Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
57
2012-yilning 1-yanvaridan boshlab O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi "Yo`nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 139-son qarori kuchga kirdi. Unda Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom tasdiqlangan bo`lib, u O’zbekiston Respublikasi hududida yo‘nalishsiz taksilarning tashqi ko‘rinishiga va ichki ma’lumotlar bilan jihozlanishiga, shuningdek, yo‘nalishsiz taksilarning haydovchilariga nisbatan yagona talablarni belgilaydi.

Ushbu Nizom haydovchilari yo‘lovchilarni tashish hamda ularning yo‘lovchi so‘ragan yo‘nalish bo‘yicha bagajini tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan yengil avtotransport vositalarining (yo‘nalishli taksilardan tashqari) barcha turlariga tatbiq etiladi.

Qaror ijrosini ta`minlash bilan bog`liq savollar bilan O`zbekiston avtomobil transporti agentligining (0-371) 241-18-10, 241-15-11 telefonlariga yoki Agentlikning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishingiz mumkin.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech