘z kuchini saqlab qoladi» deb o‘tilagan. Ya’ni, ushbu muddat ichida imtiyozga ega bo‘lgan fuqarolar guvohnomalarni yangisiga almashtirishi lozimligi ko‘zda tutilgan.



    Guvohnoma olish uchun «Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq imtyozga ega bo‘lgan shaxs viloyat markazi hisoblangan shahar hokimligi huzuridagi yo‘lovchi transportini boshqarish tashkilotiga murojaat etishi lozim.



    Ya’ni, Siz Qarshi shahar, G’uzor ko‘chasi 12-uy manzilida joylashgan Qarshi shahar yo‘lovchi tashish transporti boshqarmasiga (rahbari Shodmonov Sunnat, telefoni 2271532) murojaat etishingiz kerak bo‘ladi.

  • Qamchiq dovonida 2014-yildan boshlab qaysi yillarda ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari harakatlanadi va aksincha qaysi yilda ishlab chiqarilganlari harakitiga ruxsat etilmaydi.
    23 Iyul 2015, 16:33
    Qamchiq dovonida 2014-yildan boshlab qaysi yillarda ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari harakatlanadi va aksincha qaysi yilda ishlab chiqarilganlari harakitiga ruxsat etilmaydi. Ushbu savolimga oid qaror va buyruqlar bilan batafsil tanishtirib o'tsangiz.

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi “Qamchiq dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 204-son qarorining 1-bandiga asosan:



        2012-yilning 1-oktabridan — foydalanishda 25 yil va undan yuqori bo‘lgan;

        2014-yilning 1-iyulidan — foydalanishda 20 yil va undan yuqori bo‘lgan;

        2016-yilning 1-iyulidan — foydalanishda 15 yil va undan yuqori bo‘lgan yuk avtomobillarining “Qamchiq” dovoni orqali yuk tashishlari taqiqlangan.

  • Ikki korxona (yuridik shaxslar) o‘rtasida tuzilgan transport-ekspeditorlik xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga asosan ekspeditor hisoblangan korxona-yuridik shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan avtotransport yordamida yuk tashish xizmatini amalga oshi
    23 Iyul 2015, 16:33
    Ikki korxona (yuridik shaxslar) o‘rtasida tuzilgan transport-ekspeditorlik xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga asosan ekspeditor hisoblangan korxona-yuridik shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan avtotransport yordamida yuk tashish xizmatini amalga oshira oladimi?

    Ikki korxona yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan transport-ekspeditorlik xizmatini ko‘rsatish shartnomasiga asosan ekspeditor hisoblangan korxona-yuridik shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan avtotransport yordamida yuk tashish xizmatini amalga oshira oladi. O’z o‘rnida avtomobil litsenziyalangan bo‘lishi shart.
  • Men O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 iyuldagi “Qamchiq” dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashuvlarini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 204-son qarori bilan tanishib chiqdim
    23 Iyul 2015, 16:32
    Men O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 10 iyuldagi “Qamchiq” dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashuvlarini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 204-son qarori bilan tanishib chiqdim. Mening «Mercedes Bents» rusumli, 1999 yilda ishlab chiqarilgan EVRO-2 yuk avtomobili bor. Ayting-chi, mening avtomashinam 2016 yildan keyin ham "Qamchiq davoni"dan yura oladimi? Chunki qarorda ekologik vaziyat haqida so‘z yuritilgan.

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-iyuldagi “Qamchiq” dovoni orqali avtombil transportida yuk tashishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 204-sonli qarorining 1-bandiga asosan:



    2012-yilning 1-oktyabridan foydalanishda 25 yil va undan yuqori bo‘lgan;



    2014-yilning 1-iyulidan foydalanishda 20 yil va undan yuqori bo‘lgan; 2016 yilning 1 iyulidan foydalanishda 15 yil va undan yuqori bo‘lgan yuk



    avtomobillarining “Qamchiq” dovoni orqali yuk tashishlari taqiqlanganligi ko‘rsatilgan.

    Sizning murojaatingizda qayd etilgan avtotransport vositasi bilan 2016 yilning 1 iyulidan “Qamchiq” dovoni orqali yuk tashishlari taqiqlanadi.
  • Avtomobil dadamning nomida. Men onam bilan birga o'tirgan holda, ularning nikoh qog'ozlari bo'lgan taqdirda, avtomobilni boshqarishim mumkinmi?
    23 Iyul 2015, 16:32
    Avtomobil dadamning nomida. Men onam bilan birga o'tirgan holda, ularning nikoh qog'ozlari bo'lgan taqdirda, avtomobilni boshqarishim mumkinmi?

    Siz so‘rayotgan masala O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakolatiga kirmaydi. Ushbu savol bilan O’zbekiston Respublikasi IIVga murojaat qilishni tavsiya etamiz. Vazirlikning rasmiy sayti — www.mvd.uz.
  • Qanday qilib avtomobil olish uchun navbatga tursa bo‘ladi. Nega 85% to‘lab oylab kutish kerak?
    23 Iyul 2015, 16:31
    Qanday qilib avtomobil olish uchun navbatga tursa bo‘ladi. Nega 85% to‘lab oylab kutish kerak?

    Siz so‘rayotgan masala O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakolatiga kirmaydi. Ushbu savol bilan "O`zavtosanoat" AKga murojaat qilishni tavsiya etamiz. Kompaniyaning rasmiy sayti — www.uzavtosanoat.uz.
  • Afg‘on urushi qatnashchilari yo‘nalishli taksilarda — “Damas”larda bepul yurishlari mumkinmi?
    23 Iyul 2015, 16:31
    Afg‘on urushi qatnashchilari yo‘nalishli taksilarda — “Damas”larda bepul yurishlari mumkinmi? Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risidagi qonunda taksilardan tashqari bepul yurishi mumkin deyilgan. O’rtog‘im shunday yo‘lovchidan yo‘l haqi olgan va natijada yo‘lovchi huquqni muhofaza qiluvchi organga undan arz qilib shikoyat bilan murojat qilgan, shu to‘g‘rimi?

    “Shaxar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida “Shahar yo‘lovchilar transporti jumlasiga avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten, yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilar kiradi” deb belgilangan.



    Shuningdek, “Shaxar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq 7 ta toifadagi shaxslar shahar yo‘lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi berilgan.

    Yuqoridagilarga asoslangan holda shuni ma'lum qilamizki, Afg‘on urushi qatnashchilari yo‘nalishli “Damas” rusumli hamda yo‘nalishsiz taksilarda bepul yurish huquqiga emasligini ma’lum qilamiz.
  • Qarshi shahrida yo‘nalishli taksilar narxi qancha qilib belgilangan? Masalan, 18-, 11-, 24-, 7-yo‘nalishli taksilar narxlari qancha? Haydovchilar 1000 so‘m talab qilishib, talashsak tushirib yuborishyapti?
    23 Iyul 2015, 16:30
    Qarshi shahrida yo‘nalishli taksilar narxi qancha qilib belgilangan? Masalan, 18-, 11-, 24-, 7-yo‘nalishli taksilar narxlari qancha? Haydovchilar 1000 so‘m talab qilishib, talashsak tushirib yuborishyapti?

    O’zbekiston Respublikasining «Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida»gi Qonuni 12-moddasiga asosan shahar yo‘lovchilar transportida tariflarni belgilash va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni olib borish vakolati mahalliy davlat hokimiyati organlariga berilgan. Shu bois mazkur masala bo‘yicha Qashqadaryo viloyati va Qarshi shahar hokimliklariga murojaat qilishingizni tavsiya etamiz.
  • Men yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlashim uchun qanday talablarga javob berishim kerak? Normativ jihatdan asoslab bersangiz.
    23 Iyul 2015, 16:30
    Men yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlashim uchun qanday talablarga javob berishim kerak? Normativ jihatdan asoslab bersangiz.

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustagi ”O’zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to’g’risida”gi 156-son qarori ga asosan:



    - barcha transport vositalari o‘z turi, vazifasi va boshqarilish xususiyatlariga ko‘ra "A", "B", "C", "D" va "E" toifalariga hamda tramvay va trolleybuslarga bo‘linadi. Ularni boshqarish uchun berilgan haydovchilik guvohnomasining tegishli katagida ruxsat beruvchi yoki transport vositasining toifasi yozilgan belgi qo‘yiladi.



    - "C" - ruxsat etilgan to‘la vazni 3500 kilogrammdan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarini;



    - "E", "B", "C", "D" toifali tirkamali avtomobillarni.



    Haydovchilarning umumiy majburiyatlari esa Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-dekabrdagi 472-son qarorining ilovasida berilgan.
  • Men Andijon Mashinasozlik institutida Metrologiya yo‘nalishida 1- kursda o‘qiyman. Agar institutni tamomlasam avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilar tashish korxonasida rahbar lavozimida ishlay olamanmi?
    23 Iyul 2015, 16:30
    Men Andijon Mashinasozlik institutida Metrologiya yo‘nalishida 1- kursda o‘qiyman. Agar institutni tamomlasam avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilar tashish korxonasida rahbar lavozimida ishlay olamanmi?

    O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006-yil 5-oktabrda 1626-son bilan ro‘yxatga olingan “Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlariga va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan xususiy tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan, quyidagilar malakaning muvofiq kelishini tasdiqlaydi:



    avtomobil yo‘nalishida oliy kasbiy ma’lumoti to‘g‘risida diplom, besh yildan kam bo‘lmagan ish staji va malakaviy talablarga muvofiq kelish borasida O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida ijobiy xulosaning mavjudligi.

    Shunga asosan diplomingizning qo‘shimcha varaqasida (vkladish) avtomobilning tuzilishi, ekspluatatsiyasi, harakat xavfsizligi, yuk tashish fanlari bo‘yicha ma’lumot bo‘lsa, ya’ni institutda shu fanlar o‘qitilgan bo‘lsa, sizning mutaxassisligingizning malakaviy talabga mosligi masalasi attestatsiya komissiya a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
  • Xususiy korxonamiz 1994-yildan beri o'z Nizomiga asosan qurulish va elektromontaj,sinash va sozlash ishlarini bajarib keladi.Hozirgi kunda litsenziya talab qilinyapti. Litsenziya olish uchun qayerga murojaat qilamiz?
    23 Iyul 2015, 16:29
    Xususiy korxonamiz 1994-yildan beri o'z Nizomiga asosan qurulish va elektromontaj,sinash va sozlash ishlarini bajarib keladi.Hozirgi kunda litsenziya talab qilinyapti. Litsenziya olish uchun qayerga murojaat qilamiz?

    Siz so‘rayotgan masala O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakolatiga kirmaydi. Ushbu savol bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo‘mitasiga murojaat qilishni tavsiya etamiz. Qo‘mitaning rasmiy sayti — www.davarh.uz.
  • Agar tender jarayonida 2 raqobatchi qatnashsa, biri tender talabida berilganidek 112 ta qatnov soni bajarilishini ko‘rsatca, ikkinchi qatnashchi esa qatnovlar sonini sun’iy ravishda tender talabidan oshirib ko‘rsatsa (masalan, 168 ta qatnov), tender g‘oli
    23 Iyul 2015, 16:29
    Agar tender jarayonida 2 raqobatchi qatnashsa, biri tender talabida berilganidek 112 ta qatnov soni bajarilishini ko‘rsatca, ikkinchi qatnashchi esa qatnovlar sonini sun’iy ravishda tender talabidan oshirib ko‘rsatsa (masalan, 168 ta qatnov), tender g‘olibligini aniqlash jarayonida qatnovlar sonini sun’iy ko‘targan o‘sha 168 ta qatnov bergan talabgor g‘olib bo‘lishi mumkinmi? Bu sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadiga to‘g‘ri keladimi?

    Agar tender jarayonida 2 ta raqobatchi qatnashsa, biri tender talabida berilgandek 112 ta qatnov soni bajarilishini ko’rsatsa, ikkinchi qatnashchi esa qatnovlar sonini sun’iy ravishda 168 ta qatnov qilib tender talabidan oshirib ko’rsatsa va tender talabida 112 ta qatnovdan katta yoki kichik qiymatlari ballarni hisoblashda inobatga olinmasa, tender takliflarida qatnovlar soni sun’iy ravishda taklif etilgan bo’ladi.
  • Assalomu alaykum! “Damas” avtomobilida yuk tashish man etildimi? Avvaldan rahmat.
    23 Iyul 2015, 16:28
    Assalomu alaykum! “Damas” avtomobilida yuk tashish man etildimi? Avvaldan rahmat.

    Sizning 26.05.2014-yildagi murojaatingizga javoban Uzbekistan avtomobil va daryo transporti agentligi quydagilarni ma’lum qiladi:

    Damas yengil avtomobil turiga kiradi va yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan, yuk tashish uchun Damas-VAN rusumli yuk avtomobili ishlab chiqariladi.
  • Assalomu alaykum! Menga avtomobil to‘xtash joylari va garajlar mavzusidagi dissertatsiyamga ma’lumotlar kerak edi.
    23 Iyul 2015, 16:28
    Assalomu alaykum! Menga avtomobil to‘xtash joylari va garajlar mavzusidagi dissertatsiyamga ma’lumotlar kerak edi.

    Siz so‘rayotgan masala O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakolatiga kirmaydi. Ushbu savol bilan Mahalliy hokimliklarga murojaat qilishni tavsiya etamiz.
  • Men hozirda Janubiy Koreya davlatida shartnoma asosida ishlayapman.
    23 Iyul 2015, 16:28
    Men hozirda Janubiy Koreya davlatida shartnoma asosida ishlayapman. O'zbekistonga Koreyadan oyoq kiyimlar jo'natib, o'z biznesimni boshlamoqchi edim. Koreyadagi korhonadan qanday hujjatlar kerak bo'ladi va qaysi mahalliy xokimyatga uchrashishim kerak? Iltimos batafsil ma'lumot bering. Rahmat

    Siz so‘rayotgan masala O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakolatiga kirmaydi. Ushbu savol bilan O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasiga murojaat qilishni tavsiya etamiz. Bojxona qo‘mitasining rasmiy sayti — www.customs.uz.
  • Xorijlik jismoniy shaxsdan arendaga avtomobil olish tartibi qanday bo‘ladi? Shu haqda batafsil ma’lumot bersangiz? Avvaldan katta rahmat.
    23 Iyul 2015, 16:27
    Xorijlik jismoniy shaxsdan arendaga avtomobil olish tartibi qanday bo‘ladi? Shu haqda batafsil ma’lumot bersangiz? Avvaldan katta rahmat.

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-martdagi “O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 118-son qaroriga asosan, Agentlik davlat boshqaruvi organi hisoblanib, unga siz qo‘ygan masala bo‘yicha vakolat berilmagan.
  • Qurilish texnikalari importi uchun kerakli hujjatlar va bojxona to`lovlari qanday?
    23 Iyul 2015, 16:26
    Qurilish texnikalari importi uchun kerakli hujjatlar va bojxona to`lovlari qanday?

    Siz so‘rayotgan masala O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakolatiga kirmaydi. Ushbu savol bilan O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasiga murojaat qilishni tavsiya etamiz. Bojxona qo‘mitasining rasmiy sayti — www.customs.uz.
  • Bugungi kunda avtotransportda shaharlararo yo‘lovchilarni tashish narxi yo‘nalishli taksilar uchun 1 km.ga necha so‘m qilib belgilangan va qaysi hujjatga asosan?
    23 Iyul 2015, 16:26
    Bugungi kunda avtotransportda shaharlararo yo‘lovchilarni tashish narxi yo‘nalishli taksilar uchun 1 km.ga necha so‘m qilib belgilangan va qaysi hujjatga asosan?

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 4-maydagi 221-son qaroriga asosan shaharlararo yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida shartnomaviy (erkin) narxlar belgiliangan. Tashuvchilar yo‘lkira narxlarini xarajatlaridan kelib chiqib belgilaydi.

    Hozirgi kunda respublika hududida shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarida har bir yo‘lovchi kilometr uchun yo‘lkira narxi – 65 so‘m miqdorida hamda Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-apreldagi 217-son qaroriga asosan Davlat majburiy shaxsiy sug‘urta to‘lovi miqdori chipta uchun eng kam oylik ish haqining 0,2 foizi miqdorida belgilangan.
  • Men qo’shni davlatlarga qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilmoqchiman. Bunda menga qanday hujjatlar kerak? Umuman shu masala bo’yicha ko’proq malumot berishingizni iltimos qilaman. Oldindan raxmat.
    23 Iyul 2015, 16:26
    Men qo’shni davlatlarga qishloq xo’jalik mahsulotlarini eksport qilmoqchiman. Bunda menga qanday hujjatlar kerak? Umuman shu masala bo’yicha ko’proq malumot berishingizni iltimos qilaman. Oldindan raxmat.



    Siz so‘rayotgan masala O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakolatiga kirmaydi. Ushbu savol bilan O’zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasiga murojaat qilishni tavsiya etamiz. Bojxona qo‘mitasining rasmiy sayti — www.customs.uz.
  • Tartibga solinmagan piyodalar o’tish joylarida haydovchilar uchun piyodaning soni ahamiyatga egami? Yoki yo’qmi? Bitta piyodaga ham yol berilishi kerakmi?
    23 Iyul 2015, 16:25
    Tartibga solinmagan piyodalar o’tish joylarida haydovchilar uchun piyodaning soni ahamiyatga egami? Yoki yo’qmi? Bitta piyodaga ham yol berilishi kerakmi?

    Siz so‘rayotgan masala O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakolatiga kirmaydi. Ushbu savol bilan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo’l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasiga (electorn manzili — gubdd@mvd.uz) yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishni tavsiya etamiz.
  • Avtomobillarga gaz uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xususiy korxonalarga qaysi idora tomonidan litsenziya beriladi? Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishga qanday talablar qo‘yiladi?
    23 Iyul 2015, 16:25
    Avtomobillarga gaz uskunalarini o‘rnatish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xususiy korxonalarga qaysi idora tomonidan litsenziya beriladi? Ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishga qanday talablar qo‘yiladi?



    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 236-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan, O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligiga avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya berish vakolati berilgan.

    Avtomobillarga gaz uskunalarini o‘rnatish va gazda ishlash uchun qayta jihozlash faoliyatiga ruxsatnomalar berish Agentlik vakolatiga kirmaydi.

    Ushbu savol bilan «Sanoatgeokontexnazorat» Davlat inspeksiyasiga murojaat etishni tavsiya qilamiz.

    Inspeksiyaning rasmiy sayti: www.sgktn.uz

  • Toshkent shahridagi yo‘nalishsiz taksilar shahardan tashqariga, Toshkent viloyatiga chiqishi mumkinmi yoki mumkin emasmi?
    23 Iyul 2015, 16:24
    Toshkent shahridagi yo‘nalishsiz taksilar shahardan tashqariga, Toshkent viloyatiga chiqishi mumkinmi yoki mumkin emasmi?

    O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi “Avtomobil transporti to’g’risida”gi Qonunining 7-moddasiga asosan avtomobilda tashishlar shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro tashishga bo’linadi.



    Shahardagi tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.



    Shahar atrofidagi tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasidan 50 kilometrgacha tashqarida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.



    Shaharlararo tashishlar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari doirasidan ellik kilometrdan oshiq masofada amalga oshiriladigan tashishlar, shuningdek yo’nalish masofasidan qat’iy nazar, O’zbekiston Respublikasining ikki yoki undan ortiq viloyati hududida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.

    Yuqoridagilarga asosan yo’lovchilarni yengil avtomobil transportida (yo’nalishsiz taksida) tashish uchun qaysi faoliyat turiga (qismlarga) litsenziya olingan bo’lsa, shu faoliyat zonasida transport xizmatlarini amalga oshirish mumkin.
  • Yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar yo‘l haqi miqdorini qaysi normativ-huquqiy hujjatga asosan belgilaydi?
    23 Iyul 2015, 16:24
    Yo‘nalishsiz taksi xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar yo‘l haqi miqdorini qaysi normativ-huquqiy hujjatga asosan belgilaydi?

    O’zbekiston Respublikasining «Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida»gi qonunining 12-moddasiga asosan shahar yo‘lovchilar transporti faoliyatini tartibga solish, yo‘l qo‘yiladigan doiradagi tariflarni belgilash va ularga rioya etilishi ustidan nazoratni yuritish mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatiga kiradi.

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-sentabrdagi “Shaharda va shahar atrofiga qatnaydigan yo‘lovchi tashish transporti xizmatlarining tariflari to‘g‘risida”gi 455-sonli qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasiing Vazirlar Kengashiga, viloyat hokimliklariga shahar yo‘lovchi tashish transporti xizmatlarining cheklangan tariflarini yo‘lovchi tashishning amalda shakllanayotgan xarajatlarini qoplashni ta’minlash va aholi manfaatlariga rioya qilishni hisobga olgan holda belgilash huquqi berilgan.
  • Yuk tashuvchi samosval haydovchilari ta’rif razryadlari qanaqa?
    23 Iyul 2015, 16:23
    Yuk tashuvchi samosval haydovchilari ta’rif razryadlari qanaqa?

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil

    21-iyuldagi “Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 206-sonli Qarorining 1-bandida boshlang‘ich razryadning eng kam oylik ish haqi miqdorida belgilangan tarif stavkasi Mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga asos qilib olinishi va yangi tarif koeffitsientlari ushbu Qarorning 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlanganligi ko‘rsatib o‘tilgan.

    Alohida korxona va tashkilotlarda mehnatga haq to‘lash tarif stavkalarini ushbu korxonani moliyaviy rejaviy yoki rejaviy iqtisodiy bo‘lim tomonidan korxonaning moddiy va moliyaviy holati, avtotransport rusumi, uning kategoriyasi, yuk tashish sig‘imi hamda uning uzunligi hisobga olingan holda ishlab chiqilib, kasaba uyumasi vakillari bilan kelishiliniladi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
  • Axborot resurs markazidagi shtatlarni qisqarib 3 guruhga tushishi 25 yil ish stajiga ega bo‘lsa, nogiron farzandi bo‘lsa, shtati qisqarishi mumkunmi?
    23 Iyul 2015, 16:23
    Axborot resurs markazidagi shtatlarni qisqarib 3 guruhga tushishi 25 yil ish stajiga ega bo‘lsa, nogiron farzandi bo‘lsa, shtati qisqarishi mumkunmi?

    Sizning savolingiz O’zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi vakolatlariga taalluqli emas. Ushbu savol bilan – maqsadingizni aniqroq bayon qilgan holda – O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi (veb-sayti – www.mehnat.uz, elektron pochta – info@mehnat.uz, Tel.: +998 (71) 239-4121, +998 (71) 239-4112) yoki uning hududiy boshqarmasiga ("raysobes") murojaat etishni maslahat beramiz.
  • Yuk mashinalari va yengil avtomobillar, avtokranlar uchun O’zbekiston hududida ishlab chiqarilgan yo‘l varaqalarini qayerdan sotib olish yoki buyurtma qilish mumkin? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
    23 Iyul 2015, 16:22
    Yuk mashinalari va yengil avtomobillar, avtokranlar uchun O’zbekiston hududida ishlab chiqarilgan yo‘l varaqalarini qayerdan sotib olish yoki buyurtma qilish mumkin? Javobingiz uchun oldindan rahmat.

    Yo‘l varaqalari blankalari qat’iy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi hamda yuk va yo‘lovchi tashiydigan avtotransport vositalarining ishini tavsiflaydi. Blankalar tashuvchilarning ularga bo‘lgan ehtiyojni qondiradigan miqdordagi buyurtmalari bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi bosmaxonalarida tayyorlanadi. Yo‘l varaqalari blankalari hisobga olish seriyasiga va tartib raqamiga ega bo‘lishi kerak. Yo‘l varaqalari blankalari tashuvchining omborlarida boshqa qat’iy hisobot beriladigan blankalar bilan birgalikda saqlanadi va zaruriyatga ko‘ra buxgalteriya tomonidan avtotransport vositasidan foydalanilishi uchun ma’sul shaxsga (garaj mudiri, foydalanish bo‘limi boshlig‘i, dispetcherga) tilxat ostida beriladi.



    Shu bilan birga, kerakli shakldagi yo‘l varaqalarini “ O’zavtotransbutlash” MChJdan sotib olishingiz mumkin.



    Manzil: Toshkent shahri, Ziyolilar ko‘chasi, 42-uy.

    Tel: 0 (371) 268-63-89, 268-25-76.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech